Ent davlat sharqsh



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə41/43
tarix19.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#151521
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
pdffox.com turkiy-tildan-fors-tiliga-ozlashgan-sozlarning-fon

IV bob bo‘yicha xulosalar

Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan sozlarning semantik tahlili haqidagi bobimiz nihoyasida shuni aytish mumkinki, ozlashmalar fors tiliga o‘zlashgandan so‘ng ularning ma’nolari malum darajada o‘zgarishga yuz tutadi. Bunda mano torayishi, mano kengayishi, yangi mano kasb etishi holatlarini korishimiz mumkin. Shuningdek, manosini o‘zgartirmagan holda o‘zlashmalar ham o‘zlashgan. Ular miqdori kopchilikni tashkil etadi va asosan fors tilida ham turkiy tilda ham bir manoni anglatuvchi sozlar hisoblanadi.

83
XULOSA

Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlarni o‘rganish ancha murakkab va ota qiziqarlidir. Hozirgi fors tili lugat tarkibida turli tillardan kirgan o‘zlashmalar mavjud bo‘lib, turkiy o‘zlashmalar ana shu ozlashmalarning bir qismi hisoblanadi. Turkiy ozlashmalar fors tili leksikologiyasidagi dolzarb mavzularidandir, chunki ular boshqa tillardan kirgan ozlashmalar singari fors tili lugat tarkibining boyishiga xizmat qiladi. Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlarning fonetik, morfologik va semantik tahlili mavzusiga nihoya yasab quyidagi xulosalarga keldik:
1. Turkiy o‘zlashmalar miqdori, tilda qo‘llanishi, semantik tarkibi jihatidan fors tilidagi boshqa ozlashmalarga nisbatan ancha ustundir.
2. Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan sozlar mavzusi mukammal o‘rganilmagan bolsa ham, bu mavzuga qiziqish ancha avvalroq boshlangan. Xususan, A. Navoiyning Muhokamat ul-lugatayn asarida fors va turkiy tillarni o‘zaro chogishtirib bir qancha turkiy so‘zlarni fors (sort) tilida mavjud ekanligini qayd etib otgan. Shuningdek, bu asarda hozirda ham faol bolgan turkiy soz yasovchi qoshimcha haqida ham malumotlar berilgan. D. Rahimli ham fors tilidagi turkiy ozlashmalarni tadqiq etgan. U ىسراف نابز رد یکرت یاه هاژاو .” kitobida fors tilining ogzaki tilida va shevalarida uchraydigan ikki yuzdan ortiq turkiy leksik birliklarni keltirib, ularning fors va turkiy tillardagi manolari, qaysi lahjalarda ishlatilishini yoritib bergan, shuningdek, ozlashmalarni struktur jihatdan ham tahlil qilgan. Eronda ham bu mavzuga qiziqish oxirgi vaqtlarda kopayib borishi bilan xarakterlidir. Turkiy ozlashmalar asosan fors tili izohli lugatlarida qisqagina yoritilgan, bazan ularning etimologiyasi ham berilgan. Bu anana zamonaviy fors leksikografiyasiga ancha avval yaratilgan tarixiy-izohli lug‘atlardan meros bo‘lib qolgan. Eronda turkiy o‘zlashmalarga bag‘ishlangan ishlardan biri M. Noyibiyning ىسراپ نابز رد ىكرت ناگژاو nomli asaridir. U bu kitobda mingdan ortiq so‘zlarni keltirib ularning manolari va yasalishini yoritgan. Shuningdek, fors tili leksikologiyalarida ham turkiy ozlashmalar haqida qimmatli

84


fikrlar bildirilgan. Bunda L.S. Peysikov va A.Quronbekov ishlarini e’tirof etish

mumkin.


3. Turkiy ozlashmalar asosan islomdan keyingi davrlarda ozlashgan.


4. Turkiy ozlashmalar XVI asrdan boshlab fors tiliga kirib kelishi keskin oshdi. Ayniqsa, turkiy sulolalarning Erondagi hukmronliklarining tasiri katta bo‘ldi. Shuningdek, ikkitillik turkiylarning ham fors tiliga turkiy o‘zlashmalarning kirib kelishida ishtiroklari bo‘ldi.
5. Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan leksik birliklarda unli tovushlarning moslashuvi borasida:
5.1. Turkiy tilidagi [a] unli fonemasi fors tiliga [ā], [e] bolib o‘zlashgan. 5.2. Turkiy tilidagi [e] unli fonemasi fors tiliga [a], [e] bolib o‘zlashgan.
5.3. Turkiy tildagi [i] unli fonemasi fors tiliga [e], [i] va [o] bo‘lib o‘zlashgan. 5.4. Turkiy tildagi [ı] unli fonemasi fors tiliga [i], [e] bo‘lib o‘zlashgan.
5.5. Turkiy tildagi [o] unli fonemasi fors tiliga [o] bo‘lib ozlashgan. 5.6. Turkiy tildagi [u] unli fonemasi fors tiliga [u] bo‘lib ozlashgan. 5.7. Turkiy tildagi [ӧ] unli fonemasi fors tiliga [o], [u] bolib ozlashgan. 5.8. Turkiy tildagi [ü] unli fonemasi fors tiliga [u], [e] bo‘lib ozlashgan.
6. Turkiy tildan fors tiliga o‘zlashgan leksik birikmalarda undosh fonemalarning moslashuvi borasida:
6.1. Turkiy tildagi quyidagi undosh tovushlar fors tilida quyidagicha ifodalanadi: [p–p], [b–b], [t–t], [dd], [k-k, γ], [g-g], [m-m], [n-n], [ff], [v-v], [s-s], [z–z], [ş-š], [h-x], [ç-č], [j], [r-r], [y-y], [l-l], [ğ-γ, g], [c-j].
7. Ish jarayonida turkiy tildan fors tiliga ozlashgan so‘zlarda diftong qatnashgan so‘zlar kuzatilmadi.
8. Hozirgi davrda Eronda faoliyat ko‘rsatayotgan Farhangestān-e zabān va adabiyāt-e rsi” akademiyasi fors tilini barcha ozlashmalardan, jumladan, turkiy tillardan o‘zlashgan lug‘at birliklaridan tozalamoqda. Natijada bazi bir turkiy ozlashmalar iste’moldan chiqib ketib, arxaik sozlar qatoriga kirib qolmoqda. Ular faqatgina tarixiy asarlar va manbalarda uchrashi mumkin.
9. Turkiy tildan fors tiliga asosan ot so‘z turkumiga oid so‘zlar o‘zlashgan. 85
10. Turkiy tildan fors tiliga ozlashgan so‘zlar semantik tahlil etildi, bunda

quyidagi xulosalarga kelindi:


10.1. Mano kengayishi. Turkiy ozlashmalar orasida manosi kengaygan sozlar ham mavjud. Bunday ozlashmalar fors tilida qoshimcha mano kasb qiladi. Hozirgi zamon fors tilidagi manosi kengaygan turkiy o‘zlashmalarning qo‘shimcha va asosiy manolari ortasida yaqinlik va bogliqlik bor. Kamdan-kam hollarda asosiy manoga bog‘liq bolmagan tushunchalarni anglata boshlaydilar.
10.2. Mano torayishi. Bunday semantik ozgarish tabiiyki, turkiy tillarning o‘zida ko‘p manoga ega bolgan ozlashmalarda yuz beradi. Ular o‘zlari anglatayotgan manolaridan fors tiliga bitta manosi o‘zlashishi ko‘proq kuzatiladi, shuningdek, ularning ikki va undan ortiq manolari ozlashishi ham mumkin.
10.3. Yangi mano kasb etishi. Shunday turkiy ozlashmalar borki, semantik mustaqillikka erishib butunlay yangi ma’no ifodalay boshlaydilar. Ular soni ko‘p emas va odatda avvalgi manolariga yaqin manolarni anglatadilar. Yangi mano kasb etgan ozlashmalar orasida bir manoli ozlashmalar koproq, kamdan-kam holatlarda polisemantik turkiy so‘zlar ozlashganda manolarini butunlay o‘zgartirib yuboradi.
10.4. Ma’no ozgarishsiz kochgan o‘zlashmalar. Bunday sozlar kopchilikni tashkil etadi. Bu turdagi ozlashmalarga odatda turkiy tillarning o‘zida bir manoga ega bolgan so‘zlar kiradi. Bular asosan terminologik leksika bo‘lib, narsa va hodisani nomlash vazifasini bajaradi.
Ilmiy tadqiqot ishimizni yakunlar ekanmiz, olib borgan kichik tadqiqotimiz so‘ngida bu mavzu fors tilida dolzarb mavzulardan ekanligiga, hali koplab izlanishlar, tadqiqotlar talab qilishiga, oz yechimini kutayotgan muammolar ko‘p ekanligiga guvoh boldik.

86



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə