Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57

196
Tekshirilayotgan o‘simlik qismlari tashqi tomonidan spirt,
formalin yoki spirtovka alangasida sterilizatsiya qilingandan keyin
0,1—0,3 mm kattalikda mayda bo‘lakchalarga qirqilib, Petri
likobchalaridagi namlangan kameralarga joylashtirilib,
eksikatorlarda saqlanadi. Kasallangan o‘simlik qismlarida
o‘sayotgan zamburug‘larning o‘sish va rivojlanishi 2—3 kundan
keyin mikroskopning kichik obyektivida kuzatishdan  boshlandi.
Ajralib chiqayotgan zamburug‘lar mitseliysining ayrim
bo‘laklari, konidiyalari mikrobiologik ilgak vositasida probirkadagi
agarli ozuqa muhitiga ekiladi.
Zamburug‘larni o‘simlik ildizidan ajratib olish uchun
kasallik belgilariga ega bo‘lgan o‘simlik ildizi kovlab olinib,
sterilizatsiya qilingan suvda bir necha marta yuvib tashlanadi.
O‘tkir ustara bilan 0,5—1 sm uzunlikda bo‘lakchalarga bo‘lib,
Petri likobchasidan tayyorlangan nam kameraga qo‘yiladi.
Termostatdagi harorat 27—30 
0
C dan oshmasligi, namlik
miqdori 70—80% bo‘lishi kerak. Ildizdagi zamburug‘ning o‘sishi
va rivojlanishini kuzatish 24—48 soatdan keyin amalga
oshiriladi.
Zararlangan o‘simlik barg, poya va novdasidagi to‘qimalaridan
zamburug‘larni ajratib olish uchun uning zararlangan qismlari
sterilizatsiya qilingandan keyin o‘tkir ustara vositasida qiya qilib
kesiladi. Hosil bo‘lgan yupqa kesmalar nam kameraga yoki
probirkadagi agarli ozuqa muhitiga ekiladi.
O‘simliklarning bargi, poyasi, novdasidagi o‘tkazuvchi
to‘qimalarning, yog‘ochlik yoki floema qismidagi zamburug‘larni
ajratib olish uchun uni tashqi tomonidan sterilizatsiya qilinadi.
O‘tkir ustarada uning qoraygan qismidan mayda bo‘laklarga
qirqilib, nam kameraga joylashtiriladi. O‘simlik urug‘larining
ichida parazitlik qilayotgan zamburug‘larni ajratib olish uchun
asosan nam kameralardan foydalanish eng samarali usul
hisoblanadi.
Buning uchun tashqi tomondan sterilizatsiya qilingan urug‘lar
0,5—1,0 sm masofada nam kamerali Petri likobchasiga
joylashtiriladi.Har bir namunaga olingan urug‘lar guruhidan 50—
100 tagacha urug‘ o‘rganiladi. Urug‘dan unib chiqqan zamburug‘lar
turlarini aniqlash maqsadida ozuqali probirkaga mikrobiologik ilgak
vositasida olib ekiladi.


197
Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o‘rganish
Darsning maqsadi: Zamburug‘larning morfologik tuzilishi va
jinsiy ko‘payishiga xizmat qiladigan zoosporaniy, gametalar,
oogoniy, anteridiylar bilan tanishish.
Darsga zarur jihozlar: Petri likopchalari, mikroskop, preproval
nina, buyum va qoplag‘ich oynalar, suv, glitserin va spirtli metil
bo‘yog‘i,  Fusarium, Mucor zamburug‘lari kulturasi.
Topshiriqni bajarish tartibi: O‘simliklarda kasallik keltirib
chiqaradigan zamburug‘larni ajratib olishda, ularning turlarini
aniqlashda, tuzilishi va taraqqiyotini o‘rganishda MBI-3, MBI-6,
MBI-15 mikroskoplaridan foydalaniladi (Roskin,1967).
O‘rganilayotgan zamburug‘lardan vaqtincha yoki doimiy
preparatlar tayyorlanib, mikrofotografiyasini olishda mikroskopda
oddiy rasmga tushirish usulidan, ayrim preparatlardagi tasvirlar
chizig‘i yaxshi sezilmagan taqdirda RA-4 rusumdagi rasm chizish
apparatidan foydalaniladi. Rasm chizish apparatida zam-
burug‘larning katta, kichik konidiyalari, ularning mitseliysining
shakli, egiluvchanligi, uchki hujayra va oyoqchasining hosil bo‘lishi
aniq chizishda x 3 okulyar, x 10 obyektiv, kichik konidiyalarni
chizishda x 10 yoki 15 okulyar, x 20 yoki 40 lik obyektivdan
foydalaniladi.
O‘rganilayotgan turlar konidiyasining kattaligini o‘lchashda
okulyar mikrometr va obyektiv mikrometrdan foydalaniladi.
Zamburug‘ konidiyalarini bir marta o‘lchash uning haqiqiy o‘lchami
to‘g‘risida to‘liq ma’lumot bermaganligidan, bir nechta o‘lchash
ishlari olib borilib, uning o‘rtacha o‘lchami varitsion statistika metodi
asosida hisoblab chiqiladi (Rokitskiy, 1961; Terentyev, Rostova,
1977).
Suyuq ozuqa muhitdagi zamburug‘lar hosil qilgan sporalar
miqdorini aniqlash maqsadida hisoblash kamerasidan foydalanildi.
U Tom va Neybauer kamerasi, Predtechenskiy to‘ridan iborat
bo‘lib,  plastinkada chizilgan maydon 1 mm
2
 ga teng. Shu maydondagi
konidiyalar miqdori — x=a·b:4000 formula yordamida hisoblab
chiqildi. Bunda a—kameraning ma’lum maydonidagi konidiyalar
soni,  b—sanalgan kvadratlar soni. Shunday qilib, 1 sm
3
 dagi
konidiya miqdorini aniqlash uchun x=a·b ni 4000 ga ko‘paytirish
zarur. Har bir kvadratni diagonal bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Olingan


198
ma’lumotlar variatsion statistika usuli bo‘yicha hisoblanadi
(Rokitskiy,1961).
Zamburug‘larni tirik holida o‘rganish va vaqtinchalik
preparatlar tayyorlash maqsadida kasallangan o‘simlik qismlaridan
tayyorlangan preparatlar qo‘shimcha ishlovsiz, quritilgan buyum
oynasiga bir tomchi suv tomizilib, o‘simlikning o‘rganilayotgan
qismidan olingan kichik, yupqa bo‘lakchasi preparatga qo‘yiladi.
U oyna bilan yopilib dastlab mikroskopning kichik obyektivida,
keyin x40 obyektivda kuzatiladi. Kuzatish natijasida o‘simlik
zararlangan to‘qimasida zamburug‘ mitseliysi yoki konidiyalari,
fermentlar ta’sirida hujayraning o‘zgarishi ko‘riladi. Bu usuldan
foydalanish zamburug‘ning patogenlik xususiyatini o‘rganishda,
nekrozning poyaning zararlangan qismida tarqalishini aniqlashda
yaxshi samara beradi. Buning uchun vaqtinchalik va doimiy
preparatlar tayyorlanadi. Vaqtinchalik preparatlarni tayyorlashda
spirt, glitserin va suv (1:1:1) aralashmasidan foydalaniladi
(Maysel, Gutkina, 1953).
Zamburug‘larning morfologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha
o‘tkazilgan tadqiqotlarda suyuq ozuqa muhiti bilan birga qotirilgan
agarli ozuqa muhitidan foydalanish ham yaxshi natija beradi.
Zamburug‘larining haqiqiy konidiyalar hosil qilish
xususiyatini kuzatish uchun, taraqqiyotini va ontogenezini
o‘rganishda mikrokultura metodidan foydalaniladi (Bilay,
Ellanskaya, 1975). Buning uchun Petri likobchasining ustki
qopqog‘iga 10—15 tomchi Chapek suyuq ozuqa   muhiti  pi petka
yordamida alohida-alohida tomiziladi. Har bir tomchiga
taksonomik o‘rni aniqlanishi lozim bo‘lgan tur  mikrobiologik
ilgak vositasida ekib chiqiladi. Har bir tomchiga ekilgan zamburug‘
mavjud ozuqa muhitini tezda foydalanishi natijasida 24—36 soat
ichida tur uchun xos konidiyalarni hosil qiladi. Bunday ozuqa
muhitida konidiyaning unib chiqishidan boshlab, mitseliy hosil
qilishi va undan yangi konidiyalarning hosil bo‘lishini kuzatish
mumkin.
Mikologik tadqiqotlarda zamburug‘ mitseliysi, konidiyalari,
hujayralar, to‘siqchalar, xlamidasporalarni ko‘rinish
xususiyatlarini yaxshilash maqsadida turli bo‘yoqlardan: ko‘k
metilleviy, binafsha metilleviy, lyugol eritmasi (Frey-
Vissling,1976) dan foydalaniladi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə