Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57

181
 Savollar
Sitrus o‘simliklarining gommoz kasalligining tarqalishi, belgilari,
infeksiya manbayi va zarari qanday?
Sitrus o‘simliklarining fitoftorioz kasalligi belgilari va zarari qanday?
Sitrus o‘simliklarining antraknoz kasalligining paydo bo‘lishi, belgilari,
infeksiya manbayi va zarari qanday?
Sitrus o‘simliklari mevalarining kasalliklari va ularga qarshi kurash
choralari qanday?


182
18-BOB. Anor va anjir kasalliklari
Rak kasalligi. Bu kasallikdan anor o‘simligining asosiy tanasi
va yon novdalar zararlanib, keyinchalik ularning qisman yoki
butunlay qurib qolishiga sabab bo‘ladi. Kasallikning dastlabki
belgilari daraxt tanasining po‘stloq yuzasida yoriqli qo‘ng‘ir
rangdagi dog‘larining paydo bo‘lishidan boshlanadi. Hosil bo‘lgan
yaralar kengayib, tananing barcha qismini o‘rab oladi va uning
pastki qismidan yosh novdalar hosil bo‘la boshlaydi. Bu novdalar
sekin rivojlanib, ularda meva hosil qilmaydigan gullar yetiladi.
Kasallik tufayli halqa bilan o‘ralgan novdalar va daraxtlar tanasi
qurib qoladi. Bunday novdalarning epidermisi ostida kasallik
qo‘zg‘atuvchisining qora rangdagi do‘mboqchalari yoki
piknidiyalarini ko‘rish mumkin.
Anorning rak kasalligini Takomillashmagan zamburug‘lar
sinfining vakili Phoma punicae turi keltirib chiqaradi. Nam ob-
havo sharoitida piknidiyalardan rangsiz, cho‘zinchoq shakldagi
sporalarni hosil qiladi. Bu sporalar sog‘lom o‘simliklarga nam
sharoitda mexanik zararlangan to‘qimalar orqali kirib keladi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun po‘stloqning mexanik
zararlanishi oldini olish kerak. Zararlangan joylarni tozalab uning
ustini himoya vositalari bilan moylab qo‘yish kerak. Anorni
ko‘paytirish uchun tayyorlangan qalamchalarni mis sulfati
eritmasida ishlov berish kerak. Kasallanib qurigan novdalar va
tanasini qirqib olib tashlash kerak.
Anorning kalmaraz kasalligi. Bu kasallik bilan anorning bargi,
gulbandi, novdalari va pishmagan mevalari zararlanadi. Kasallangan
o‘simlikning bargida mayda, dumaloq, binafsha rangdagi dog‘lar
paydo bo‘ladi. Keyinchalik dog‘lar qotib, to‘q qo‘ng‘ir rangga
kiradi. Bunday barglar buralib, sarg‘ayadi va tushib ketadi. Kasallik
belgilari navdada, gul bandlarida, mevada mayda, dumaloq,
botiq, qo‘ng‘ir rangdagi dog‘lar tariqasida namoyon bo‘ladi.
Keyinchalik dog‘lar bir-biri bilan qo‘shilib, yorilib ketadi va qotadi.


183
Bu yoriq orqali sapratrof zamburug‘lar mevaga kirib kelib, uning
chirishiga sabab bo‘ladi.
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi Sphacaeloma punicae zamburug‘i bo‘lib,
asosan yosh novdalarni kasallantiradi. Nam havo sharoitida
kasallangan o‘simlikning yosh a’zolari yuzasida zamburug‘ning
konidiyalaridan tashkil topgan baxmalsimon nafis dog‘lar paydo
bo‘ladi. Zamburug‘ konidiyasi rangsiz, bir hujayrali, silindrsimon
yoki elli pssimon shaklda   bo‘ladi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun kalmaraz bilan kasallangan
o‘simlik a’zolarining qoldiqlarini, novdalarini yig‘ishtirib olib
chiqarib tashlash kerak. Kasallikning tarqalmasligi uchun
anorzorlarga 1% li bordo suyuqligi bilan ishlov berilishi kerak.
Serkosporoz kasalligi. Kasallik belgilari o‘simlik bargi va
mevasida namoyon bo‘ladi. Kasallangan barglarda ko‘p
miqdordagi dumaloq yoki uchburchakli jigar rangdagi 4—5 mm
hajmdagi dog‘lar paydo bo‘ladi.
Dog‘larning atrofi binafsha yaltiroq rangda ko‘rinadi.
Kasallangan barglar sarg‘ayib tushib ketadi. Nam ob-havo
sharoitida dog‘larning ustiga baxmalsimon zamburug‘ konidiyalari
hosil bo‘ladi. Kasallangan mevalarda dastlab to‘q jigar rangdagi
dumaloq dog‘lar paydo bo‘lsa, keyinchalik ular bir-biri bilan
qo‘shilib ketadi.
Kasallikni xaltachali zamburug‘lar sinfining vakili Cosphaerella
lythracearum turi (Cercospora lythracearum — konidiyali bosqichi)
keltirib chiqaradi. Dog‘ ustidagi g‘ubor jigar rangdagi zamburug‘
konidiya bandlaridan  iborat bo‘lib,  ularda i psimon,
to‘g‘nog‘ichsimon, rangsiz konidiyalar hosil qiladi. Tuproqqa
tushgan barglarda erta bahordan boshlab mayda sharsimon qora
rangdagi peritetsiylar va uning ichida yetilgan 8 ta xaltachada sporalar
paydo bo‘ladi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun anorzorlarga 1% li bordo
suyuqligi bilan ishlov berish, o‘simlikning kasallangan barg va
mevalarini yig‘ishtirib olib tashlash kerak.
Anjirning rak kasalligi. Kasallik daraxt va uning navdalaridagi
mexanik zararlangan joylarda kuzatiladi. Kasallangan joylarda
dastlab och qo‘ngir rangdagi dog‘lar paydo bo‘lib, vegetatsiya
oxirida aniq xoshiyali to‘q qo‘ng‘ir rangga kiradi. Kelgusi yilda
shunday hajmdagi dog‘lar ikkinchi joyda hosil bo‘ladi. Uchinchi


184
yilda shunday dog‘lar hosil bo‘lishi davom etib, bu jarayon novdada
halqa hosil bo‘lganga qadar davom etadi. Halqa hosil bo‘lgan joydan
yuqorida turgan novdalar quriy boshlaydi va po‘stlog‘i ko‘chib
tushib ketadi. Po‘stloqning ostidagi lub va yog‘ochlik to‘qimalariga
saprotrof zamburug‘larning kirib kelishi natijasida chiriy boshlaydi.
Chirigan to‘qimalar yuzasida qora rangdagi peknidiyalar  hosil
bo‘ladi.
Kasallikni takomillashmagan zamburug‘lar sinfining vakili
Phomopsis cinerescens zamburug‘i keltirib chiqaradi. Zamburug‘
piknidiyalari kasallagan to‘qimalar ustida hosil bo‘ladi. Nam ob-
havo sharoitida piknidiyalardan sporalar hosil bo‘lib, ular shilimshiq
modda bilan bir-biriga birikib turadi. Zamburug‘ning rivojlanishi
uchun 20 
0
C hararot qulay, 35 
0
C noqulay hisoblanadi.
Yomg‘ir tomchilaridagi sporalar daraxt tanasi bo‘ylab tarqalib
yangi infeksiya manbaini hosil qiladi. Sporalar hasharot va shamol
vositasida ham tarqaladi. Hasharotlardan anjirning po‘stloqxo‘ri
zamburug‘ sporalarini tarqalishida asosiy rol o‘ynaydi. Anjir mevasi
tezda chirib, usti qora rangdagi zamburug‘ piknidiyalari bilan
qoplanadi.
Kasallikka qarshi kurashish uchun anjir tanasi va novdalarining
mexanik zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kasallik belgisiga ega
bo‘lgan novdalar zararlangan joyidan 10—15 sm pastdan qirqib,
novdalarni yoqib tashlash kerak.
Qirqilgan novdalar 5 % li temir kukuni bilan ishlov berilib,
asfaltlaki bilan moylanishi kerak. Navdadagi eski yaralar yaxshilab
tozalanib, oltingugurt pastasi bilan yopilib, asfaltlakida bo‘yab
qo‘yiladi.
Anjir novdalari bakterial (Bacterium fici Cav.) gommoz bilan
ham kasallanadi. Kasallangan tanalarning eniga va bo‘yiga yo‘nalgan
dog‘lar paydo bo‘ladi. Bunday novdalarda kam barg hosil bo‘ladi,
meva hosil qiluvchi novdalar quriydi. Kasallagan barglarning barg
bandi va barg tomiri nekrozli dog‘lar hosil qiladi. Bargdagi dog‘lar
qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, har xil shaklga ega. Bunday barglar qurib
tushib ketadi.
Anjir bargining dog‘lanish kasalligi. Anjir bargida zamburug‘lar,
bakteriyalar, viruslar kasalliklar keltirib chiqaradi.
Serkosporioz. Kasalligini (
Cercospora bolleana) zamburug‘i
keltirib chiqaradi. Kasallangan barg yuzasida har xil shakldagi
jigar rangdagi dog‘lar barg plastinkasini yuzini qoplab oladi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə