Elektron biznes mazmun-mohiyati Freymvorklar



Yüklə 12,18 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü12,18 Kb.
#155204
1   2   3   4   5
2-ma\'ruza. Harakat tayanch

Qo’lning erkin suyaklari

Qo’lning erkin suyaklariga yelka, tirsak, bilak va panja suyaklari kiradi. Tirsak suyagining yuqori qismida yelka suyagi bilan birikkan. Bilak suyagining pastki uchida kaft usti suyaklari bilan birikkan.

Qo’l panjasi

Qo’l panjasi suyaklari kaft usti, kaft va barmoq suyaklaridan tashkil topadi. Kaft usti suyaklari ikki qator joylashadi, har qatorda 4 tadan mayda suyak bo’ladi. Kaft suyaklarining ikkinchi tomoni barmoqlarning asosiy falangasiga birikadi. Har qaysi barmoqda (bosh barmoqdan tashqari) 3 tadan falanga bo’ladi: asosiy, o’rta va tirnoq.

Oyoq skleti

Oyoq skleti - chanoq kamari suyaklari va oyoqning erkin suyaklariga bo’linadi.

Chanoq kamari ikkita nomsiz suyak, dumg’aza va dum suyaklarining birikishidan hosil bo’ladi. Har qaysi nomsiz suyak bir-biri bilan birlashib ketgan yonbosh, qov va quymich suyaklaridan iborat. Bu suyaklar birikkan joyga son suyagining boshi kirib turadigan chuqurcha – quymich kosasi bor.

Oyoqning erkin suyaklari


Oyoqning erkin suyaklariga son, boldir va tovon suyaklari kiradi. Son suyagi odam skletidagi suyaklarning eng kattasidir. Katta va kichik boldir suyaklari bo’ladi.

Katta boldir suyagi yuqori uchi bilan son suyagiga, pastki uchi bilan oshiq yoki tovon usti suyagi bilan birikadi. Kichik boldir suyagining yuqori va pastki uchlari katta boldir suyagiga tashqi tomondan birikadi.

Oyoq panjasi


Oyoq panjasi 3 qator joylashgan suyaklar: 1) kaft oldi - 7 ta, 2) kaft suyaklari - 5 ta, 3) barmoq falangalariga bo’linadi. Barmoqlar uchta falangadan ibroat (bosh barmoqda ikkita). Chanoq-son, tizza va boldir-panja bo’g’imlari oyoq skletining asosiy bo’g’imlari hisoblanadi. Oyoq panjasi tayanch vazifasini bajaradi.

Mushaklar

Mushaklar harakat-tayanch tisimining faol qismi bo’lib, ularning faoliyati natijasida organizm va organlar harakatga keladi. Odam organizmidagi mushaklar bosh, bo’yin, ko’krak, orqa, qorin va qo’l-oyoq mushaklariga bo’linadi.


Yüklə 12,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə