Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57

178
17-BOB. Sitrus o‘simliklarining kasalliklari
Gommoz. Limon, apelsin, mandarin o‘simliklarida bu kasallik
ko‘p uchraydi. O‘simlik tanasi po‘stlog‘ining ustida shishlar paydo
bo‘lib, undan yaltiroq, sarg‘ish yoki jigar rangdagi suyuqlik
ajralib chiqadi. U havoda qurib, qotib qoladi. Kasallik belgilari
daraxt tanasining pastki qismidan boshlanib, keyinchalik ildizga
va yuqori novdalarga tarqaladi. Kasallangan o‘simlikning bargi
yashil rangini yo‘qotib, sarg‘ayadi, quriydi va tushib ketadi.
Kasallangan ildizlar qurib qoladi. Kasallangan barg tomirining
yuzasida yog‘ tomchilari paydo bo‘ladi va ular bir-biri bilan
qo‘shilib ketadi. Bargning orqa tomonida zamburug‘ hosil qilgan
mitseliysini ko‘rish mumkin.
Gommoz kasalligi ekologik sharoitning buzilishidan ham kelib
chiqishi mumkin. Bunga, daraxt ko‘chatlarini chuqur o‘rnatish,
tuproq namligining ko‘payishi, azotli o‘g‘itlarni ko‘p ishlatish va
mexanik zararlanishlar sabab bo‘ladi.
Gommoz kasalligini parazit zamburug‘lardan Phomopsis citri
Faw., Botrytis cinerea Pr., Phytophthora citrophthora Leonian. va
fitopatogen bakteriyalarning mexanik zararlangan to‘qimalaridan
kirib kelishi natijasida kelib chiqadi. Kasallik tufayli o‘simlikning
mevasini sifati buziladi va ko‘chatlarni quritadi.
Fitoftoroz. Kasallik nam ob-havo sharoitida ko‘p uchrab,
o‘simlik bargini, mevasini, poyasini va uchki yosh novdalarni
zararlaydi. Kasallik belgilari o‘simlikning zararlangan joyida dumaloq
shakldagi to‘q qo‘ng‘ir rangdagi dog‘lar tarzida namoyon bo‘ladi.
Kasallik butun barg yuzasini qoplab olishi mumkin. Bunday
barglarning orqa tomonida oq rangdagi g‘ubor paydo bo‘ladi. O‘simlik
mevasida kasallik qo‘ng‘ir chirishni keltirib chiqaradi. Nam ob-
havo sharoitida kasallangan mevalarning yuzida oq rangdagi g‘ubor
paydo bo‘ladi va noxush hid chiqaradi.
Ko‘chatlarning uchki novdalarida och jigarrangdagi dog‘lar
paydo bo‘lib, uni halqa shaklida o‘rab oladi. Novdaning kasallangan


179
joyidagi po‘stlog‘i nobud bo‘lib, yorilib ketadi. Yoriqlardan och
sariq modda oqib chiqib, keyin to‘q qizil rangga kiradi. Kasallangan
novdalar tezda qurib qoladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Peronosporales tartibiga mansub
Phytophthora citrophthora Leonian turi hisoblanadi. Zamburug‘
mitseliysi simpodial shoxlanishdagi zoosporangiy bandlarini
kasallangan a’zolarning yuzasida hosil qiladi. Zoosporangiydan
zoospora hosil bo‘lib va unda konidiyalar yetiladi. Zamburug‘
o‘simlikning kasallangan a’zolarida va uning qoldiqlarida saqlanib,
mevaning sifatini yomonlashishiga va hosilini kamayishiga olib
keladi.
Antraknoz. Bu kasallik bilan o‘simliklarning bargi, novdasi,
mevasi zararlanadi. Kasallangan a’zolarning yuzasida dastlab jigar,
keyinchalik qo‘ng‘ir rangdagi dumaloq dog‘lar paydo bo‘ladi. Nam
ob-havo sharoitida dog‘larning yuza qismida zamburug‘ hosil qilgan
sporalar qora nuqtalar tarzida ko‘zga tashlanadi. Kasallangan
novdalarning uchki qismi dastlab jigar rangda, keyin och qo‘ng‘ir
rangga kirib quriydi. Kasallangan mevalar to‘q qo‘ng‘ir rangga
kirib, uning sathi kengayib boradi va meva yuziga botib kiradi,
natijada mevaning ichki qismi sekin chiriydi.
Kasallikni takomillashmagan zamburug‘lar sinfi, Melanconiales
tartibi vakili Colletotrichum gloeosporioides Penz. zamburug‘i keltirib
chiqaradi. Zamburug‘ mitselisi o‘simlik epidermisining hujayralarida
konidiya bandlarini hosil qilib rivojlanadi. Sporalar epidermisning
ustida hosil bo‘ladi. Zamburug‘ konidiyalar vositasida tarqalib, uning
mitseliysi kasallangan o‘simlikning a’zolarida saqlanadi. Kasallikning
tarqalishiga havo haroratining keskin o‘zgarishi, o‘simlikni noto‘g‘ri
o‘g‘itlash natijasida vujudga keladigan o‘sishini chegaralovchi
faktorlar sabab bo‘ladi.
Mevalarning chirishi. Sitrus o‘simliklarining mevalarini
omborxonalarda saqlash jarayonida quyidagi kasalliklar uchraydi.
Meva po‘stining chirishi — Rhizopus Ehr. zamburug‘i tomonidan
keltirib chiqariladi. Zararlangan meva po‘sti yumshoq bo‘lib,
sersuvlanadi va mevadan tezda ajralib ketadi. Zamburug‘ meva po‘sti
yuzasida qora dog‘li oq qo‘ng‘ir mog‘or bilan qoplanadi.
Qora mog‘orli chirish  —  Aspergillus niger van Tiegh
zamburug‘i tomonidan keltirib chiqariladi. Mevaning yuzida oqish
yumshoq dog‘lar paydo bo‘ladi. Dog‘larning usti zamburug‘


180
konidiyalaridan tashkil topgan, qora kul rangdagi kukunli massa
bilan qoplanadi.
Ko‘k mog‘orli chirish — Penicillium italicum Wehmer.
zamburug‘i tomonidan keltirib chiqariladi. Kasallangan mevalar
po‘stloq qismi yumshoq bo‘lib burishadi, sersuv bo‘lib qoladi.
Dog‘larning ustini zamburug‘ning oq rangdagi mitseliysi o‘rab
olsa, ularning tevaragida ko‘k rangdagi zamburug‘ konidiya bandlari
joylashadi.
Mevaning yashil mog‘orli chirishi — Penicillium digitatum Sacc.
zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallangan mevalar sersuv bo‘lib,
chiriy boshlaydi. Chirigan to‘qimalarning usti yashil rangdagi
zamburug‘ mitseliysi bilan qoplanadi.
Mevaning qo‘ngir mog‘orlashi — Botrytis cinerea Pr.
zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallangan mevalar po‘stlog‘i to‘q
jigar rangdagi dog‘ bilan qoplanadi, zamburug‘ konidiyalari hosil
bo‘ladi.
Mevaning oq chirishi — Sclerotinia Whetzelinia sclerotiorum
(dBy.) Korf.et Dumont zamburug‘i tomonidan keltirib
chiqariladi. Kasallangan mevalar dastlab qo‘ng‘ir rangga kirib,
keyinchalik qora rangdagi zamburug‘ sklerotsiyalari bilan
qoplanadi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun o‘simlikning o‘sish va
rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan agrotexnik tadbirlarni
qo‘llash, infeksiya manbaini kamaytirish, o‘simliklarning
kasalliklarga chidamligigini oshirish va kasallikka qarshi kimyoviy
kurash choralarini o‘z vaqtida qo‘llash kerak.
Sitrus o‘simliklarini kasalliklardan himoya qilish tadbirlarini
quyidagi tartibda o‘tkazish kerak: kasallikka chidamli
rayonlashtirilgan navlarni ekish; pitomniklardagi payvantust va
payvanttaglarni sog‘lom o‘simliklardan to‘g‘ri tanlash; kasallangan
o‘simlik qismlarini o‘z vaqtida qirqib olib tashlash; Zamburug‘lar,
bakteriyalar, viruslar bilan kasallangan ko‘chatlarni kovlab olib
tashlash; ko‘chat oralariga sifatli ishlov berish; tuproqqa zarur
miqdorda mineral o‘g‘itlarni qo‘llash; kasallik qo‘zg‘atuvchi
zamburug‘lar va hasharotlarga qarshi o‘z vaqtida kimyoviy usulda
kurashish; meva saqlanadigan omborxonalarni foydalanishdan
oldin yaxshilab dizenfeksiya qilish kerak; region uchun talab
qilingan karantin tadbirlariga amal qilish kerak.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə