Embriologiya faniga kirish. Organizmlarning ko‘payishi. Ontogenez. Urug’ hujayrasining tuzilishi va rivojlanishi. Tuxum hujayrasining tuzilishi va rivojlanishi. Reja



Yüklə 477,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü477,26 Kb.
#136310
1   2   3   4   5   6
1 maruza

JINSIY HUJAYRALAR (GAMETALAR)
Jinsiy hujayralarning yoki gametalarning 2 xil turi tafovut etiladi - erkaklar va 
ayollar jinsiy hujayralari. Ular bir-birlaridan ham morfologik, ham fiziologik 
xususiyatlari bilan farq qiladi. 
ERKAKLAR JINSIY HUJAYRASI-SPERMATOZOIDNING TUZILISHI
Spermatozoidning 
boshchasi, bo`yni, tana qismi 
va 
dumchasi 
tafovut qilinadi 
Spermatozoidning boshchasi uncha katta bo`lmagan zich yadro va sitoplazmaning 
yupqa qavatidan tashkil topgan. Boshchaning oldingi yarmida g`ilofcha (akroblast) 
joylashib, uning ichida bevosita boshchaning oldingi uchida akrosoma (yunon. acron 
- ustki, soma - tanacha) zich tanacha shaklida yotadi (32-rasm). Akrosoma 
urug`lanish uchun zarur tuzilma bo`lib, u o`zida ko`p miqdorda tuxum hujayra 
qobig`ini yemiradigan gialuro nidaza fermentini saqlaydi. Spermatozoidning bo`yin 
qismida, yadroning orqa qutbi sohasida proksimal sentriola joylashib, u silindrsimon 
shaklga ega. Urug`lanish vaqtida proksimal sentriola tuxum hujayraga o`tadi va 


urug`langan tuxum hujayraning yoki zigotaning bo`linishida ishtirok etadi. 
Yadrodan birmuncha uzoqda bo`lgan distal sentriola ikki bo`lakdan iborat. Uning 
tayoqchasimon ko`rinishga ega bo`lgan birinchi yarmi bo`yin chegara sini hosil 
qiladi va undan spermatozoidning tanasi orqali dumchasiga o`tuvchi o`q ip 
boshlanadi. Distal sentriolaning halqasimon shaklga ega bo`lgan ikkinchi bo`lagi esa 
tana oxirida joylashadi. 
Shunday qilib
, spermatozoidning tanasi distal sent-riolaning 
tayoqchasimon va halqasimon bo`laklari orasida joylashgan tuzilmalardan iborat. 
Bu yerda o`q ip atrofida spiral holatda mitoxondriyalar joylashadi. 
Spermatozoidning tana qismida oksidlanish fermentlarining yuqori aktivligi 
aniqlangan. Bu qismda glikogen, 
fosfatlar
, shuningdek, ko`p miqdorda ATF 
saqlanadi. ATFning bo`lishi va mitoxondriyalarning ko`pligi tana qismining 
spermatozoidni 
energiya 
bilan 
ta’minlab 
turishidan 
dalolat 
beradi. 
31-rasm. Erkak jinsiy hujayralari- spermatozoidlar. Sperma suyuqlig`ining surtmasi. 
Spermatozoidning dumchasi asos va oxirgi bo`laklarga bo`linadi. Dumchaning asosi 
faqatgina o`q iplardan va uni o`rab turuvchi adenozintrifosfataza (ATF-aza) 
fermentini tutuvchi sitoplazmadan iborat. Bu ferment mitoxondriyalarda 
sintezlangan ATF ni parchalaydi va shu yo`l bilan energiya ajralishini ta’minlaydi. 
Sitoplazmada o`q ip atrofida spiralsimon ko`rinishda nozik nplar joylashib, ularni 
kortikal spiral deb nomlashadi. Uq ip kiprikchalarning o`q ipiga o`xshash bo`lib, 


klassik tuzilishga ega. U gomogen matriksda joylashgan, 10 juft mikro-naychadan 
iborat bo`lgan tutamdir. Bunda 9 juft mikronaychalar o`q ipning periferiyasida 
yotsa, 1 jufti markazda joylashadi. Dumchaning oxirgi bo`limi asta-sekin to`g`ri 
joylanishini yo`qo tib boruvchi juda ingichka o`q ipchadan tashkil topgan. Oxirgi 
bo`limning o`q ipi tashqi tomondan faqatgina plazmalemma bilan o`ralgan. 
Urug`lanish jarayonida spermatozoidlar 3 asosiy vazi-fani bajaradi: 1) bo`lg`usi 
organizmga otalik genlarini uzatadi; 2) o`zining maxsus harakat apparati yordamida 
tuxum hujayra bilan to`qnashishni ta’minlaydi va tarkibidagi gialuronidaza fermenti 
yordamida tuxum hujayraga spermatozoidning boshchasi va bo`yin qismining 
kirishini yengillashtiradi; 3) tuxum hujayraga urug`langan tuxum hujayraning 
bo`linishi 
uchun 
zarur 
bo`lgan 
sentrosomani 
olib 
kiradi. 


2- rasm. Spermatozoid tuzilishi. 33-22. Elektron mikrofotogramma. 33 - 19. O`rta 
qismining ko`ndalang kesmasi. X54.000. 33-20. Tana qismining turli sohalaridan 
olingan ko`ndalang kesmalar. X40.000 33- 21. Dum qismining ko`ndalang kesmasi, 
X36.000. 33-32. Boshcha old qismining bo`ylama kesmasi. X35.000. 33-23. 
Boshcha-bo`yin va tananing old qismining bo`ylama kesmasi. X25.500 33-24. Tana 
qismining bo`ylama kesmasi X32.090. 33-25. Tananing dum qismiga yaqin 
sohasining bo`ylama kesmasi. x48.000. 1-hujayra qobig`i; 2-akrosoma; 3-akrosoma 
qalpoqchasi; 4-subakrosomal bo’shlik; 5 - yadro; 6- yadro qobigi; 7-yadroning orqa 
qismi; 8- o’zgargan proksimal sevtriola; 9- distal sentriola; 13 - markaziy mikro-
naychalar; 11-periferik mikronaychalar; 12-tashqi zich firillalar; 13-bo`ylama o`q; 
14-tolali plastinkaning cheti; 15-mitoxondriyalar (Rodindan). Turli hayvonlarning 
spermatozoidlari bir-biridan kattaligi va asosan boshchasining tuzilishi bilan farq 
qiladi. Odam spermatozoidining uzunlgi 60 mkm ga teng. Spermatozoidning siljishi 
uning dum harakati bilan bajariladi. Odam spermatozoidn minutiga 1-2 mm tezlik 
bilan harakat qiladi. Bachadon bo`ynidan to tuxum yo`lining oxirigacha bo`lgan 
oraliqni spermatozoid taxminan 3 soat mobaynida bosib o`tadi. Spermatozoid 
yashashga o`ta chidamliligi bilan ajralib turadi. Urug`donda va uning ortig`ida ular 
oylab tirik saqlanadi, murdada esa ular o`zining harakatchanligini 2-3 kungacha 
saqlab qoladi. Tanadan tashqarida, ya’ni termostatda urug`lantirishga qobiliyatli 
holatda bir haftadan ortiq saqlash mumkin. Ularning uzoq muddat yashashi 
muhitning pHiga, temperaturaga, urug` suyuqlig`idagi spermatozoidlarning 
kontsentratsiyasiga va boshqa shu kabi faktorlarga bog`liq. 

Yüklə 477,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə