Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57

135
spora hosil qiladi. Sporalar hosil bo‘lgandan unishi yoki 7—8
yil davomida tuproqda saqlanishi mumkin.
Qulay sharoit bo‘lganda sporaning o‘sishidan bazidiya hosil
bo‘lib, undan bittadan baziodiosporalar yetiladi. Respublikamiz
sharoitida qorakuya kasalligi g‘alla ekinlariga katta iqtisodiy zarar
yetkazadi. Bu kasallik bilan kasallangan bug‘doy, arpa, begona
o‘tlardan ajriq va bag‘doyiqlarning hosildorligi keskin kamayib,
mahsulot sifati yomonlashadi.
Tartib  Zanglar -
 Uredinales.
Kasallik qo‘zg‘atuvchilari: Basidiomycetes — Bazidiomitsetlar
sinfi,  Uredinales — Zang zamburug‘lari tartibi Puccinia  —
Putsiniyalar turkumi Puccinia graminis Pers. f. tritici Eriks. Et
Henn.— bug‘doyning chiziqli zang turi.
Bu zamburug‘larga 7 ming turdagi vakillar kirib, ular ikki
xo‘jayinli — bug‘doy va zirkda tekinxo‘rlik bilan hayot
kechiruvchi parazitlardir. Ular bahorgi, yozgi, qishgi taraqqiyot
j a r a y o n i g a   e g a   b o ‘ l i b ,   s p e r m a t s i y l a r ,   e t s i d i o s p o r a l a r ,
urediniosporalar, teliosporalar, bazidiosporalar shaklidagi
sporalarni hosil qiladi.
Kasallangan o‘simliklarda yostiqchalarni hosil qiladi. Yozgi
yostiqchalar — uredosporalar bug‘doyning vegetatsiyasi
davomida bir necha nasl berib, bir hujayrali sariq, qizg‘ishsariq
yoki qizil rangda bo‘ladi.
Qishgi yostiqchalar o‘simlik poyasida, bargida, barg
qo‘ltig‘ida yoz faslining oxirida hosil bo‘lgan teliosporalar
zamburug‘ning qishda saqlanishi uchun xizmat qiladi.
Teliosporalar bahor faslida unib, to‘rttadan bazidiosporaga ega
bo‘lgan bazidiyaga aylanadi. Bazidiosporalar oraliq xo‘jayin —
zirkni kasallantirib, bargning yuza qismida spermatsiyali
spermogoniyni, bargning ostki yuzasida etsidiylar yetiladigan
etsiosporani hosil qiladi.
Zamburug‘ning meva tanalari o‘simlik epidermisi ostida
joylashgan di ploid mitseliydan hosil bo‘lgan teleytosporadan yetiladi.
Zamburug‘ning hayotiy sikli 5 ta bosqichda o‘tadi: bahorda — 0-
spermogoniy va I etsidiy bosqichi, yozda — II uredo bosqichi,
qishda — III teleyto bosqichi va nihoyat, IV-bazidiosporalardagi
bazidiyning hosil bo‘lishi.
Bir xo‘jayinli parazitlarga Melampspora Lini Desm — kanop
zangi misol bo‘ladi. Hayot jarayoni ikkita o‘simlikda o‘tadigan turlarga


136
Puccinia  graminis Pers misol bo‘lib, 0 va I bosqich qandim
o‘simligida, II, III, IV bosqichlar g‘alla donli ekinlar va begona
o‘tlarda o‘tadi.
Uredinales tartibi Pucciniaceae va Melampsporaceae  oilalariga
bo‘linadi.
Pucciniaceae  oilasi vakillarining telitosporalari bir hujayrali,
ikki va ko‘p hujayrali, oyoqchada joylashgan bo‘lib, g‘alladonli
ekinlarni kasallantiradi. Teleysporalar morfologik xususiyatiga ko‘ra
Uromyces, Puccinia, Gymnosporangium, Phagmidium  turkumlariga
bo‘linadi.
Melampsoraceae oilasi vakillari parazit bo‘lib paporatniklar,
nina barglilar va ikki uyli o‘simliklarni kasallantiradi. Bu oilaga
Melampsora, Cronartium, Coleosporium turkumlari kiradi.
9.14. Deyteromitsitlar yoki takomillashmagan zamburug‘lar
sinfi – 
Deuteromycetes
Bu zamburug‘lar ko‘p hujayrali mitseliyga ega bo‘lib, gaploid
bosqichidan keyin rivojlanadi. Jinssiz ko‘payish natijasida hosil
bo‘lgan konidiyalar vositasida tabiatda tarqaladi va tuproqda
saqlanadi. Takomillashmagan zamburug‘larning jinsiy ko‘payishi
xaltachali, bazidiyali yo‘l bilan bo‘lsa-da, ular tabiatda hayot
davomida kam kuzatiladigan jarayon hisoblanadi. Bu
zamburug‘larning ayrim vakillari spora hosil qilmasdan, faqat steril
mitseliy hisobiga ham ko‘payadi.
Takomillashmagan zamburug‘lar qishloq xo‘jalik ekinlarida
turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kasallangan
o‘simliklarda chirish, dog‘lanish, so‘lish belgilari namoyon
bo‘ladi.
Zamburug‘larning konidiyalari hosil bo‘lishi, tuzilishi va
o‘lchamiga ko‘ra har xil bo‘lib, ular tarqalishida, o‘simliklarni
kasallantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Konidiyalar hosil qilish
usuliga ko‘ra takomillashmagan zamburug‘lar quyidagi uchta
t a r t i b g a   b o ‘ l i n a d i :   g i f o m i t s e t l a r ,   m e l a n k o n l i l a r   v a
peknidiyalilar.
Gifomitsetlar tartibi - Hyphomycetales. Gifomitsetlarning
konidiya hosil bo‘lishi kasallantirilgan o‘simlik organlarining
tashqarisiga chiqqan mitselial stromada yoki mog‘orda hosil bo‘ladi.
Konidiya bandlari qisqa yoki uzun, oddiy yoki shoxlangan, bir


137
hujayrali,  ko‘p  hujayrali,  ovalsimon,  elli pissimon,  i psimon,
rangsiz yoki rangli bo‘ladi. Gifomitsetlar tabiatda, tuproqda, suvda,
havoda keng tarqalgan bo‘lib, turli qishloq xo‘jalik o‘simliklarida
kasalliklar  keltirib chiqaradi.
Botrytis turkumi vakillari shoxlangan konidiya bandlari hosil
qilib, konidiyasi bir hujayrali, dumaloq, konidiya  bandi oxirida
boshcha hosil qiladi. Botrytis  turkumi vakillaridan B. cinerea va B.allii
turlari karam, sabzi, uzum, qulupnayda qo‘ng‘ir chirish kasalligini
keltirib chiqaradi.
Verticillium turkumi vakillari mutovkasimon, shoxlangan,
konidiya bandlarini hosil qilib,  kopidiyasi bir  hujayrali,  elli pssimon,
rangsiz, keyinchalik jigarrangda bo‘ladi. Bu turkum vakillari 400
dan ortiq turdagi o‘simliklarda  so‘lish kasalligini  keltirib  chiqaradi
(6, 8).
Fusarium   turkumining tabiatda 29 ta tur, 27 ta tur xillari
mavjud bo‘lib,  konidiyalari elli pssimon,  o‘roqsimon,
limonsimon shakldagi makro va mikrokonidiyalar  hosil qiladi.
Konidiyalar  ko‘p hujayrali, rangsiz, 3 — 5 — 8 ta to‘siqchali
bo‘ladi. Bu turkum vakillari Respublikamiz sharoitida 57 ta turdagi
madaniy o‘simliklar va begona o‘tlarda fuzarioz kasalligini keltirib
chiqaradi.
Cladosporium  turkumi vakillarining konidiya bandlari kam
shoxlangan, rangli, to‘siqchali, konidiyalari bir hujayrali, bir
to‘siqchalidir. Cl. fulvum  pomidor bargida  qo‘ng‘ir  dog‘lanish,
Cl. cucumerinum bodring bargida qo‘ng‘ir dog‘lanish kasalligini
keltirib chiqaradi.
Alternaria   turkumi  vakillari  konidiya bandlari oddiy yoki
noto‘g‘ri shoxlangan bo‘lib, unda konidiyalar, bittadan yoki to‘p
bo‘lib joylashadi. Konidiyasining shakli to‘g‘nog‘ichsimon, teskari
to‘g‘nog‘ichsimon, tuxumsimon shaklda bo‘lib, ko‘ndalang
to‘siqchalar hosil qiladi. Alternaria  brassicae  karam urug‘ining
qora dog‘lanishi, A.radicina sabzining  qora chirish  kasalligini
keltirib chiqaradi.
 Savollar
Zamburug‘lar viruslar va bakteriyalardan nima bilan farq qiladi?
Mikologiya fanining rivojlanish tarixini aytib bering.
Zamburug‘larning tuzilishi qanday?
Zamburug‘larning protoplastining tuzilishi qanday?


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə