Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57

189
Pista daraxtining un shudring kasalligi. Pista daraxtining un
shudring kasalligini Phylactinia suffulta Sacc., F. pictaciae Jacz.
zamburug‘ qo‘zg‘atadi. Zamburug‘ pista daraxti barglarining ostki
tomonida  oq o‘rgimchak  i plari iyul oyida  hosil qiladi.
Zarang bargining qora dog‘ kasalligi. Zarang bargining qora
dog‘ kasalligini haltali zamburug‘ Rhytisma acerinum Fr. (Melasmia
acerina Lev.) ning takomillashmagan stadiyasi qo‘zg‘atadi.
Zararlangan bargning ustki tomonida sariq jigar rang, so‘ngra
yaltiroq qora dog‘lar paydo bo‘ladi. Bu dog‘larning o‘rtacha
diametri 10 dan 15 mm gacha keladi.
 Savollar:
Manzarali daraxtlarda zang kasalligining tarqalishi, belgilari, infeksiya
manbai va zarari qanday?
Manzarali daraxtlarning dog‘lanish kasalligining belgilari va zarari
qanday?
Manzarali daraxtlarning sariq-oq chirish kasalligining paydo bo‘lishi,
belgilari, infeksiya manbai va zarari qanday?
Pistaning un shudring kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
qanday?
Manzarali daraxtlarning kasalliklariga qarshi kurash choralari qanday?


190
III QISM
AMALIY MASHG‘ULOTLAR
So‘ruvchi hasharotlarni o‘rganish
Darsning maqsadi: Dala sharoitida o‘simlik so‘ruvchi
zararkunandalari turlarini va zararini aniqlash hamda ularga qarshi
kurash olib borishni o‘rganishdan oldin yuqoridagi “O‘simlik
bitlari”, “Kanalar” va “Qalqondorlar va soxta qalqondorlar”
mavzulari bilan yana bir bor batafsil tanishib chiqish lozim.
Darsga zarur jihozlar: MBS-1 mikroskoplari, binokulyarlar,
qo‘l lupalari, paxtali yostiqchalar, ninalar.
Topshiriqni bajarish tartibi: Bahorning aprel—may oylarida
o‘zingiz o‘qib turgan bilim dargohi  tajriba maydoni  yoki atrofida
mavjud bo‘lgan turli  yong‘oq, o‘rik, shaftoli kabi mevali daraxtlar
va begona o‘tlarda kuzatuv olib boriladi. Mazkur kuzatuvlarda daraxt
barglarida va yovvoyi o‘simliklarda o‘simlik bitlarini uchratish
mumkin. Qo‘l lupasi yordamida kuzatib, ularni sanchib so‘ruvchi
og‘iz apparati bilan o‘simlik shirasini so‘rib turgan holatini
kuzating.
Daraxt novdalaridagi qalqondorlarni topib kuzating va har bir
ko‘rgan zararkunandangizdan namuna oling. Namunalarni
yostiqchalarga joylashtirib, bilim yurtingizga olib keling. Lupa
yordamida olingan namunalarni tekshirib, ularni qaysi turkumga va
turga mansubligini daftaringizga yozib oling.
1. Namunalarni lupa ostida tekshirib, ularni hasharotlar yoki
o‘rgimchaksimonlar sinfiga xos belgilarini aniqlang. Hasharotlar
sinfiga mansub namunalar tanasining uch qismiga: bosh, ko‘krak
va qoringa bo‘linishiga e’tibor bering. Hasharot tanasini bo‘laklarga
bo‘lib o‘rganing. Har bo‘lakni alohida tekshiring. Hasharotlarning
bosh va ko‘krak qismidagi o‘simtalarga va ularning joylanishiga e’tibor
bering. Barcha kuzatuvlarni daftaringizga yozib oling.
2. Dala sharoitida o‘simlik bitlarini bahor va yozda ozuqa yetarli
sharoitda tirik tug‘ib partenogenetik usulda ko‘payishini kuzating.
Shu bilan birga o‘simlik bitlari ozuqa kamayganda erkak va urg‘ochi
qanotli individlarining paydo bo‘lishi va ularning tuxum qo‘yishini


191
kuzatish uchun yong‘oq, o‘rik yoki o‘simlik bitlari mavjud bo‘lgan
boshqa daraxt barglaridan bir necha dona olinib, bir litrli bankalarga
solinadi. Bankalar og‘zi havo almashinadigan mato bilan berkitiladi.
Barglar so‘lib quriy boshlashi bilan o‘simlik bitlari oziqlana olmaydi
va bir necha kun ichida qanotli individlari paydo bo‘ladi. Daladagi
barglar olingan daraxtni shu vaqtda kuzating va shu vaqtda tabiatda
bitlar orasida qanotli individlar yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
Kuzatuv natijalarini daftaringizga  yozib oling.
Kemiruvchi hasharotlarni o‘rganish
Darsning maqsadi: Dala sharoitida o‘simliklarni kemiruvchi
zararkunandalarning turlari va zararini aniqlash hamda ularga qarshi
kurash olib borishni o‘rganish.
Darsga zarur jihozlar: MBS-1 mikroskoplari, binokulyarlar,
qo‘l lupalari, paxtali yostiqchalar, ninalar.
Topshiriqni bajarish tartibi: Aprel—may oylarida o‘zingiz o‘qib
turgan bilim dargohi  tajriba maydoni  yoki atrofida mavjud bo‘lgan
g‘o‘za, poliz ekinlari, yong‘oq, o‘rik, shaftoli kabi mevali
daraxtlar va begona o‘tlarda kuzatuv olib boriladi. Mazkur
kuzatuvlarda daraxt barglarida va yovvoyi o‘simliklarda  turli
kemiruvchi qo‘ng‘izlarini uchratish mumkin. Qo‘l lupasi yordamida
kuzatib, ularni kemiruvchi og‘iz apparati bilan o‘simlik barglarini
kemirib turgan holatini kuzating va namuna oling. Kartoshka
o‘simligida zarar yetkazayotgan kolaroda qo‘ng‘izi va lichinkalarini
topib kuzating va har bir ko‘rgan zararkunandangizdan namuna
oling.
G‘o‘za maydonidan o‘qituvchingiz yordamida agar mavjud
bo‘lsa ko‘sak qurti, karadrina va kuzgi tunlam qurtlarini topib
kuzating va namuna oling. Atrofingizdagi o‘simliklardan
chigirtkalarni topib kuzating va namuna uchun bir necha donasini
tutqich bilan ushlab oling. Namunalarni yostiqchalarga joylashtirib
bilim yurtingizga olib keling. Lupa yordamida olingan namunalarni
tekshirib, ularning qaysi turkumga va turga mansubligini
daftaringizga yozib oling.
Namunalarni lupa ostida tekshirib, ularni hasharotlar sinfiga
xos belgilarini aniqlang. Hasharotlar tanasining uch qismga: bosh,
ko‘krak va qoringa bo‘linishiga e’tibor bering. Har bo‘lakni alohida


192
tekshiring. Hasharotlarning bosh va ko‘krak qismidagi o‘simtalarga
va ularning joylanishiga e’tibor bering.
Namunalardan chigirtka, qo‘ng‘iz va qurtlar og‘iz organining
tuzilishini lupa ostida tekshirib o‘rganing.
Dala sharoitida kemiruvchi zararkunandalarning tuxum qo‘yishi,
rivojlanishi va ko‘payishini kuzating. Zararkunandalar tuxumlarini
o‘simlikning qaysi qismiga qo‘yishini toping va daftaringizga yozib
oling.
Kartoshka o‘simligi  barglaridan   bir necha dona olib,  bir
litrli bankalarga solinadi. Bankalar og‘zi havo almashinadigan
mato bilan berkitiladi. Bir necha dona kolorada qo‘ng‘izi
lichinkalaridan va qo‘ng‘izidan banka ichiga soling.
Zararkunandaning oziqlanishiga e’tibor bering va daftaringizga
yozib oling. Shu tajribani chigirtkalar ustida olib boring va
chigirtkalarning oziqlanishini o‘rganing.
Fitopatologiya fanidan dala amaliyotini o‘tkazish
Darsning maqsadi: Fitopatologiya fanidan dala amaliyotining
asosiy maqsadi talabalarni dala sharoitida o‘rmon o‘simliklarida
zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslar va gullik parazitlar keltirib
chiqaradigan kasalliklarning asosiy ti plari bilan tanishtirib,
ularning tashqi belgilariga qarab bir-biridan farqini, zararini
va ularning oldini olish yo‘llari to‘g‘risida tasavvurlarni hosil
qilish.
Darsga zarur jihozlar: Gerbariy papkasi, 30x42 sm hajmdagi
filtr va gazeta qog‘ozlari, pichoq, qaychi, daftar, qalam hamda
kasallangan o‘simlik namunalari.
Topshiriqni bajarish tartibi: Kollejlarda ta’lim olayotgan talabalar
kasallangan o‘simlik a’zosining tashqi belgilariga qarab ularning
turlarini aniqlashi; zamburug‘lar, bakteriyalar va viruslar keltirib
chiqargan kasalliklarni bir-biridan farqlay bilishi va ularni hisoblash
usullari bilan tanishishi; ko‘chat va urug‘lik materiallarning sifatini
baholay bilishi; kasalliklarga agrotexnik, kimyoviy, biologik usullar
bilan qarshi kurashish yo‘llarini bilishi; o‘simliklarning kasallikarga
chidamliligini baholay bilishi; kasalliklarga qarshi kurashda
ishlatiladigan eritmalarni tayyorlay olishi va unga zarur texnikalarni
bilishi kerak.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə