Embriologiya faniga kirish. Organizmlarning ko‘payishi. Ontogenez. Urug’ hujayrasining tuzilishi va rivojlanishi. Tuxum hujayrasining tuzilishi va rivojlanishi. Reja


Tuxum hujayralar oziq moddasining miqdori va joylashishi bo`yicha



Yüklə 477,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/6
tarix28.11.2023
ölçüsü477,26 Kb.
#136310
1   2   3   4   5   6
1 maruza

Tuxum hujayralar oziq moddasining miqdori va joylashishi bo`yicha 
klassifikatsiyasi.
Tuxum hujayralarning klassifikatsiyasi ooplazma tarkibidagi 
sariqlik miqdoriga asoslangan. Sariqlik miqdori esa homilaning hayot sharoitiga 
bog`liq. Tuxum hu-jayraning o`lchamlari oziq moddasining miqdoriga bog`liq, 
shuning uchun ham turli hayvonlarda tuxum hujayralarning kattaligi turlichadir. 
Masalan, tarkibida kam oziqa modda tutuvchi sut emizuvchilarning tuxum hujayrasi 
diametri 100-150 mkm ga teng. Tovuq tuxum hujayrasi esa 3,5 sm gacha boradi. 
Sariqlikning sitoplazmada tarqalishiga qarab tuxum hujayralarda 2 ta qutb farq 
qiladi. Sof sitoplazma bilan yadrodan tashkil top gan yuqori yoki animal qutb va 
oziqa kiritmalarini saqlovchi pastki yoki vegetativ qutb. Qutblarga ajralish 
sariqlikka boy bo`lgan tuxum hujayralarda, ayniqsa yaxshi ko`rinadi. Tuxum 
hujayralarini sariqlik moddasining miqdoriga qarab va sariqlik moddasining 
joylashishiga qarab klassifikatsiya qilish mumkin. Sariqlik moddasining miqdoriga 
qarab: a) sariqlik moddasini kam saqlovchi oligoletsital (oligos - kam, lekythos- 
sariqlik) tuxum hujayralar; b) sariqlik moddasi o`rtacha miqdordagi tuxum 
hujayralar - mezoletsital (meros - o`rtacha) hujayralar; v) sariqlik miqdori ko`p - 
poliletsital (poly - ko`p) tuxum hujayralarga bo`linadi. Oligoletsital hujayralar 
birlamchi va ikkilamchi turlarga bo`linadi. Birlamchi turlarga lantsetnikning tuxum 
hujayrasi misol bo`la oladi. Ikkilamchi turga sut emizuvchilarning tuxum hujayrasi 
misol bo`lib, bu tuxum hujayralar filogenetik taraqqiyot davomida politsetsital 
tuxum hujayralar o`rnida hosil bo`lgan. Embrion rivojlanishining ona qorniga o`tishi 
ko`p sariqlik moddasi bo`lishiga hojat qoldirmaydi. Sariqlik moddasining 
tarqalishiga (joylashishiga) qarab: a) i z o l e t s i t a l (isos - bir xil), ya’ni sariqlik 
moddasi kam va taxminan bir xil tarqalgan tuxum hujayralar; b) o`rta teloletsital 
(telos - chet, oxiri), ya’ni sariqlik moddasi miqdori o`rtacha, boshqa qismlarida ham 
bor, lekin ko`proq tuxum hujayraning vegetativ qutbida joylashgan va v) k e s k i n 


t e l o l e t s i t a l - sariqlik moddasi ko`p va asosan vegetativ qutbda joylashgan 
tuxum hujayralar tafovut qilinadi. Bu hujayralarda animal qutb tor bo`lib, u o`zida 
sariqlik tutmaydigan sitoplazma va yadrodan iborat. Bunday tuxum hujayralar 
qushlar (tuxum hujayralarning bu qutbi pushti hosil qilishda ishtirok etadi va 
uni 
pusht 
gardishi 
deb 
ataladi) 
va 
reptiliylarga 
xosdir
3- rasm. Tuxum hujayra turlari (sxema). 
1-lantsetnik izoletsital tuxum hujayrasi; 2-amfibiylarning o`rta 
teloletsital tuxum hu-
jayrasi
; 3-qushlarning keskin teloletsital tuxum hujayrasi. 

Yüklə 477,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə