4-bob. biotsenozlar - Biotik UYUSHMALAR
Ekologik tizim nuqtai nazaridan biotik uyushma (jamoa) deganda biotsenozlar tushuniladi.
Биоценоз ҳақида тушунча
Biotsenoz (yunoncha bios – hayot, coenosis – umu-miy) – mikroorganizmlar, zamburug‘lar, o‘sim-liklar va hayvonlarning hudud yoki akvatoriya-ning bir jinsli qismida birgalikda yashashga moslashgan, o‘ziga xos tarkibga ega bo‘lgan, bir-biri va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabat-larga kirishadigan, tarixan shakllangan barqaror majmui.
“Biotsenoz” termini nemis biologi K. Myobius tomonidan (1877) taklif etilgan. Biotsenoz – biogeotsenozda yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va evolyusiyaning boshqa omillari natijasida shakllangan organizmlar majmui.
Organizmlar o‘rtasidagi munosabatlar juda ham murakkab bo‘lib, buni ularning miqdori nihoyatda katta ekanligi to‘la tasdiqlaydi. Tabiatshunos olim V.I. Vernadskiy ma’lumotiga ko‘ra, Er sayyorasida tirik (jonli) organizmlar massasi 1010-1014 tonnani tashkil qiladi. O‘simliklar massasi hayvonlar massasidan bir necha yuz marta katta. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Er yuzidagi o‘simliklar hajmi taxminan 2337 km3 ni, hayvonlarniki esa 1 km3 ni tashkil etadi.
Biotsenoz ochiq tizim bo‘lib, aniq chegaralangan maydonni egalla-maydi. Turli xil biotsenozlar ko‘p hollarda bir-biri bilan chambar-chas bog‘liq bo‘lib, ularning chegarasini belgilashning amalda imkoni yo‘q.
Biotsenozlar, ya’ni organizmlarning biotik uyushmalari ko‘lami har xil bo‘lgan, ya’ni daraxt tanasi, in (uya) yoki botqoqda o‘t qoplagan do‘nglik uyushmasidan (ular mikrouyushmalar deb ataladi) to botqoq-lik, hovuz, ko‘l, o‘tloq, to‘qay yoki o‘rmon uyushmasigacha bo‘lgan organizm-lar guruhlarini o‘z ichiga oladi. Turli ko‘lamli biotsenozlar o‘rtasida jiddiy tavofutlar yo‘q, chunki kichik uyushmalar yirik uyushmalarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Biotsenozda organizmlarning uchta guruhi farqlanadi: produtsent-lar, konsumentlar va redutsentlar (4.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: |