Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57

121
vakuolalar hosil bo‘ladi. Achitqi zamburug‘larida haqiqiy gifa
hosil bo‘lmaydi. Vegetativ tana bitta hujayradan iborat bo‘lib,
bo‘linish yo‘li bilan yoki kurtaklanib ko‘payadi. Ayrim
zamburug‘larda tallom rizoidlar vositasida substratlarga yopishib
turadi.
9.3. Zamburug‘larning morfologik tuzilishi
Mitseliy — zamburug‘lar gifasining takomillashib o‘zaro
qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Tabiatda, tuproqda qulay sharoit
bo‘lganda va laboratoriya sharoitida bitta konidiyning o‘sishi natijasida
zamburug‘ koloniyasi hosil bo‘ladi. Zamburug‘ mitseliyning o‘sishi
saprofit turlarda (Mucor) juda tez, patogen turlarda (Verticillium)
sekin bo‘ladi.
30-rasm. Mitseliy va uning shakl o‘zgarishlari.
1 — bir hujayrali mitseliy; 2 — ko‘p hujayrali mitseliy;
3 — sporadan gifalarning rivojlanishi; 4 — rizoid va stolonlar; 5 —
rizomorflar; 6 — sklerotsiy; 7 — xlamidosporalar.
Koloniyaning morfologik xususiyatlarini o‘rganishda uning yuza
qismidagi chekka yuzasi, ustki yuzasi, Petri likopchasidagi oziqa


122
muhitining orqa tomonda hosil qilingan rangi, sporani hosil qilishiga
e’tibor beriladi. Ko‘pchilik zamburug‘larda konidiylar havo
mitseliysida hosil bo‘ladi. Zamburug‘ mitseliysining shoxlanishi dixo
tomik, monopodial va simodial bo‘lib, ularning holati
zamburug‘larni aniqlashda zarurdir. Zamburug‘ koloniyalari doimiy
qo‘zg‘atgichlarda suyuq ozuqa muhitida o‘stirilganda o‘ziga xos
yumaloq shariklar hosil qiladi. Bunday usulda ko‘paytirilgan F.
sporotrichiella zamburug‘ining 80 % mitseliy va mikrokonidiyalarni
hosil  qiladi.
Koloniya — zamburug‘ sporolidan o‘sib hosil bo‘lgan
mitseliyning ustki qismi hisoblanadi. Zamburug‘larning
morfologiyasini o‘rganishda koloniyasining o‘sish tezligi,
mitseliyning tarmoqlanish, shoxlanish xususiyati nazarda tutiladi.
Zamburug‘ koloniyasining morfologik, sistematik xususiyatlari
Chapeki yoki suslo agarli ozuqa muhitida o‘sish fazalari
quyidagilar:
1. Boshlang‘ich faza — sporaning o‘sishidan to dastlabki gifa
doirasini hosil qilgangacha bo‘lgan davr;
2. Chiziqli o‘sish fazasi;
3. Koloniyaning qarish fazasi yoki koloniyaning o‘sishdan
to‘xtash fazasi.
9.4. Mitseliylarning shakl o‘zgarishi
Zamburug‘lar hayotida mitseliyning shakl o‘zgarishi,
sharoitning o‘zgarishi, zamburug‘ning tinim davriga kirishi va
noqulay ekologik muhit ta’siri natijasida vujudga keladi.
Zamburug‘larda mitseliyning shakl o‘zgarishi xlomidosporalar,
rizomorflar, sklerotsiylar, approssorlar, gaustoriylar va halqalar
shaklida bo‘ladi.
Xlamidosporalar gifalarning yog‘, glikogen hisobiga
yo‘g‘onlashishi natijasida hosil bo‘ladi. Xlamidosporalar Fusarium
zamburug‘lariga noqulay ekologik sharoitga chidamlilik xususiyatini
ortirib, uning uzoq muddat davomida yashash xususiyatini beradi.
Ular mitseliyning, konidiyalarning shakl o‘zgarishidan hosil
bo‘ladi. Xlamidosporalarni hosil qilish Bazidiomitsitlar (qora
kuya), Deyteromitsetlar (Fusarium, Verticillium) va Oomitsetlar
sinfi vakillari uchun xosdir.
Sklerotsiylar — gifalarning shoxlanishi va to‘siqchalar hosil
qilishi bilan vujudga keladi. Ular noqulay sharoitga chidamli


123
bo‘lib, kasallangan o‘simlik to‘qimasida hosil bo‘ladi. Masalan,
V.albo-atrum, V.dahlia zamburug‘larining mikroskleratsiylari
20—30 kun o‘sgandan keyin hosil bo‘lib, noqulay sharoitda
uzoq muddat yashaydi. Sklerotsiylar o‘lchami va to‘siqlar
miqdori vaqt o‘tishi bilan ortib boradi. Yetilgan sklerotsiylar
namlikni kam saqlaydi,  tarkibi asosan li pid va   glikagendan
tuziladi. Uning qulay sharoitda o‘sishidan zamburug‘ mitsiliysi
hosil bo‘ladi.
9.5. Zamburug‘larning oziqlanishi
  Z a m b u r u g ‘ l a r   g e t e r o t r o f   u s u l d a   o z i q l a n u v c h i
mikroorganizmlar qatoriga kirib, o‘simlik, hayvonlar
tarkibidagi organik va mineral moddalar hisobiga oziqlanadi.
Zamburug‘lar hujayrasiga oziq moddalar gifalarning po‘stlog‘i
orqali osmatik bosim asosida shimiladi, gifalarning shimish
kuchi ta’sirida turli suvda erigan moddalar zamburug‘ hujayrasiga
qabul qilinadi.
Z a m b u r u g ‘ l a r n i n g   o z i q l a n i s h i d a   u l a r   h o s i l   q i l g a n
ekzofermentlar (substratga) va endofermentlar (hujayraga)
asosiy rol o‘ynaydi. Ekzofermentlar o‘simlik tarkibidagi
murakkab organik moddalarni oddiy glukozaga parchalaydi.
Endofermentlar — yuksak molekulali birikmalar — zamburug‘
hujayrasi tarkibiga kiradigan moddalarni hosil qilishga xizmat
qiladi.
Zamburug‘larning o‘sishi, rivojlanishi va ko‘payishi uchun turli
oziq moddalar zarur. Eng muhimi uglevodlar, azot, biologik aktiv
moddalar zamburug‘lar uchun asosiy hisoblanadi.
Zamburug‘larning oziqlanishi uchun zarur uglevodlarga: glukoza
yoki fruktoza; azotlarga: aminokislotalar, oqsil, peptonlar,
peptidlar; noorganik moddalardan: ammoniy, amiak, nitrat, nitrid
tuzlari kiradi. Mineral moddalardan: oltingugurt, fosfor, kaliy,
magniy, mikro elementlardan temir, mis, rux, bor, marganes,
molibden zarur.
 9.6. Zamburug‘larning ko‘payishi
Zamburug‘larning reproduktiv organi — spora tuzilishi va hosil
bo‘lishi biologik xususiyatiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Sporalar maxsus
meva tanalarda yoki mitseliyda hosil bo‘ladi. Zamburug‘larda sporalar


124
miqdori bir necha yuztadan, bir necha milliontagacha bo‘lishi
mumkin. Masalan, Phycomyces larning sporangiysida 70—80 ming
spora hosil bo‘ladi. Sporalar harakatdagi (zoosporalar), suzuvchi
sporalar va harakatsiz bo‘lishi mumkin. Ular suv, insonlar,
hayvonlar, hasharotlar va havo vositasida tarqaladi. Sporalar biologik
xususiyatiga ko‘ra tinim davriga kiruvchi va ko‘payishga xizmat qiluvchi
turlarga bo‘ladi.
Zamburug‘lar tabiatda quyidagi usullarda ko‘payadilar: vegetativ
ko‘payish, jinssiz ko‘payish, jinsiy usulda ko‘payish.
Vegetativ ko‘payish. Bunday usulda ko‘payuvchi zamburug‘lar
asosan mitseliy yoki gifalarning ma’lum bir qismining bo‘linishi
natijasida amalga oshadi. Ya’ni, mitseliy, konidiy, spora yoki ayrim
hujayraning kurtaklanishi natijasida ko‘payadi. Ona mitseliydan
ajralgan mitseliy qulay ekologik sharoitga tushib, yangi samotik
mitseliyning hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday usulda ko‘payish
ko‘pgina saprotrof zamburug‘lardan: Fusarium, Mucor, Aspergil-
lus, Penisillum kabilarda uchraydi. Achitqi zamburug‘larida
vegatativ ko‘payish kurtaklanuvchi mitseliy vositasida amalga
oshadi.
Bunda mitseliylar taraqqiyotining ma’lum bosqichida dumaloq
shaklga kirib, uning yuzasida o‘simta paydo bo‘ladi va muntazam
kattalashadi.
Vegetativ ko‘payishning o‘ziga xos yo‘li oidiiy va xlamidosporalar
hosil qilishdir. Oidiylar gifalarning parchalanishi natijasida hosil
bo‘ladi. Ular yupqa po‘st bilan qoplanib, ochiq xaltachali
zamburug‘lar hosil qiladi.
Xlamidosporalar mitseliy hujayralarining to‘plami qalin
jigarrangdagi po‘st bilan o‘ralishi natijasida hosil bo‘ladi. Xlami
dosporalar noqulay sharoitga chidamli bo‘lib, tuproqda uzoq muddat
saqlanadi. Xlamidosporalarining unishidan mitseliy yoki spora hosil
bo‘ladi.
Jinsiz ko‘payish — sporalar va zoosporalar vositasida amalga
oshadi. Ular — sporangiy yoki zoosporangiy ichida yetiladi.
Sporalar yaxshi rivojlangan mitseliyning o‘zgarishi natijasida hosil
bo‘ladi. Tuban zamburug‘larning  sporalari zoosporangiyda hosil
bo‘lib, unda bittadan yoki ikkitadan xivchin bo‘ladi. Zoosporalar
suvli muhitda uchraydigan va suvli muhitda ko‘payadigan
zamburug‘larda uchrab xivchinlar  vositasida sporalar harakat
qiladi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə