Elektrotexnika materiallari


Gazlarning elektr o’tkazuvchanligi



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/107
tarix26.05.2023
ölçüsü2,73 Mb.
#112898
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107
elektrotexnika materiallari.

2.4. Gazlarning elektr o’tkazuvchanligi. 
Gazlarda elektr toki erkin yoki ionlar hisobiga sodir bo’ladi. Kuchsiz elektr 
maydonidagi gaz neytral elektr zarrachalar - molekula yoki atomlardan tashkil 


64 
topadi. Tashqi ta’sir-ionizator orqali sodir bo’ladigan gaz elektr o’tkazuvchanlik 
deyiladi. Ikkita yassi elektrod ionlashtirilgan gaz muhitiga kiritilib, ularga 
kuchlanish berilsa, ionlar harakatga kelib zanjirdan elektr toki o’tadi. 
Normal sharoit (t=20
0
C, 

=65%, 

=760 mm. sim.ust) da havoda to’yingan 
tok zichligi I juda kichik qiymatga, ya’ni kuchlanishning 0,6 V/m qiymatida 10
-15
A/m
2
ga to’g’ri keladi. Shuning uchun ham, havo yaxshi dielektrik hisoblanadi. 
Gazlarda mustaqil bo’lmagan elektr o’tkazuvchanlik tashqi ionizator, kosmik yoki 
radioaktiv nurlar bartaraf etilsagina to’xtaydi. Bunda zaryad eltuvchilar keskin 
kamayishi sababli, gazdan o’tayotgan tok nolga intiladi (2.19-rasm). 
2.19-rasm. Gazlarda elektr o’tkazuvchanlik 
Yuqori qiymatli elektr maydonining erkin zaryad eltuvchilarga kuchli ta’sir 
etishi natijasida zaryadlarning harakat tezligi ortadi. Gaz molekulalari bilan 
to’qnashuvi oqibatida mazkur zaryadlarning kinetik energiyasi molekulalarining 
ionlashish energiyasidan ortib ketadi. Tezkor elektronlarning neytral molekula 
bilan to’qnashuvi natijasida molekula musbat ion va elektrodlarga parchalanadi. 
Har bir to’qnashuvda ikkita elektron hosil bo’lib, ular o’z navbatida yana ikki 
molekulani parchalaydi va hokazo. Bu jarayon 
urilish ionlashishi 
deyiladi. 
Fotoionlashish deb, molekulalarning uyg’ongan holatidan asl holatiga o’tishi 
tushuniladi. Bu jarayonda ma’lum miqdordagi energiya nurlanishga sarf bo’ladi. 
Nur molekulaga ta’sir etib, yangidan-yangi erkin zaryad eltuvchilarni keltirib 
chiqaradi. Urilish ionlashishi va fotoionlashish jarayonlari bir vaqtning o’zida sodir 
bo’ladi (2.20-rasm). 


65 
2.20-rasm. Gazlarda volt-amper harakteristika 
Agar ionlashtirilgan gaz o’zaro parallel joylashgan ikkita yassi elektrod 
oralig’ida bo’lib, bu elektrodlarga kuchlanish berilsa, mazkur kuchlanish ta’sirida 
ionlar maydon yo’nalishi tomon siljiydi va zanjirdan tok o’ta boshlaydi. Bunda 
ionlarning bir qismi elektrodlarda neytrallanadi, qolgan qismi esa rekombinatsiya 
hisobiga yo’qoladi. Kuchlanish oshirib borilsa, ionlar elektrodlarga tomon 
yo’naladi va rekombinatsiya qilishga ulgurmaydilar. Bunda, gaz oralig’idagi 
barcha ionlar kuchlanishining ma’lum qiymatida faqat elektrodlarda 
zaryadsizlanadi.
52
To’yinish toki (
U

U
i
oralig’idagi o’zgarmas tok) normal sharoitdagi havo 
uchun elektrodlar oraligi 10 mm va maydon kuchlanganligi 0,60 V/m bo’lganda 
sodir bo’ladi. Bu tok qiymati havoda juda kam bo’lib, taxminan 10
-15
A/m
2
ga teng 
bo’ladi. Shu sababli, urinish ionlashishi sodir bo’ladigan holatga qadar havo yaxshi 
dielektrik hisoblanadi. Urilish ionlashishi sodir bo’lganda gazlarda mustaqil elektr 
o’tkazuvchanlik hosil bo’ladi. Kuchlanishning 
U
i
qiymatidan yuqori holatlarida va 
kuchlanish o’sishi bilan tok keskin o’sa boshlaydi. Havoda bu holat maydon 
kuchlanganligi E
i

10
5
–10
6
V/m ga teng bo’lgan paytda sodir bo’ladi. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə