Elektron biznes mazmun-mohiyati Freymvorklar


Bosh skleti Yuz suyaklarida havo to’la bo’shliqlar (sinuslar) uchraydi



Yüklə 12,18 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü12,18 Kb.
#155204
1   2   3   4   5
2-ma\'ruza. Harakat tayanch

Bosh skleti

Yuz suyaklarida havo to’la bo’shliqlar (sinuslar) uchraydi.

Yuqorigi jag’ning suyagi ko’z kosasining pastki devorini, burun bo’shlig’ining yon devorlarini qattiq tanglayni hosil qiladi. Bu suyak ichidagi bo’shliq Gaymor bo’shlig’i deyiladi. Uni yallig’lanishi gaymorit deyiladi.

Kallaning pastki jag’dan tashqari hamma suyaklari bir-biri bilan harakatsiz chok hosil qilib birikadi. Kalla suyaklari birikishi natijasida ko’z kosasi, burun bo’shlig’i va og’iz bo’shlig’i hosil bo’ladi.

Tana skleti

Tana skleti umurtqa pog’onasi, qovurg’alar va to’sh suyagidan iborat. Umurtqa pog’onasi uzunligi 69-75 sm, bo’lib, 5 qismga bo’linadi: bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum. Umurtqa pog’onasi 33-34 ta umurtqadan tuzilgan. Har qaysi umurtqada tana, teshik, ravoq va uch xil o’siq bo’ladi. Umurtqalar teshigi umurtqa pog’onasi kanalini hosil qiladi.

Umurtqa pog’onasi


Bu kanalda orqa miya joylashadi. Bo’yin qismida 7 ta, ko’krak qismida 12 ta umurtqa, 12 juft qovurg’a va to’sh suyagi joylashadi. 11-12-juft qovurg’alar to’sh suyagiga birikmasdan mushaklar orasida erkin joylashadi va adashgan (sayyor) qovurg’alar deb ataladi.
Bel qismida 5 ta, dumg’aza qismida 5 ta umurtqa bo’lib, ayollarning dumg’aza suyagi keng va kaltaroq bo’ladi. Dum suyagi 4-5 ta umurtqadan hosil bo’ladi.

Ko’krak qafasi

Ko’krak umurtqalari, qovurg’alar va to’sh suyagi birgalikda ko’krak qafasini hosil qiladi.

Ko’krak qafasi tuxumsimon bo’lib, uning shakli organizmning individual xususiyatlariga bog’liq. Ko’krak bo’shlig’ida yurak, o’pka, qizilo’ngach, yirik, qon bilan limfa tomirlari, nerv chigallari joylashgan. Pastki teshikni mushak va paylardan tashkil topgan yupqa diafragma yopib turadi. Ko’krak qafasi nafas olish va chiqarishda ishtirok etadi.

Qo’l skleti

Qo’l skleti - yelka kamari suyaklari va erkin qo’l suyaklaridan iborat. Yelka kamari o’mrov suyagi bilan kurak suyagining birikishidan hosil bo’lgan erkin qo’l suyaklarini gavda bilan birlashtiradi.


Yüklə 12,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə