Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57

129
V sinf Bazidiomitsetlar — Basidiomycetes
VI sinf Deyteromitsetlar — Deuteromycetes
9.9. Xitridomitsetlar sinfi —
 Chytridiomucetes
Xitridiomitsetlar sinfi vakillari orasida o‘simliklarda kasallik
uyg‘otadigan turlar qatoriga kartoshkada rakni keltirib chiqaradigan
Synchytrium endobioticum Perc. turi keng tarqalgan.
Xitridiomitsetlarning vegetativ tanasi ko‘p yadroli plozodiy
bo‘lib, xo‘jayin o‘simlik hujayrasi ichida rivojlanadi. Noqulay
ekologik sharoit bo‘lganda plazmodiydan po‘stloq bilan
qoplagan zoosporangiy yoki sista hosil bo‘ladi. Sistalar nam
sharoitda o‘sib bittadan xivchinli harakatchan zoosporaga
aylanadi.
O‘simliklarning kasallanishi zoosporalarning bir-biri bilan
qo‘shilishi natijasida ro‘y beradi. Bitta zoospora bilan kasallanganda
hosil bo‘lgan plazmodiydan zoospora yoki yozgi sista hosil qiladi.
I k k i t a   z o o s p o r a n g i y n i n g   q o ‘ s h i l i s h i d a n   h o s i l   b o ‘ l g a n
plazmodiydan qalin po‘stli zoosporangiy yetilib, tinim davriga
kiradi. Xitridiomitsetlarning keltirib chiqaradigan kasalliklarining
xarakterli belgilari tuganaklarda hujayraning cheksiz bo‘linishi
tufayli hosil bo‘lgan shishlardir.
Xitridiomitsetlar keltirib chiqaradigan kasalliklarga qarshi
kurash choralari quyidagilardir: kasallikka chidamli navlarni
yetishtirish; kartoshka rakiga qarshi kurashda dastlab tuproqda
saqlangan sistaga qarshi kurashish kerak. Almashlab ekish
qoidalariga amal qilish va tuproqqa ohak solish asosida tuproq
strukturasini o‘zgartirish.
9.10. Oomitsetlar sinfi —
 Oomycetes
Oomitsetlar sinfi vakillari mitseliysi yaxshi rivojlangan,
shoxlangan, to‘siqchasiz mitseliy hosil qiladi. Hujayra po‘sti
sellulozali va glukagendan tashkil topgan bo‘lib, jinsiy ko‘payish
oogamiya usulida amalga oshadi. Natijada hosil bo‘lgan oospora
zamburug‘ning qishlashiga xizmat qiladi. Qulay sharoit bo‘lganda
oosporalar unib, 2 ta xivchinchali zoosporaga ega bo‘lgan
zoosporangiyga aylanadi. Bu zoosporalar vositasida  o‘simliklar
birlamchi kasallanadi.


130
Oomitsetlar sinfi vakillari 5 ta tartibga birlashib, ular orasida
ekinlarda kuchli kasalliklar keltirib chiqaruvchilariga
Perenosporalilar  tartibi kiradi.
Perenosporalilar tartibi — 
Peronosporales. Bu tartib pitieviylar,
peronosporalilar va albugoviylar oilalariga bo‘linadi.
Pitieviylar oilasi — 
Pythiaceae. Bu oila vakillari tabiatda keng
tarqalgan bo‘lib, namlik ko‘p bo‘lgan joylarda fakultativ
parazitlik bilan hayot kechirib, yaxshi rivojlanmagan o‘simliklarni
kasallantiradi. Tabiatda eng keng tarqalgan vakillari qatoriga
Pythium, Phytophthora turkumlari kiradi. Ular turli qishloq xo‘jalik
o‘simliklarida fitoftorioz (kartoshka, pomidorda) kasalligini
keltirib chiqaradi. Bu zamburug‘lar mitseliysining oxirida
zoosporalar hosil qilib, ular vositasida ko‘payish xususiyatiga
ega.
Kasallikka qarshi kurashish uchun kasallikka chidamli ekin
navlarini yaratish va ekish, ekinzorlarning fitosanitariya holatini
yaxshilash va kimyoviy kurash  choralarini qo‘llash kerak.
Peronosporalilar oilasi  —
 Peronosporaceal. Peronosporalilar
yoki soxta un shudring zamburug‘lari haqiqiy parazitlar bo‘lib,
quyidagi xarakterli xususiyatga ega.
1. Zamburug‘ mitseliysi o‘simlik ichida rivojlanadi. Hujayraga
mitseliyning maxsus so‘rg‘ichlari — gaustoriylar vositasida
o‘simliklarga yopishib, undagi zapas oziq moddalarni shimib
oladi.
2. O‘simlik qoplovchi to‘qimalari ustiga shoxlangan mitseliysi
yordamida chiqib, mitseliyning oxirida zoosporangiy yoki konidiya
bandlarini hosil qiladi. Ular to‘qimalar ustiga ustitsalar orqali
chiqib turadi.
3. Soxta un shudring zamburug‘larining vegetativ mitseliysi
dixotom  yoki monopodial shoxlanishga ega bo‘ladi.
4. Soxta un shudring kasalligining tashqi belgilari o‘simliklarning
yer usti organlari: poyasida, bargida va mevasining yuzasida paydo
bo‘ladi.
5. Kasallikning xarakterli belgisi — kasallangan o‘simlik
a’zosining yuzasini oq, qo‘rg‘oshinsimon kulrangdagi un
sepilganga o‘xshash dog‘ hosil qiladi. Bargning orqa tomonida
sarg‘ish, qizg‘ish dog‘lar paydo qiladi.
6.Soxta un shudring kasalligini qo‘zg‘atuvchi  zamburug‘lar
jinssiz sporalar — konidiylar va zoosporalar vositasida ko‘payadi.


131
7. Bu zamburug‘lar jinsiy jarayonda hosil bo‘lgan oosporalar
vositasida qishlaydi. Oosporalar o‘simlik qoldig‘ida, tuproqda 3—
4 yil davomida saqlanadi.
8. O‘simliklarning soxta un shudring zamburug‘i bilan kasallanishi
asosan ustitsalar  vositasida amalga oshadi.
Peronosporalar oilasi vakillari ikkita turkumga bo‘linadi:
Peronospora va Plasmopara.
Reronospora turkumiga mansub zamburug‘ turlariga dixotom
shoxlanishda konidiya bandlarini, konidiyaning o‘sishidan
mitseliyni hosil qilish xarakterlidir. Bu zamburug‘lar karam, piyoz,
lavlagi, tamaki soxta un shudring kasalligini keltirib chiqaradi.
Plasmopara turkumiga mansub zamburug‘lar tokda, kungaboqar
va xmelda mildyu kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Soxta un shudring kasalligiga qarshi kurashishni tashkil qilish
uchun ekin dalasidan o‘simlik qoldiqlarini yig‘ib olib tashlash,
almashlab ekish qoidalariga amal qilish, ko‘chatlarni tuproqqa
ekishdan oldin ildiziga fungitsidlar bilan ishlov berish tadbirlarini
qo‘llash kerak. Kasallikka qarshi o‘simlikni bordo suyuqligi bilan
bargiga ishlov berish, ekinzorlarning namligini pasaytirish
tadbirlarini qo‘llash kerak.
9.11. Zigomitsetlar sinfi — 
Zygomycetes
Vegetativ tanasi bir hujayrali mitseliydan tuzilgan, jinsiy
jarayoni zigogamiya yo‘li bilan zigospora hosil qilib ko‘payadigan
zamburug‘lardir. Bu sinf vakillarining jinsiz ko‘payishi harakatsiz
sporalar vositasida amalga oshiriladi.
Zigomitsetlar sinfiga Mucor, Rhizopus kabi turkumlarga mansub
saprotrof zamburug‘lar kiradi. Ular turli oziq-ovqat mahsulotlari
va sabzavot ekinlarining mog‘orlashiga sabab bo‘ladi.
9.12. Xaltachali zamburug‘lar — Askomitsetlar sinfi — 
Asco-
mycetes
Ularga 30 ming turdagi zamburug‘lar kiradi. Vakillari
yaxshi rivojlangan hujayralarga bo‘lingan  mitseliy hosil qiladi.
Jinsiy ko‘payish natijasida zigotadan askogen gifa va ulardan
xaltacha hosil bo‘ladi. Jinssiz ko‘payish konidiylar vositasida
amalga oshib, ular har xil shakldagi xaltachaning ichida
yetiladi.


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə