Elektron biznes mazmun-mohiyati Freymvorklar



Yüklə 12,18 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü12,18 Kb.
#155204
1   2   3   4   5
2-ma\'ruza. Harakat tayanch

Suyaklar tarkibi


Suyaklar tarkibini 1/3 qismini organik moddalar (osstein va ossemukoid) va 2/3 qismini anorganik (kalsiy va fosfor tuzlari) moddalar tashkil qiladi. Yosh organizmdagi anorganik moddalar kamroq bo’lgani uchun suyagi egiluvchan, tarang bo’lib, kam sinadi. Keksalarda anorganik moddalar ko’payib borishi tufayli u mo’rt bo’lib qolib, tez sinadi. Diafiz va epifiz o’rtasidagi tog’ay hisobiga suyaklar bo’yiga o’sadi.

Suyaklarning birikishi


Skelet suyaklari bir-biri bilan 2 xil tutashadi. Tog’ay yordamida birikishi – sinxondroz deyiladi, zich biriktiruvchi to’qima yordamida birikishi – sindesmoz deyiladi. Umurtqa tanalari va kalla suyaklari, 1- qovurg’a to’sh suyagiga tog’ay yordamida birikadi. Kallaning ko’p suyaklari chok yordamida birikadi.
Skeletdagi ko’p suyaklar bir-biri bilan harakatchan birikadi. Bunday birikish bo’g’imlar deyiladi.

Bo’g’imlar


Bo’g’im xaltachasi tashqi (sindesmoz) va qon tomirga boy ichki (sinovial) qavatdan iborat. Sinovial qavatda ishlab chiqariladigan suyuqlik suyaklar ishqalanishini kamaytiradi. Bo’g’imlar bir necha xil: silindrik, sharsimon, g’altaksimon, ellipssimon bo’ladi. Sharsimon bo’g’im son suyagi bilan chanoq va yelka suyagi bilan kurakning birikishida, g’altaksimon bo’g’im yelka bilan tirsakning birikishida, ellipssimon bo’g’im bilak suyagining kaft usti suyaklari bilan birikishida uchraydi.

Bosh skleti (kalla)

Bosh skleti 23 ta suyakdan iborat bo’lib, miya va yuz qismlarga bo’linadi. Miya qismdagi suyaklar miya qutisini hosil qiladi.

  • Miya qismda peshona, ensa, tepa, chakka, asosiy va g’alvirsimon suyaklar bor. Ensa suyagining pastki tomonida miya qutisini umurtqa pog’onasi kanali bilan birlashgan katta ensa teshigi va atlant bilan birikadi.
  • Yuz qismida pastki va yuqorigi jag’, ko’z yoshi suyagi, dimo, burun, yonoq, tilosti suyagi kiradi.

Yüklə 12,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə