Entomologiya p65



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/57
tarix06.05.2018
ölçüsü3,01 Kb.
#42039
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57

125
Jinsiz ko‘payishning ikkinchi turi sporangiylar hosil
qilishdir. Sporangiylar mitseliyning ichida sharsimon xaltacha
shaklida hosil bo‘ladi. Sporangiy qalin po‘st bilan  qoplanib,
ichida sharsimon sporalar yetiladi. Bitta sporangiy ichida 10000
spora hosil bo‘lib, sporaning qulay sharoitda unishidan mitseliy
hosil bo‘ladi.
Ko‘pchilik  tuban  va yuksak  zamburug‘larning jinssiz ko‘payish
usuli konidiyalar hosil qilishdir (31-rasm).
31-rasm. 
Fusarium turkumiga mansub zamburug‘larning morfologik
elementlari.
a—mikrokonidiyalar; b—makrokonidiyalar; d—xlamidosporalar;
e—sklerotsiyalar; f—loje; g—makrokonidiyalarning hosil bo‘lishi;
h—pionnotlar.
Konidiyalar maxsus shoxlangan konidiya bandlarida hosil
bo‘ladi. Konidiyalarning shakli, o‘lchami, rangi va to‘siqchalar
soni turlichadir. Konidiyalar sporodoxiylarda, piknidiyalarda
hosil bo‘ladi. Konidiya bandlari bir-biri bilan birlashib,
koremiylarni hosil qiladi. Koremiylar to‘planib shilimshiq shaklida


126
bo‘ladi. Ularni gifomitsetlar va xaltachali zamburug‘lar hosil
qiladi.
Lojalar — yotiqcha shaklidagi mitseliylarning substrat ustida
hosil bo‘ladigan to‘plami bo‘lib, bunday morfologik shakl hosil
qilish Melankoninlilar uchun xosdir.
Piknidiylar sharsimon yoki noksimon shakldagi qalin po‘stli
sporalar yig‘indisi hisoblanadi. Piknidiylarda hosil bo‘lgan
konidiylar qisqa konidiya bandlarida hosil bo‘lib, piknidiyalar ichki
devorida joylashadi. Yetilgan piknidiyalarning ustitsasidan
shilimshiq modda bilan birga konidiyalar ajralib chiqadi.
Piknidiyalar hosil qilish piknidiyali zamburug‘larga xosdir.
Jinsiy ko‘payish. Bu usul turlicha bo‘lib, zamburug‘lar hosil
qilgan gametalarning bir-biricha qo‘shilishi natijasida amalga
oshadi. Zamburug‘larning turiga va yashash sharoitiga bog‘liq
ravishda jinsiy ko‘payishning uchta usuli mavjud. Eng oddiy
usul izogamiyadir. Bu usulda ko‘payadigan zamburug‘lar
ko‘payish uchun bir xil o‘lchamdagi, har xil jinsli gametalarni
paydo qilib, ularning qo‘shilishidan zigotani hosil qiladi (32-
rasm).
33-rasm.
 Xaltachali  zamburug‘larning
ko‘payish jarayoni.
1—otalik hujayra anteridiy; 2—onalik hujayra
arxikarp; 3—askogen gifalarning rivojlanishi;
4—xaltachalarning hosil bo‘lishi.
32-rasm. 
Zigogamiya.


127
Jinsiy ko‘payishning ikkinchi usuli zigogamiya hisoblanib, har
xil shakldagi va harakatdagi gametalar bir-biri bilan qo‘shilib
zigosporani hosil qiladi.
Jinsiy ko‘payishning oogamiya usulida zamburug‘ mitseliysida
tuzilishi va vazifasi har xil bo‘lgan anteridiy va oogoniy hosil
bo‘ladi. Anteridiyda hosil bo‘lgan spermatozoidlar, ooganiyda hosil
bo‘lgan tuxum hujayrasini otalantirib oosporani hosil qiladi.
Otalangan tuxum hujayrasidan hosil bo‘lgan sista, zigospora va
oosporalar noqulay sharoitda zamburug‘ turlarining saqlanishi
uchun xizmat qiladi, ular tashqi tomonidan qalin po‘st bilan
o‘ralgan bo‘lib, takomillashmagan zamburug‘larga xosdir.
Yuksak zamburug‘lardan (xaltachali, bazidiyali) jinsiy jarayon
xaltacha yoki bazidiy hosil qilish bilan tugallanadi.
Xaltachalar har xil shaklda bo‘lib, ichida 8 tadan sporali
xaltachalar joylashadi. Bazidiyalar to‘g‘nog‘ichsimon,
silindirsimon shaklda bo‘lib, uchki qismida 4 ta bozidiya spora
joylashadi.
Zamburug‘larda jinsiy ko‘payish jarayoni vegetativ ko‘payish
usuli tugagandan keyin, qishlab, qulay sharoit vujudga kelganda
ro‘y beradi.
Fitopatogen zamburug‘larda jinsiy ko‘payish vegetatsiya
davomida bir marta amalga oshadi. Bunda hosil bo‘lgan sporalar
o‘simliklarinng birlamchi infeksiya manbayi hisoblanadi. Ko‘pchilik
zamburug‘lar hayotiy sikli davomida jinsiy va jinssiz ko‘payish
jarayoni almashinib turadi. Deyteramitsetlar vakillari faqat jinsiz
usulda ko‘payadi. Xaltachali va bazidiyali zamburug‘lar esa faqat
jinsiy usulda ko‘payadi.
9.7. Zamburug‘larning hayoti va ixtisoslashuvi
Zamburug‘lar hayot kechirish usuliga ko‘ra saprotroflar va
parazitlarga bo‘linadi. Saprotrof zamburug‘lar o‘simlik va hayvon
qoldiqlari hamda tirik to‘qimalar hisobiga hayot kechiradi.
Saprotrof zamburug‘lar asosan tuproqda hayot kechirib, undagi
o‘simlik qoldiqlarini mineral moddalarga parchalaydi, tuproqda
gumus miqdorini orttirib, strukturasining yaxshilanishiga sabab
bo‘ladi. Ko‘pchilik saprotrof zamburug‘lar antibiotiklar, biologik
a k t i v   m o d d a l a r n i   s i n t e z   q i l a d i .   A y r i m   s a p r o t r o f l a r
o‘simliklarning mevasini, urug‘ini, oziq-ovqat mahsulotlarini,


128
yem-xashak, yog‘och va qog‘ozni parchalab, sifatining
buzilishiga olib keladi.
Fakultativ parazitlar — tabiatda saprofit usulda hayot kechirib,
noqulay sharoit paydo bo‘lganda o‘simliklarga o‘tib parazitlik bilan
hayot kechirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bunday zamburug‘lar,
ayniqsa, o‘simliklarning zaiflashgan qismini tez zaharlaydi. Masalan:
Fusarium, Verticillium turkimiga kiruvchi zamburug‘lar orasida
bunday turlar ko‘p uchraydi.
Haqiqiy parazitlar — tirik hujayralar hisobiga hayot kechiradi.
Haqiqiy parazitlarga un shudring, oidium, zang, qora kuya
zamburug‘lari misol bo‘la oladi. Haqiqiy parazitlar ma’lum tur
yoki oilaga mansub o‘simliklarni kasallantiradi. Ularning
ixtisoslashuviga qarab filogenetik (ma’lum oila, turkum, tur),
ontogeneziga moslashgan (ma’lum rivojlanish bosqichida),
orgopotropiya (o‘simlik a’zolari), gistotropiya (o‘simlik
to‘qimalariga) moslashgan turlariga bo‘linadi.
Zamburug‘lar xalq xo‘jaliging turli sohalarida keng foydalaniladi.
Ularning meva tanalari (qalpoqchalari) tarkibi fermentlar,
vitaminlarga boy bo‘lganligidan insonlar tomonidan iste’mol
qilinadi. Achituvchi zamburug‘lar non yopishda, vino, spirt
olishda foydalaniladi.
Biologik faol moddalarni hosil qiluvchi zamburug‘lar
meditsinada turli antibiotiklar olishda, fuzarium zamburug‘laridan
olingan gibberilin moddasi o‘simliklarning gullash va meva hosil
qilishini ko‘paytirish maqsadida foydalaniladi.
9.8. Zamburug‘lar sistematikasi
Ko‘pgina mualliflar zamburug‘larni o‘simliklar olamining
mustaqil bo‘limi — Mucota deb nomlaydi. Jumladan, Aleksopoulos
(Alexopoulas, 1964) zamburug‘lar bo‘limi Mucota ni ikkita kenja
bo‘lim — Myxomycota va Eumycota ga bo‘ladi. Bu kenja bo‘limlar
sinflarga bo‘linadi. Bu klassifikatsiyaga asosan tuban va yuksak
zamburug‘lar quyidagi sinflarga bo‘linadi:
Tuban zamburug‘lar
I sinf Xitridiomitsetlar — Chytridiomycetes
II sinf Oomitsetlar — Oomycetes
III sinf Zigomitsetlar — Zygomycetes
Yuksak zamburug‘lar
IV sinf Askomitsetlar — Ascomycetes


Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə