Embriologiya faniga kirish. Organizmlarning ko‘payishi. Ontogenez. Urug’ hujayrasining tuzilishi va rivojlanishi. Tuxum hujayrasining tuzilishi va rivojlanishi. Reja


AYOLLAR JINSIY HUJAYRASI-TUXUM HUJAYRANING TUZILISHI



Yüklə 477,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü477,26 Kb.
#136310
1   2   3   4   5   6
1 maruza

AYOLLAR JINSIY HUJAYRASI-TUXUM HUJAYRANING TUZILISHI
 
Tuxum hujayra hamma hujayralar uchun umumiy belgilardan tashqari, bir qator 
o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga quyidagilar kiradi. 
1. Yangi organizmning taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan oziqa moddalarning ko`p 
yoki kam miqdorda bo`lishi. 


2. Sitoplazma (tuxum hujayrada ooplazma)ning periferik kismida yuzaki yoki 
kortikal (cortex - po`st) qavatni va tuxum hujayrani qoplab turuvchi va uni tashqi 
muhit zararli ta’si-rotlaridan himoya qiluvchi o`ziga xos qobiqlarning bo`lishi. 
3. Hujayraning qutbli tuzilganligi, ya’ni har xil tuzilishdagi qutblarning mavjudligi. 
Tuxum hujayra ko`pincha dumaloq shaklga ega (33-rasm). Uning kattaligi 
sitoplazmadagi oziqa modda - sariqlikning miqdoriga bog`liq. Hujayraning yadrosi 
anchagina katta bo`lib, ekstsentrik joylashadi va markazida katta yadrocha tutadi. 
Yetilgan tuxum hujayrada elektron mikroskop ostida kuchsiz rivojlangan 
sitoplazmatik to`r, erkin ribosomalar, sitoplazmada teng tarqalgan mitoxondriyalar 
borligi 
aniqlangan. 
33- rasm. Sut emizuvchilarning yetilgan tuxum hujayrasi. Gematoksilin-eozin bilan 
bo`yalgan. 0b. 40. ok. 10. 1-yadro; 2-sitoplazma; 3-yaltiroq qavat; 4-follikulyar 
hujayralardan 
hosil 
bo`lgan 
«nurli 
toj», 

-follikul 
epiteliysi 
Tuxum hujayra takomilining ilk bosqichlarida Golji kompleksi yadro atrofida 
joylashadi. Tuxum hujayra yetilgan sari plastinkasimon kompleks sitoplazmaning 
chekka 
qismiga 
suriladi. 
Sitoplazmaning 
shu 
qismida 
kislotali 
glikozaminoglikanlarga boy bo`lgan donachalar joylashib, ular po`stloq (kortikal) 
qavatni hosil qiladi. Tuxum hujayra urug`langandan so`ng kortikal granulalar 
urug`lanish qobig`ini hosil qilishga sarf bo`lishi natijasida po`stloq qavat yo`qoladi. 


Turli hayvon tuxum hujayralari sitoplazmasida sariqlik bo`lib, uning miqdori 
turlicha. Ularning joylashishi va miqdori embrional rivojlanish yo`llarini belgilaydi. 
Sariqlik sitop-lazmadagi har xil oziqa moddalardan tashkil topgan kiritmalardir. 
Tarkibiga ko`ra sariqlik - uglevodli, yog`li va oqsilli bo`lishi mumkin. Oqsilli 
sariqlik ayniqsa katta ahamiyatga ega, chunki uning miqdoriga qarab tuxum 
hujayralar klassifikatsiyalanadi. Sariqlik ayrim hollarda tuxumda ko`p miqdorda 
to`planuvchi oqsil donachalaridan yoki plastinkalaridan tashkil topadi. Ovotsit 
tashqi tarafdan hujayra qobig`i bilan o`ralgan bo`lib, u ko`p miqdorda 
mikrovorsinkalar hosil qiladi. Sut emizuvchilarda tuxum hujayraning o`sishi 
tuxumdonda, yetilishi esa bachadon naylarida kechadi. Tuxumdondagi ovogoniy 
hujayralarining o`sish davrida ularni o`rab turgan hujayralar ko`payib ko`p qavatli 
bo`lib qoladi. Bu hujayralar follikulyar suyuqlikni sekretsiya qilishi natijasida 
follikulyar hujayralar orasida bo`shliq hosil bo`ladi (34-rasm). Bu bo`shliqning 
kengayishi davomida tuxum hujayra bir qavat follikulyar hujayralar (nurli toj) bilan 
o`ralgan holatda qoladi. Hujayralar yassi yoki kubsimon shaklga ega bo`lib, ularning 
uzun o`simtalari tuxum hujayra mikrovorsinkalarining orasiga kirib, ozuqa 
moddalarning tuxum hujayraga o`tishiga sharoit yaratadi. Tuxum hujayra qobig`i va 
follikulyar 
hujayralar 
oralig`ida, 
shu 
hujayraning 
mahsuloti 
bo`lgan 
glikozaminoglikanga boy yaltiroq qavat joylashadi. Suv hayvonlarida uni dirildoq 
qobiq 
deb 
ham 
yuritiladi. 
34- rasm. Yetilgan ovotsit hujayrasining bir qismi. Elektron mikrofotogramma. 


1-yadrocha; 2-yadro; 3-kortikal tanachalar; 4-ovotsit yuzasi; 5-yaltiroq qavat; 6-
follikul-yar hujayralarning yadrolari; 7 - yaltiroq qavat orqali o’tuvchi nurli toj 
hujayralari va ovotsitning kichik o`siqchalari; 8-follikulyar suyuqliq bilan to’lgan 
follikulyar 
bo’shliq 
(Rodindan). 

Yüklə 477,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə