Ekonometrika asoslari o'quv qo'llanma



Yüklə 35,31 Mb.
səhifə48/53
tarix25.03.2023
ölçüsü35,31 Mb.
#103198
növüУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Ekonometrika asoslari

Asosiy tayanch iboralar

1.

Ko'p tarmoqli

11 .Befarqlik sirti

2.

Balans

12.Ekvivalent

3.

Matritsa

13. Limit

4.

Depressiya

14. Kompensatsiy a

5.

Sanoat

15. Kamayuvchi samaradorlik

6.

Tarmoqlararo

16.Kobb-Duglas

7.

Samarador

17.Dinamika

8.

Vektor

18. Muvozanat

9.

Tanlov

19.0'rgimchak

10

.Foydalilik

20. Evans

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar



  1. Har xil turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste'mol qilish orqali tarmoqlar orasidagi bog'lanishlarni hisoblash masalasining qo'yilishi qanday hamda balans munosabatlari nima?

  2. Tarmoqlararo balansning matematik modeli kim tomonidan va qachon bayon etilgan?

  3. Tarmoqlararo balans modelini tuzishda matematikaning qanday qismlaridan foydalanilgan?

  4. Tarmoqlararo balans munosabatlarining matematik ifodasi qanda ko'rinishda ifodalaniladi?

  5. Bevosita(to'g'ri) xarajatlar koeffitsientlari qanday ifodalanadi va uning iqtisodiy ma'nosi nimadan iborat?

  6. Chiziqli tarmoqlararo balans tenglamasi qanday ifodalanadi?

  7. Leontev modeli qanday ko'rinishda ifodalanadi?

  8. Qaday matritsa samarador deb ataladi?

  9. To'la xarajatlar matritsasi nima va matritsa samaradorligining qanday mezonlarini bilasiz?

  10. Balans munosabatlariga kiruvchi komponentalarning hajmini oshirish uchun yalpi ishlab chiqarishlarni oshirish zarur. Buning uchun qanday hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi?

  11. Iste'mol tanlovi modeli deb nimaga aytiladi va iste'mol to'plami nima?

  12. Iste'molchi tanlovining mohiyati nimada, iste'molchining foydalilik funktsiyasi deb nimaga aytiladi va iste'molchi ehtiyojlarini qondirish darajasi nima?

  13. Foydalilik funktsiyasi qanday xossalarga ega, mahsulotning limit foydaliligi deb nimaga aytiladi?

  14. Iste'mol tanlovi masalasi, byudjet cheklovi, iste'molchining lokal bozor muvozanati nima?

  15. Iste'mol tanlovi masalasini qaysi masala bilan almashtirish mumkin va nima uchun?

  16. Iste'mol tanlovi masalasini yechish uchun Lagranj usuli qanday qo'llaniladi, talab funktsiyasi deganda nima tushuniladi?

  17. Tovarlar soni ixtiyoriy va maqsad funktsiyasi umumiy ko'rinishda bo'lgan iste'mol tanlovi masalasining xossalari to'g'risida nimalarni bilasiz?

  18. Narxning kompensatsiyalangan o'zgarishi nima va u qaysi maqsad uchun ishlatiladi?

  19. Kompensatsiya samaralari haqida nima bilasiz, qaysi shartlarda tovarlar bir- birining o'rnini bosuvchi, qaysilarida esa bir-birini to'ldiruvchi bo'ladi?

  20. Iste'molchi farovonligining avvalgi darajasini ushlab turishi uchun qo'shimcha pul birligi miqdori qanday aniqlaniladi?

  21. Ishlab chiqarish funktsiyasi nima va undan qanday maqsadda foydalaniladi?

  22. Ishlab chiqarish funktsiyalarining qo'llanilish sohalari haqida nima bilasiz, statik va dinamik ishlab chiqarish funktsiyalari nima?

  23. Kobb-Duglas ishlab chiqarish funktsiyasi haqida nima bilasiz?

  24. Ishlab chiqarish funktsiyalari qanday xossalarga ega?

  25. O'rtacha samaradorlik deganda nimani tushunasiz va u qanday aniqlaniladi?

  26. Resurslarning limit samaradorligi nima va u qanday aniqlaniladi?

  27. Almashtirishning limit normasi nima va u qanday aniqlaniladi?

28.Iqtisodiyotda yechiladigan masalalar vaqt omiliga bog'liq ravishda qanday turkumlanadi?

    1. Iqtisodiyotda muvozanat deganda nima tushuniladi?

    2. Iqtisodiy tizimning uzluksiz holatlardagi harakati qanday tenglama bilan tasvirlanadi va uning yechimi qanday ko'rinishga ega bo'ladi hamda ularni grafik ko'rinishda tasvirlang?

    3. O'rgimchaksimon model deganda qanday model tushuniladi va unda baho dinamikasi qanday tenglamalar sistemasi bilan ifodalanadi?

    4. O'rgimchaksimon modelda muvozanat narx va muvozanat ishlab chiqarish hajmi qanday topiladi?

33.O'rgimchaksimon modelni grafik usulda tasvirlab bering?
34.Baho muvozanati Evans modeli vaqtga nisbatan qanday xususiyatga ega?
35.SOLOU modelida iqtisodiyotning holati nechta ko'rsatkich orqali ifodalanadi va ularga qanday shartlar qo'yiladi?

      1. Bozor munosabatlarini modellashtirishning ikki sektorli modeli iqtisodiyotning qanday masalalarini hal etishga qaratilgan va u qanday ifodalanadi?

      2. Bozor munosabatlarini modellashtirishning ikki sektorli modelining yechimi va uning parametrlari haqida nima deya olasiz?

Mustaqil ishlash uchun masalalar


1. Jadvalda bir yil uchun sanoatning to'rtta tarmog'i orasidagi balans munosabatlari shartli pul birligida keltirilgan.



Tarmoqlar

Iste'mol

Yakuniy mahsulot

Yalpi ishlab chiqarish

1

2

3

4

5

6

1

Metallurgiya

10

12

11

13

54

100

2

Energetika

12

10

22

20

56

100

3

Mashinasozlik

15

20

10

15

20

80

4

Qishloq xo'jaligi

6

7

20

12

5

50




        1. Yakuniy iste'mol, yalpi ishlab chiqarish vektorlari va xarajatlar koeffitsientlari matritsasi topilsin.

        2. Yakuniy iste'mol mos ravishda 60, 40, 30, 30 shartli pul birligigacha ko'paytirilsa har bir sanoat mahsuloti bo'yicha yalpi ishlab chiqarish hajmi topilsin.

          1. y = 41nx1+101nx2 foydalilik funktsiyasi berilgan bo'lsin. Almashtirishning limit normasini toping.

          2. Oilaning bir oylik byudjeti 4 mln.so'm bo'lsin va bu byudjetning 50 foizi gaz va elektr energiyasi to'loviga taqsimlangan. Gazning narxi 1 m3 hajm uchun 250 so'm, elektr energiyaning narxi esa 1 kvt uchun 200 so'm bo'lsin. Iste'molchi to'lov uchun ajratilgan pulni qancha hajmdagi gazga va elektr energiyasiga to'lashi mumkin?

3. у = 2x" xb2 KDIChF uchun har bir resurs bo'yicha nisbatlar

Yüklə 35,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə