Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57

193
Fitopatologiyadan dala amaliyoti o‘quv yurtining tajriba
maydonchalarida va bog‘larida olib boriladi. Dala amaliyotidan oldin
o‘qituvchi talabalar bilan maxsus suhbat o‘tkazib, talabalarning
dala amaliyotiga tayyorgarligini nazorat qiladi. Talabalarni 5—6
kishidan iborat guruhchalarga bo‘lib, bu guruhchalarning gerbariy
papkalari, ishchi daftar, namunalarni solish uchun idishlar bilan
ta’minlanganligini tekshiradi.
Talabalar dala sharoitida o‘rmon o‘simliklarida zamburug‘lar,
bakteriyalar, viruslar keltirib chiqaradigan quyidagi kasalliklarga
oid materiallarni yig‘ishi lozim:
Terak kasalliklari: zang, qo‘ng‘ir dog‘lanish;
Tut kasalliklari: bakterioz, silindrosporioz;
Olma va nokning parshasi, olmaning un shudringi;
Shaftolining mayda bargliligi, klyasterosporiozi;
Tokning oidiumi, antraknozi, serkasporiozi.
Fitopatologiyadan dala amaliyoti davomida talabalar
o‘simliklarning kasallangan qismlaridan namunalar yig‘ib,
gerbariylar tayyorlaydi va amaliyot oxirida 30 ta turdagi gerbariyni
etiketkalari yozilgan holda o‘qituvchiga topshiradi.
Kasallangan o‘simlik namunalarini yig‘ish va saqlash
Darsning maqsadi: Kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘larning
namunalarini laboratoriya sharoitida ajratib olish uchun kasallangan
o‘simliklar gerbariysini yig‘ish, quritish va ularni saqlash usullari
bilan tanishish.
Darsga zarur jihozlar: Gerbariy papkasi, 30x42 sm hajmdagi
filtr va gazeta qog‘ozlari, pichoq, qaychi, daftar, qalam hamda
kasallangan o‘simlik namunalari.
Topshiriqni bajarish tartibi: Kasallik belgilariga ega bo‘lgan
o‘simlik namunalaridan gerbariy tayyorlab, unga etiketka yozish
malakasiga ega bo‘lish.
Fitopatologik tadqiqotlar uchun kasallik belgilari yaxshi
ifodalangan namunalardan uch donadan yig‘iladi. Tayyorlanadigan
gerbariylar o‘t o‘simliklarida uning ildizi, bargi, poyasi, guli va
mevasi olinadi. Mevali daraxtlarning kasallangan novdasi, bargi,
mevasi olinib, ularning yuzasida zamburug‘ hosil qilgan g‘uborlar,
dog‘lar, yaralar, buralish va barcha qolgan o‘zgarishlar ko‘rinishi


194
lozim. Ildizmevalar, tuganaklar butunligicha, bir litrlik bankalarga
sig‘adigan hajmdagilari olinadi. Kasallangan o‘simlik namunalari
urug‘ unib chiqqandan to vegetatsiyaning oxiriga qadar bo‘lgan
muddatlarda kasallik belgilarining namoyon bo‘lish darajasiga qarab
terib olinadi. Kasallangan o‘simlik namunalari ekinzorlardan va uning
tevarak atrofidan yig‘iladi. Yig‘ilgan gerbariylardagi kasallik
qo‘zg‘atuvchisining birlamchi va ikkilamchi infeksiya manbai mavjud
yoki yo‘qligiga e’tibor berish kerak. Qish faslida  mevali bog‘lar va
omborxonalardan namunalar yig‘iladi.
Yig‘ilgan gerbariylar gerbariy papkalarida saqlanib, quriguncha
filtr qog‘ozini bir necha marta almashtirib turilishi kerak. Tayyor
bo‘lgan gerbariyga etiketka yoziladi. Etiketkani yozishda quyidagi
ma’lumotlar beriladi:
O‘simlik oilasi_____________________________
O‘simlik turi_______________________________
O‘simlik navi_______________________________
Gerbariyning yig‘ilgan vaqti____________________
Gerbariyning yig‘ilgan joyi____________________
Gerbariy kim tamonidan yig‘ilgan______________
O‘simlik kasalligining nomi___________________
Meva, tuganaklar 70 % li spirtda, 5 % li formalinda , spirt,
formalin eritmasida, yoki 8—9 % li osh tuzi eritmasida bankalarga
solingan holda saqlanadi. Bunday a’zolarni uzoq muddatda saqlash
uchun mis sulfatdan (CuSO

 5H
2
0)-180 g, so‘ndirilgan ohak—
180 g va 22,7 l suv aralashmasida saqlanadi. Mis sulfati 2 l suvda
bir kecha-kundiz eritib qo‘yiladi. Ohak 20,7 l suvda so‘ndirilib,
bir kundan keyin dokadan o‘tkazilib foydalaniladi.
Namunalarni muzeyda saqlash uchun 40 % li formalin —25
ml, 95 % li spirt—150 ml va 1 l suv aralashmasidan ham
foydalaniladi. O‘simlik namunalarining yashil rangini saqlash uchun
1 qism uksis kislotasi, 4 qism suvdan iborat eritmada 1—2 daqiqa
qaynatib, keyin 5 % li formalinda saqlanadi.
Mevalarni saqlash uchun Gesler konservatlaridan foydalaniladi.
Buning uchun rux xlorid (50 g), 40 % li formaldagid (25 ml),
glitserin (25 g) va 1 l suvdan foydalaniladi.
Bankalardagi eritmalarning sathi kamaymasligi uchun bankalar
qopqog‘i parafin bilan yoki parafin lentalar bilan yopib qo‘yiladi.


195
Har bir bankaga quyidagi etiketka yopishtiriladi.
O‘simlik a’zosining nomi______________________
Namunaning yig‘ilgan vaqti____________________
Namunaning yig‘ilgan joyi_____________________
Namuna kim tamonidan yig‘ilgan________________
Kasallikning nomi___________________________
Mikroorganizmlarni turli o‘simlik qismlaridan ajratib olish
Darsning maqsadi: Zamburug‘larning morfologik xususiyatlarini
o‘rganish va sistematik o‘rnini aniqlash uchun kasallangan o‘simlik
qismlaridan nam kamera usulida ajratib olish.
Darsga zarur jihozlar: Petri likopchalari, mikroskop, preproval
nina, buyum va qoplag‘ich oynalar, sterilizatsiya qilingan suv,
kasallangan o‘simlik namunalari, skalpel, pinset va plomaster.
Topshiriqni bajarish tartibi: Zamburug‘ini o‘simlik
qismlaridan ajratib olishda maxsus usullarni to‘g‘ri qo‘llash
muhim ahamiyatga ega. Har qanday o‘simlik qismlarini tashqi
mikofloradan tozalash uchun 1:1000 nisbatda eritilgan
sulemadan, shuningdek, 1:300 nisbatda eritilgan formalin
eritmasidan (30 daqiqa davomida), 1% bromli suvdan (bir necha
sekund), 2% li margansovkali kaliy eritmasidan (15 daqiqa
davomida) ham foydalanish mumkin. O‘rganilayotgan o‘simlik
qismi tayyorlangan eritmada ko‘rsatilgan muddat davomida
saqlanib, keyin bir necha marta sterilizatsiya qilingan suvda yuvib
tashlash tavsiya qilinadi. Buta, daraxtlarning novdasi, poyasi,
bargini tashqi infeksiyadan tozalashda ko‘rsatilgan tozalagichlar
yaxshi samara beravermaydi. Shuning uchun o‘simlik qismlarini
sterelizatsiya qilishda denaturat yoki texnik spirtdan foydalanib,
tadqiq  qilinayotgan qismni tashqarisidan alangada kuydirish
usulidan foydalaniladi. Ajratilayotgan zamburug‘larning
b a k t e r i y a l a r d a n   h o l i   b o ‘ l i s h i n i   t a ’ m i n l a s h   m a q s a d i d a
streptomitsin penitsillin antibiotiklaridan  foydalanildi.
O‘simlik a’zolaridan zamburug‘larni ajratib olish maqsadida Petri
likobchalarida tayyorlangan namlangan kameralardan foydalaniladi.
Buning uchun dastlab 1 atm bosim ostida 121 
0
C da sterilizatsiya
qilingan Petri likobchalariga 1 ta filtr qog‘ozidan tayyorlangan
doirachalar qo‘yilib, sterilizatsiya qilingan suvda namlanadi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə