Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57

173
Impakt, Topaz va Vektra fungitsidlari bilan ishlov berish, chidamli
navlarni ekish kerak.
40-rasm. 
Olmaning un shudring kasalligi (Podosphaera leucotricha):
1–konidiya bandi konidiya bilan; 2—kleystotetsiy; 3—zararlangan navda.
Monilioz kasalligi
. Kasallik zararlangan joyda qo‘ng‘ir rangdagi
dog‘lanish bilan boshlanadi. Meva mag‘zi qo‘ng‘ir rangga kirib,
yumshoq bo‘lib qoladi, mazasi yo‘qoladi. Mevaning ustida hosil
bo‘lgan yostiqchalarda zamburug‘ sporasi yetiladi. Kasallikni —
Hyphomycetalis  tartibiga mansub, Monilia fructigena West.,
zamburug‘i keltirib chiqaradi. Kasallik zanjirsimon tuzilishdagi
konidiyalar vositasida ko‘payadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi mevaning
zararlangan joyidan kirib keladi. Sporaning rivojlanishi nam
sharoitda amalga oshadi (41-rasm).
Infeksiyaning birlamchi manbai kasallangan mevalar bo‘lib,
ularda hosil bo‘lgan sporalar turli yo‘llar bilan tarqalishi hisobiga
amalga oshadi.
Qarshi kurash choralari: mevaning mexanik zararlanmaslik
chora-tadbirlarini ko‘rish, kasallangan mevalarni yig‘ishtirib olib
tashlash, o‘simliklarga 1 % li bordo suyuqligi bilan ishlov berish
kerak.


174
41-rasm.
 Danak mevali daraxtlarning monilioz kuyish kasalligi:
1—gilosning zararlangan navda va gullari; 2—gilosning zararlangan mevasi;
3—zararlangan yosh meva a’zolari; 4—o‘rikning zararlangan mevasi;
5, 6—zamburug‘ konidiyalari.
Danak mevali daraxtlarning klyastosporioz yoki teshikli
dog‘lanish kasalligi. Kasallik mevali daraxtlarning bargini,
novdasini, mevasini, kurtagini, gulini zararlaydi. Kasallik
belgilari yosh barglarda dog‘lar tariqasida, keksargan barglarda
esa, nobud bo‘lgan hujayralarning tushib ketishi natijasida 2—
5 mm diametrda teshilib qolishi bilan xarakterlanadi. Dastlab
dog‘lar qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, atrofi qizg‘ish-qo‘ng‘ir halqa
bilan o‘ralgan bo‘ladi. Yosh bargning orqa tomonidagi dog‘larda
qora nuqta tarzida ko‘rinadi, keksa barglarda doirasimon halqali
teshikchalar hosil qilib ko‘rinadi (42-rasm). Yosh novdalarda
kasallik yoz oylarida nuqtasimon ko‘rinishdagi 2—5 mm
hajmdagi qizg‘ish-qizg‘ish binafsha rangdagi dog‘lar paydo
qiladi.


175
42-rasm. 
Danak mevali daraxtlarning teshikli dog‘lanish
(klyastosparioz) kasalligi:
1 — shaftolining zararlangan novdasi; 2,3 – o‘rikning zararlangan meva va
bargi; 4 — olxo‘rining zararlangan bargi; 5 — zararlangan shaftoli novdasida
hosil bo‘lgan yaralar; 6 — zamburug‘ konidiyabandlari konidiya bilan.
Dog‘larning markazi rangsiz bo‘lib, cho‘zinchoq shaklni
olgach yorilib ketadi. Novdalarda kasallik belgilari cho‘zinchoq
qo‘ng‘ir rangdagi qizg‘ish qo‘ng‘ir halqa bilan o‘ralgan
dog‘lar tarzida ko‘zga tashlanadi. Mevalar barglar bilan bir
vaqtda kasallanadi. Lekin, kasallik mevalarda qizg‘ish-qo‘ng‘ir
rangdagi chuqur yaralar tarzida namoyon bo‘lib, atrofi
yo‘g‘onlashadi. Olxo‘ri va olcha mevalari dog‘ hosil qilib
zararlangan qismi qurib qolishi natijasida danakgacha bo‘lgan
hujayralar nobud bo‘ladi. Kasallik dastlab kurtak va gullarda
kuzatilsa, keyinchalik barglarda va mevalarda boshlanadi.
Kasallikni Deuteromycetes sinfining Hyphomycetales tartibiga
mansub,  Clasterosporium carpophilum Aderh. zamburug‘i
keltirib chiqaradi.
Bu kasallikni qo‘zg‘atuvchi zamburug‘lar tuproqda konidiya va
mitseliy holida qishlaydi. Kasallikning infeksiya manbai sifatida


176
kasallangan barg, novdalar va ular yoriqlarida saqlangan sporalar
asosiy ahamiyatga ega.
Kasallikka qarshi kurashish uchun infeksiya manbaiga qarshi
o‘z vaqtida tadbirlar o‘tkazilishi kerak. Kasallangan novdalar
kuzda qirqilishi, mevalarni terib olib tashlash, daraxtlar oralig‘iga
to‘g‘ri va o‘z vaqtida ishlov berish, o‘g‘itlash, kurtak ochilgunga
qadar, gullagandan keyin va uchinchi marta ikki haftadan keyin
1 % li brodo suyuqligi bilan 1 ga yerga 600 l miqdorda ishlov
berish kerak.
Qora rak kasalligi olma, nokda kuzatilib, o‘simlik tanasini va
novdalarini kasallantiradi. Kasallik belgilari dastlab, daraxt tanasida
qo‘ng‘ir-binafsha rangdagi dumoloq dog‘lar tarzida namoyon
bo‘ladi. Keyinchalik dog‘lar yuzasida burishib, yoriqlarni hosil
qiladi, po‘stloq qismi nobud bo‘lib, tushib ketadi va yog‘ochliq
qismi qorayib ko‘rinadi. Bunday belgilar paydo bo‘lgan daraxt
tanasining novdalari qurib kuyganga o‘xshab ko‘rinadi.
Belgilar bargda qizg‘ish-jigar rangdagi dog‘lar tarzida paydo
bo‘lib, o‘lchami 5—7 mm ni tashkil qiladi. Kasallangan gullar
qorayib, gulkosa-barglar burishib, changchi va urug‘chilar qorayib
ketadi (43-rasm).
43-rasm. 
Mevali daraxtlarning qora rak kasalligi:
1,2 — olmaning zararlangan poya va yosh novdasi; 3 — kasallangan barg;
4,6 — zararlangan mevalar; 7 – piknida va konidiyalar; 8 — xaltachalar
askosporalar bilan.


177
Kasallik belgilari mevalarda dastlab qo‘ng‘ir rangdagi chirigan
botiq dog‘lar tarzida namoyon bo‘ladi. Chirish jarayoni
mevaning  barcha qismlariga tarqalib, uning epidermisining ostida
qora rangdagi zamburug‘ piknidiyalarini hosil qiladi. Kasallik meva
pishgan va ularni yig‘ishtirib olish va saqlash davrida ko‘p
uchraydi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi takomillashmagan zamburug‘lar
sinfi, Sphaeropsidalis tartibi vakili Sphaeropsis malorum Peck.,
turi hisoblanadi. Bu zamburug‘ rivojlanish jarayonida mitseliy
va piknidiylarda piknosporalarni hosil qiladi. Piknosporalar
dastlab rangsiz, bir hujayrali, keyinchalik jigarrangga kirib,
to‘siqcha hosil qiladi. Piknosporalar o‘lchami 20—39x10—18
mkm ni tashkil qiladi.Piknosporalar nam sharoitda, 5—33 
o
C
(optimal 25—27 
o
C) haroratda inkubatsiya davri 15—27 kunni
tashkil qiladi. Infeksiya manbai daraxt tanasidagi mitseliy
hisobiga qishlab chiqadi va bahor faslida rivojlanadi.  Kasallik
bog‘larga katta zarar keltiradi va daraxtlarning 3—4 yilda qurib
qolishiga sabab bo‘ladi.
 Savollar
Mevali daraxtlarining ildiz raki va bargini qo‘ng‘ir dog‘lanish
kasalligining tarqalishi, belgilari, infeksiya manbai va zarari qanday?
Olma va nokning kalmaraz kasalligining paydo bo‘lishi, belgilari,
infeksiya manbai va zarari qanday?
Danak mevali daraxtlarning manilioz kasalligining belgilari,
qo‘zg‘atuvchisi va zarari qanday ?
Danak mevali daraxtlarning klyasterosporioz yoki teshikli dog‘lanish
kasalligi belgilari, kasallik qo‘zg‘atuvchisi va zarari qanday?


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə