Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57

110
Virus infeksiyasidan urug‘lik va ko‘chatlarning kasallanmasligi
uchun ular termoterapiya usulida davolanishi lozim. Ko‘chat
tayyorlashda onalik o‘simliklarning uchki merestemalarini sog‘lom
qismidan tanlash ham muhimdir.
Virus kasalliklariga qarshi kurashda agrotexnik tadbirlar ham
muhimdir. O‘z vaqtida o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlar
o‘simliklarning o‘sish va rivojlanishini tezlashtiradi. Ayniqsa,
ekinlarni muddatida ekish, ekinlar urug‘ini talab darajasida
tayyorlash, o‘g‘itlarni me‘yorida qo‘llash kasallik zararining
kamayishiga olib keladi.
Viruslar keltirib chiqargan kasalliklarga qarshi kurashda
kimyoviy usul unchalik maqbul bo‘lmasa-da, u ma’lum miqdorda
iqtisodiy samaradorlikka olib keladi. Viruslar pestitsidlarga nisbatan
yuksak chidamlilikni namoyon qiladi. Chunki viruslar hujayra ichida
hayot kechirganligidan pestsitsidlar dastlab hujayralarga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
Virus kasalliklariga qarshi imanin, arenarin antibiotiklarini
qo‘llash pomidor va tamakining virus kasalliklariga chidamliligini
oshiradi.
 Savollar
O‘simliklarda virus kasalliklarini keltirib chiqaruvchi viruslarni o‘rganish
tarixini gapirib bering.
Fitopatogen viruslarning tuzilishi va o‘lchami qanday?
Fitopatogen viruslarning nomenklaturasi va klassifikatsiyasi haqida
nimalarni bilasiz?
Fitopatogen viruslarni aniqlash usullari qanday?
Virus kasalliklariga qarshi kurash choralari qanday amalga oshiriladi?


111
8-BOB. Fitopatogen bakteriyalar
Fitopatogen bakteriyalar suvda, havoda, tuproqda, yer qarida,
o‘simlik va hayvonlarda keng tarqalgan bo‘lib, ularning 400 dan
ortiq turi o‘simliklarni kasallantiradi. Qishloq xo‘jalik ekinlarida keng
tarqalgan bakterial kasalliklarga karam poyasining bakteriozi,
bodring bargining burchakli dog‘lanish, kartoshkaning qorason,
mevali daraxtlarning kuyishi, g‘o‘zaning gommoz kasalligi kabilar
kiradi.
Tabiatda ular keng tarqalgan bo‘lib, go‘ngning uchdan bir
qismida, tuproqning 1 g da 300—500 mlndan 2 mlrd gacha, 2 sm
3
sutda  bir million, shuncha hajmdagi suvda 400 mingta, tabiiy
o‘tloqzorlarda 1 m 
3
 havoda 100 ta hujayra, shahar havosi tarkibida
yoz faslida 10—25  ming dona, qishda 4,5 ming donani tashkil
qiladi.
Bakteriyalar gollandiyalik olim A. Levenguk tamonidan 1675-
yilda aniqlangan bo‘lib, ularning tabiatdagi rolini fransuz olimi
Lui Paster (1822—1895) achitish jarayonida va odamlarda  kasallik
keltirib chiqarishini aniqlagan.
O‘simliklarda bakterial kasalliklarning mavjudligi to‘g‘risida
dastlabki ma’lumotlar 19-asrda M.S. Voronin (1866)
tomonidan aytilgan. Barril T.Dj. (1839—1916) mevali
daraxtlarning bakterial kuyishi bakteriyalar tomonidan kelib
chiqishini isbotlagan. O‘simliklar bakterioz kasalligi to‘g‘risidagi
ta’limotning chuqurlashishida I. L. Serbinov, V.P. Izrailskiy,
M.V. Gorlenko, K.I. Beltyukova, A.L. Taxtadjanlar xizmati
cheksizdir.
Hozirgi zamon sistematik ta’limotlarga asosan bakteriyalar
yadroli organizmlargacha — Procariota guruhiga, Dunyo —
uvoqlilar  Muchota,  bo‘lim — Bacteria, sinf Eubacteria, tartib
Eubacteriales ga mansubdir.
Bakteriyalar bir hujayrali xlorofillsiz organizmlar bo‘lib, tayyor
organik moddalar hisobiga geterotrof oziqlanadi. Bakteriyalar orasida
haqiqiy parazitlar aniqlanmagan.


112
Qishloq xo‘jalik ekinlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar
tayoqcha shaklida bo‘lib, tanasining yuzasidagi xivchinlar
vositasida harakat qiladi. Xivchinlar hujayraning oxirgi ikki
uchida joylashadi. Fitopatogen bakteriyalarning o‘lchami, bo‘yiga
0,5—4,5 mkm, eniga 0,3—0,6 mkm ni tashkil qiladi.
Bakteriyalar shakli sharsimon—kokki, tayoqchasimon—
batsilla, vergulsimon—vibron va spiralsimon—spirilla turlariga
bo‘linadi. Bakteriyalar xivchinlari vositasida harakatlanadi (29-
rasm).
29-rasm.Tayoqchasimon bakteriyaning ko‘rinishi.
Bakteriyalar hujayrasidagi sitoplazma ko‘p qavatli po‘st bilan
o‘ralgan bo‘ladi. Ayrim bakteriyalar  hujayra po‘sti shilimshiq bilan
qoplangan bo‘lib, qulay sharoitda shishadi. Shilimshiq modda
bakteriya hujayralarini noqulay sharoitdan, qurib qolishidan, quyosh
nuridan himoya qiladi va patogenlik xususiyatini belgilaydi
(Pseudomonas, Xanthomonas).
Bakteriyalar hujayrasida haqiqiy yadro mavjud emas, u
sitoplazma tarkibida mayda donachalar tarzida uchraydi.
Bakteriyalar hujayra po‘stidagi osmotik bosim bilan oziqlanadi.
Parazitlik bilan hayot kechiruvchi bakteriyalar oqsil, qand
moddalarini hosil qiluvchi fermentlarga ega bo‘ladi. Bunday
fermentlar qatoriga hujayra po‘stini va pektin moddasini


113
parchalovchi protopektinaza, oqsilni parchalovchi proteaza,
kraxmalni parchalovchi amiloza, xlorofil donachalarini
parchalovchi xlorofillaza, o‘tkazuvchi naylarni qoraytiruvchi
tirozinoza kabilar kiradi.
Bakteriyalar o‘simlik to‘qimalariga zararlangan joylar va
ustitsalar vositasida kirib keladi. Ayrim bakteriyalar suv yo‘llari
(karam bakteriozi), po‘sloqdagi chechivichkalar orqali (meva raki)
kirib keladi.
O‘simliklarning bakteriyalar bilan kasallanishi, ekologik sharoit
va o‘simlik holatiga bog‘liq. Ayniqsa, namlik ortiqcha bo‘lgan
sharoitlarda o‘simliklarning kasallanish darajasi yuqori bo‘ladi.
Fitopatogen bakteriyalarning rivojlanishi uchun 20—25 
0
C harorat
normal hisoblanadi. Kasallanish 5—10 
0
C da boshlanib, 33—40
0
C
da tugaydi.
Ayrim fitopatogen bakteriyalar 40 
0
C da nobud bo‘ladi. Barcha
bakteriyalar sun’iy oziqa muhiti kislotali muhiti rh-7,0—8,0
bo‘lgan, kislorodli sharoitda yaxshi rivojlanadi.
8.1. Bakteriyalarning ko‘payishi
Bakteriyalar asosan ikkiga bo‘linib ko‘payadi. Bunda
hujayralar orasida ko‘ndalang to‘siq paydo bo‘lsa, ayrimlarida
kurtaklanib ko‘payadi. Bakteriyalar vegetatsiya davomida
kasallangan o‘simliklardan sog‘lom o‘simliklarga shamol, suv,
hasharot va insonlar vositasida taraqaladi. Ayrim o‘simliklarning
urug‘lari va ko‘chatlari ham infeksiyaning tarqalish manbai
hisoblanadi. Karam poyasi bakteriozi, bodring bargining
burchakli dog‘lanishi, pomidorning bakterial raki, kartoshkaning
halqali chirish kasalliklari, mevali daraxtlarning kuyish
kasalliklari qushlarning tumshuqlari va tirnoqlari vositasida
tarqaladi.
Fitopatogen bakteriyalar tuproqdagi o‘simlik qoldiqlarida uzoq
vaqt saqlanadi. Ularning patogenlik xususiyati saprofit
zamburug‘lar, bakteriyalar, aktinomitsetlar tomonidan barbod
qilinadi. Mevali daraxtlarning ildiz rakini qo‘zg‘atuvchilari tuproqda
bir necha yil hayot kechirishi mumkin. Ko‘pchilik bakteriyalar
qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘ining ichkarisida va tashqarisida hayot
kechiradi. Infeksiyaning birlamchi manbai ko‘chatlarda,
tuganaklarda, hasharotlarda saqlanadi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə