Ekonometrika asoslari o'quv qo'llanma



Yüklə 35,31 Mb.
səhifə49/53
tarix25.03.2023
ölçüsü35,31 Mb.
#103198
növüУчебное пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Ekonometrika asoslari

alala3aAaA b~ 4' b~ 4' b~V b~ 2' b~ 3
bo'lganda mehnatning limit unumdorligi va kapitalning limit unumdorligi hamda resurslarni almashtirish limit normasini hisoblang.

          1. Talab va taklif funktsiyalari D(t)=2-6p(t), S(t)=3-4p(t) ko'rinishda bo'lsin. Talab va taklif funktsiyalarining muvozanat nuqtalarini toping.

          2. Talab va taklif funktsiyalari D(t)=5-5p(t), S(t)=6-2p(t-l) ko'rinishda bo'lsin. P(t) narx uchun formulani va boshlang'ich narx p0=5 bo'lganda ixtiyoriy t uchun talab va taklif miqdorini toping.

Ю-ВОВ. IQTISODIY JARAYONLARNIPROGNOZLASH
10.1. Iqtisodiy jarayonlarni prognozlash, iqtisodiy prognozlarning tasniflanishi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ho'jalik yurituvchi subyekt bo'ladimi yoki jismoniy shaxs bo'ladimi unda o'zining tadbirkorlik faoliyatini prognozlash zaruriyati tug'iladi.
Menejerlar qisqa muddatli va uzoq muddatli rejalarni tuzishda ishlab chiqarish hajmi, sotish uchun chiqariladigan mahsulot hajmi, foiz stavkalari kabi muhim ko'rsatkichlarning qiymatlarini prognoz qilishga majburdirlar.
Prognoz deganda tizimni kelajakda bo'lishi mumkin bo'lgan holatini va shu holatni egallash uchun ketgan muddatni ilmiy asoslangan holda tasvirlash tushuniladi.
Prognozlashning maqsadi tizimning o'tmishdagi va hozirgi ahvolini, o'zgarish qonuniyatlarini o'rganish va tahlil qilish asosida uning kelgusidagi rivojlanishini ilmiy asoslangan holda belgilab chiqish, sodir bo'ladigan vaziyatning xarakteri va mazmunini ochib berishdan iborat.
Prognozlash xodisalar va jarayonlarning kelajakdagi mumkin bo'lgan rivojlanish yo'lini va natijasini belgilab beradi, ozmi-ko'pmi uzoqroq istiqbol uchun bu xodisa va jarayonlarni xarakterlovchi ko'rsatkichlarga baho beradi.
Prognozlar prognoz qilinayotgan obyektlarga qarab ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqalarga bo'linadi.
Prognozlash obyektining miqyosiga qarab iqtisodiy prognozlar alohida korxona va tashkilotlar (mikrodarajada) prognozidan to mamlakat miqyosida (makrodaraja) tarmoqlar rivojlanishining prognozigacha bo'lgan yoki dunyo miqyosidagi qonuniyatlarni (global daraja) barcha darajalarini qamrab oladi.
Prognozlash davri muddatiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi:

  • tezkor prognozlar - bir oygacha;

  • qisqa muddatli prognozlar - bir yilgacha;

  • o'rta muddatli prognozlar - besh yilgacha;

  • uzoq muddatli prognozlar - o'n besh yildan yuqori.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko'proq tezkor va qisqa muddatli prognozlar muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy jarayonlarni prognozlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

  • masalaning qo'yilishi va prognozlash uchun zarur ma'lumotlarni yig'ish;

  • yig'ilgan ma'lumotlarni birlamchi tahlil qilish;

  • prognozlashning mumkin bo'lgan modellarni aniqlash;

  • ko'rilayotgan model parametrlarini baholash;

  • tanlangan modelni o'xshashligi(addekvatligi)ni tekshirish;

  • model ko'rsatkichlarini baholash;

  • olingan prognoz natijalarini tahlil qilish.

10.2. Dinamik qatorlar va iqtisodiy ma'lumotlarga qo'yiladigan talablar
Dinamik qatorlarni modellashtirish yuqoridagi boblarda ko'rilgan bo'lsada, ushbu bobda prognozlash masalalarini yechishda qo'llaniladigan uning asosiy tushunchalari bilan tanishamiz.
Dinamik qatorlar iqtisodiy tizimda yuz beradigan jarayonlar ma'lum bir ko'rsatkichlarining vaqtga bog'liq holda o'zgaruvchi qiymatlarini ketma-ket joylashuvidan hosil bo'lgan qator shaklida namoyon bo'ladi.
Ko'rsatkichlar qiymatini qatorda o'zgarib borishi o'rganilayotgan xodisaning dinamikasi haqidagi ma'lumotni beradi.
Biror bir ko'rsatkichni kuzatish natijasida olingan qiymatlarini o'sib borish yoki kamayib borish tartibida joylashuvidan hosil bo'lgan qatorlar dinamika qatorlari deyilishi bizga ma'lum.
Dinamik qatorlarda ko'pincha iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi qatorlarning davriyligini ifodalovchi qismiga tegishli bo'lgan tebranish uchraydi.
Agar tebranish davri bir yildan oshmasa, u holda bunday tebranish mavsumiy deyiladi, agar bir yildan oshsa tsiklik (davriy) tebranish deb ataladi. Ko'proq mavsumiy o'zgarishlarning sababi tabiat, iqlim (klimatik) sharoitlar bo'lsa, tsiklik (davriy) o'zgarishlarning sababi demografik tsikllardan iborat bo'ladi.
Dinamika qatorining trend, mavsumiy va tsiklik tashkil etuvchilari mavsumiy yoki tizimli tashkil etuvchilar deb ataladi. Agar dinamik qatordan muntazam tashkil etuvchilarni chiqarib tashlansa tasodifiy tashkil etuvchilar qoladi.
Iqtisodiy ma'lumotlarga qo'yiladigan talablar. Prognozlashda qatorlarning yonma-yon kelgan darajalari oraliqlarini tanlash muhim ahamiyatga ega. Vaqt bo'yicha oraliqlar o'ta yiriklashtirib olinganda ko'rsatkichlar dinamikasining ayrim qonuniyatlarini soddalashtirishlarga olib kelishi mumkin. O'ta maydalashtirilganda esa hisoblash hajmi ko'payadi, jarayon dinamikasida muhim bo'lmagan qismlari paydo bo'ladi. Qator darajalari o'rtasidagi vaqt bo'yicha oraliq har bir jarayon uchun aniq tanlanishi zarur, ammo darajalar teng oraliqlarda olinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Haqiqatda rivojlanish jarayonini dinamik qatorlar orqali ifodalashning muhim shartlaridan biri qator darajalarini taqqoslamaligini ta'minlashdan iborat. Buning uchun qator darajalari bir xil o'lchov birliklariga keltirilishi, davrlar miqiyosida olinganda esa aynan shu davrga tegishli bo'lishi kerak. Taqqoslamalik sharti ko'proq narx ko'rsatkichlari va narxlarning o'zgarishi, hududlarning almashinishi, korxona va tashkilotlarni yiriklashtirilishi yoki butunlay yo'q bo'lib ketishi natijasida buzilishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlar dinamikasini mukammal o'rganish uchun kuzatuv obyektlari darajasidagi ma'lumotlar to'liq bo'lishi, dinamik qator yetarlicha uzunlikka ega bo'lishi, kuzatuv natijalari tushib qolmagan bo'lishi kerak.
Dinamik qatorlar darajalarida anamal (mavhum) qiymatlar uchrashi mumkin. Bunday qiymatlar ma'lumotlarni yig'ish, yozib olish yoki uzatishda yo'l qo'yiladigan xatolar natijasida paydo bo'lishi mumkin. Ular texnik xatolar yoki birinchi turdagi xatolar bo'lib, ularni bartaraf etish zarur. Lekin anamal qiymatlar ham haqiqiy jarayonni ifodalashi mumkin, masalan, bozorda dollar kursining tebranishi yoki qimmatli qog'ozlar kursining tushib ketishi va boshqalar. Bunday anamal qiymatlar ikkinchi turdagi xatoliklar bo'lib, bartaraf etilmasdan, balki ulardan haqiqiy holatni baholashda foydalaniladi. Dinamik qatorlarda anamal darajalarni aniqlash uchun maxsus usullardan foydalaniladi(masalan Irvin usuli)4.
10.3. Iqtisodiy jarayonlar dinamikasining asosiy ko'rsatkichlari va ular
yordamida prognozlash
Iqtisodiy jarayonlar dinamikasini miqdoriy baholashda mutloq qo'shimcha o'sish (kamayish), o'sish (kamayish) sur'ati va qo'shimcha o'sish (kamayish) sur'ati kabi statistik ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Ular bazisli, zanjirli va o'rtacha ko'rsatkichlarga bo'linadi.
Bazisli, zanjirli va o'rtacha mutloq qo'shimcha o'sish, o'sish sur'ati va qo'shimcha o'sish sur'atlarini hisoblash formulalari quyidagi jadvalda keltirilgan.


Yüklə 35,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə