Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish: organizm va muhit


Er sayyorasi ekotizimlarining birlamchi biologik mahsuldorligi



Yüklə 39,43 Mb.
səhifə70/142
tarix28.11.2023
ölçüsü39,43 Mb.
#138119
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   142
Авазов Ш Экология lotin

Er sayyorasi ekotizimlarining birlamchi biologik mahsuldorligi



Ekotizimlarning turlari

Maydoni
106 km2

Sof birlamchi mahsulot, g/m2

Umumiy sof mahsulot,
109 t/yil

o‘zgarib
turishi

o‘rtacha

Nam tropik o‘rmonlar

17

1000-3500

2200

37,4

Tropik mavsumiy o‘rmonlar

7,5

1000-2500

1600

12,0

Mo‘‘tadil mintaqaning doimyashil o‘rmonlari

5,0

600-2500

1300

6,5

Mo‘‘tadil mintaqaning xazonrezgi o‘rmonlari

7,0

600-2500

1200

8,4

Boreal (shimoliy) o‘rmonlar (tayga)

12,0

400-2000

800

9,6

O‘rmon-butazor uyushmalari

8,5

250-1200

700

6,0

Savannalar

15,0

200-2000

900

13,5

Mo‘‘tadil mintaqaning o‘tloqi dashtlari

9,0

200-1500

600

5,4

Tundra va baland tog‘lar

8,0

10-400

140

1,1

CHo‘llar va chala cho‘llar

18,0

10-250

90

1,6

Sahro-biyobonlar, qoyalar, qumloqlar

24,0

0-10

3

0,07

Madaniy erlar (dalalar, bog‘lar)

17,0

100-3500

650

9,1

Botqoq, suvli-botqoq erlar

2,0

800-3500

2000

4,0

Ko‘l va daryolar

2,0

100-1500

250

0,5

Materik ekotizimlari, jami:

149,0

0-3500

773

115

Ochiq okean

332,0

2-400

125

41,5

Apvelling (chuqur okean suvlarining yuzaga ko‘tarilish) zonalari

0,4

400-1000

500

0,2

Materik sayozligi (kontinental shelf)

26,6

200-600

360

9,6

Suv o‘tlari va riflar

0,6

500-4000

250

1,6

Daryo deltalari (estuariy)

1,4

200-3500

1500

2,1

Dengiz ekotizimlari, jami:

361,0

2-4000

152

55

Biosferaning o‘rtacha va umumiy mahsuldorligi

510,0

0-4000

333

170

tadrijiy rivojlanishi va ekotizimlar gomeostazini ta’minlaydi. O‘simliklar va hayvonot dunyosi, o‘z navbatida, kuchli tabiiy tarkibiy qismlar sifatida atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi va muayyan mikro-muhit (mikroiqlim) yaratib, «uni o‘zi uchun qayta tuzishi» mumkin. Bu shundan dalolat beradiki, tirik tabiat tabiiy landshaftlarning yaxlit energetik maydonida mavjud bo‘ladi. Buni quruqlik va okean-
larda sof birlamchi mahsulotning taqsimlanishi ham tasdiqlaydi (1-ilova).
1-ilovadan ko‘rinib turibdiki, turli xil ekotizimlarning mah-suldorligi bir xil emas va ular har xil o‘lchamli (kattalikdagi) may-donlarni (hududlarni) egallagan. Mahsuldorlik o‘rtasidagi tafovut-lar iqlimiy zonallik, yashash muhiti (quruqlik yoki okean) tabiati va lokal (mahalliy) ekologik omillar ta’siri bilan bog‘liq. Ular haqi-dagi ma’lumotlar biosferaning biomli yondashuv deb atalgan tamo-yilga muvofiq tasniflangan xorologik birligi sifatida tabiiy eko-tizimlar tavsifida keltirilgan.
YU. Odum fikricha (1986), biom – «o‘simliklarning qandaydir aso-siy turi yoki landshaftning boshqa bir o‘ziga xos xususiyati bilan tav-siflanadigan yirik mintaqaviy yoki subkontinental (materik bir qismini egallagan) biotizim». Demak, biom – birorta tabiat-iqlim mintaqasida joylashgan biogeotsenozlar (ekotizimlar) majmui.
YU. Odum mazkur nuqtai nazarga asoslanib, biosferadagi tabiiy ekotizimlarning quyidagi tasnifini taklif qilgan (2-ilova):
I. Quruqlik (er usti) biomlari:

  • tundra;

  • boreal (shimoliy) ignabargli o‘rmon;

  • mo‘‘tadil mintaqaning bargi to‘kiladigan (xazonrezgi) o‘rmoni;

  • mo‘‘tadil mintaqa dashti;

  • tropik dasht va savannalar;

  • chaparal;

  • cho‘l (o‘t-o‘lanli va butali cho‘l);

  • chala doimyashil tropik o‘rmon;

  • doimyashil tropik yomg‘irli o‘rmon.

II. CHuchuk suv ekotizimlarining turlari:

  • sokin, oqmaydigan chuchuk suv ekotizimlari;

  • toshqin, oqadigan chuchuk suv ekotizimlari;

  • botqoqlangan chuchuk suv ekotizimlari;

III. Dengiz ekotizimlarining turlari:

  • ochiq okean ekotizimi (plankton, nekton va pleystonlarning yashash muhiti);

  • materik sayozligi (yoki qirg‘oq bo‘yi suvlari) ekotizimi (okean-ning qirg‘oq bo‘yidagi chuqurligi 200 m gacha bo‘lgan sayoz qismi);

  • appelling joylar ekotizimi (chuqurlikdagi biogen moddalarga boy suvlar yuqoriga ko‘tariladigan, baliqqa mo‘l suvli joylar);

  • estuariy ekotizimlar (daryoning dengizga cho‘zilgan, shoxobchali quyilish joyi; qirg‘oq bo‘yi ko‘rfazlari; bo‘g‘ozlar va sh.k.).

Demak, biomlar – chegaralari mintaqaviy ko‘lamli landshaftlar che-garasiga to‘g‘ri keladigan ekotizimdir. Biomlar ham landshaftlarga o‘xshash tarkibiy qismlardan iborat, biroq uning eng muhim tarkibiy qismi biota hisoblanadi. SHunday ekan, asosiy e’tibor moddalar-ning biokimyoviy aylanishi va organik moddalarning hosil bo‘lish jarayonlariga qaratilishi lozim.


Қуруқлик биомлари (экотизимлари)

Barqaror ekotizim tirik organizmlar va atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik-ning (munosabatlarning) muvozanatlashgan holati bilan tavsiflanadi. Barqaror ekotizimlarning umumiy gomeo-stazi uning tashqi ta’sirlarga qarshi turish va bardosh berish qobi-liyatini ifodalaydi va ta’minlaydi. Bunga ekotizimlarning iqlim omiliga tolerantligi, boshqacha aytganda, iqlimiy klimaks yaqqol mi-sol bo‘ladi.


Iqlimiy klimaks – uyushmaning (ekotizimning) umumiy iqlim sharoitlari bilan muvozanatlashgan barqaror holatini ifodalaydi va muayyan iqlim sharoitida ekotizimda kechadigan uzoq muddatli suk-
sessiya jarayonlarining natijasi hisoblanadi.
Ma’lumki, Er sayyorasiga, eng avvalo, iqlimiy zonallik, shunga mu-vofiq, quruqlik ekotizimlari zonalligi xos bo‘lib, klimaks bosqichi tegishli mintaqadagi iqlim shart-sharoitlari bilan belgilanadi. SHuningdek, Er sayyorasi miqyosida iqlimning yotiq (gorizontal) zo-nalligidan tashqari tik (vertikal) yoki balandlik, ya’ni tog‘ tizimla-ridagi zonallik ham kuzatiladi (6.4-rasm).
Tog‘ tizmalari etagidagi iqlim tegishli umumgeografik zonallik-ka mos (to‘g‘ri) keladi, tog‘ tepasiga ko‘tarilgan sari esa xuddi janub-dan shimolga yurishda ro‘y beradigan kabi mintaqalar almashinuvi sodir bo‘ladi.

Demak, quruqlik biomlari (ekotizimlari) mohiyatan ekologiya fa-nining ob’ekti hisoblanadi, lekin ular muayyan makondagi, ya’ni ta-biat mintaqalaridagi turli ko‘lamli geografik qonuniyatlar asosida vujudga kelishi sababli geografiya fanining ham ob’ekti hisobla-nadi. Boshqacha aytganda, quruqlik biomlari (ekotizimlari) ma’lum geografik hududda tarkib topadi, shakllanadi va rivojlanish bos-qichlarini o‘taydi. SHu nuqtai nazardan ekotizimlarni «geoekologik tizim» sifatida ham ta’riflash mumkin.


Quyida quruqlikdagi (er ustidagi) asosiy biomlar, ya’ni geoekolo-gik tizimlar tavsifini qisqacha keltiramiz.
Tundra sovuq iqlim sharoiti bilan tavsiflanadi: o‘simliklar-
ning vegetatsiya davri atigi 2-2,5 oy davom qiladi, yillik yog‘in miq-
dori juda kam (200-300 mm), kuchli shamollar esadi, hatto yozda tungi harorat 00 S dan past bo‘ladi, shuningdek yozda bir necha 10 sm chuqurlik-da abadiy muzloq boshlanadi, qishda esa yozda erigan qatlam to‘liq yax-lab qoladi. Tundra – moxlar va lishayniklar o‘lkasi, bu erda daraxt-lar o‘smaydi, biroq butasimon ko‘p yillik o‘simliklar (masalan, brus-nika, veronika, chernika, pakana qayin va sh.k.) o‘sadi. Tundra ekoti-zimlarining mahsuldorligi nisbatan past, biroq okean bilan birga-likda ko‘chmanchi qushlar (ko‘klamda shimol tomonga, kuzda janubga uchib o‘tadigan qushlar), hasharotlar, shimol bug‘ulari, ayiqlar, bo‘ri-lar va boshqa jonivorlarni boqish imkoniyatiga ega.

Yüklə 39,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə