Erkin umarov mahmud abdullayev



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/99
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#183642
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Ma\'naviyat asoslari. Umarov E, Abdullayev M

Mahmudxo‘ja Behbudiy 
(1875—1919). Turkiston jadidchilik 
harakatining asoschilaridan biri M ahm udxo'ja Behbudiy Sam ar- 
qand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida ruhoniy oilasida tavallud 
topgan. Otasi B ehbudxo'ja Solixo'ja o ‘g‘li A hm ad Yassaviyning 
avlodlaridan b o ig a n .
1899 yilda Behbudiy haj safariga, 1903—1904 yillarda Rossi- 
yaga boradi. Behbudiy yangi m aktablar uchun darsliklar yozgan 
m a ’ rifatparvardir.
Asarlari: 
«Risolayi asbobi savod» (1904), «Risolayi ju g ‘rofiyaiy 
umroniy» (1905), «Risolayi jug'roflyai Rusiy» (1905), «Kitobat 
ul-atfol» (1908), «Amaliyoti islom» (1908), «Tarixi islom» (1909), 
«Padarkush» dram asi, «Xotiralar» (Yaqin Sharqqa sayohat yakun- 
lari), «Ishlarning yaxshisi — o'rtachasidir», «Ikki emas, to ‘rt til 
lozim» (maqola).


1913 yildan Behbudiy m atbuot sohasida keng faoliyat ko‘rsata 
boshlagan. «Samarqand» gazetasi, «Oyina» jurnalini cliiqargan.
M ahm udxo'ja Behbudiy milliy mustaqillik uchun kurashgan, shu 
yo'lda o ‘z jonini qurbon qilgan yirik jam oat arbobi, mutafakkiri, 
m a’rifatparvari sifatida xalqimiz tarixida munosib o ‘rin tutadi.
* * *
Munawarqori Abdurashidxonov 
(1878—1931). M unaw arqori 
A bdurashidxonov Toshkentda ziyoli oilada tu g ‘ilgan. Dastavval 
Toshkentdagi Yunusxon madrasasida, so'ng Buxoroda o ‘qigan. 90- 
yillarda u jadidchilik harakatida faol ishtirok etgan. 1901 yilda 
Toshkentda «Usuli jadid» maktabini ochgan. Bu maktablar uchun 
o ‘zi «Adibi aw al», «Adibi soniy» kabi alifbo va xrestomatiyalar, 
«Tavjid al-Q ur’on» («Qur’on qiroati»), «Yer yuzi» («Geografiya») 
singari qo'llanm alar tuzib nashr etgan.
M unaw arqori 1906 yildan chiqa boshlagan «Taraqqiy» gazetasi- 
ning asoschilaridan biri b o ‘lgan. 0 ‘sha yili M u n aw arq o ri o ‘zi 
«Xurshid» gazetasini chop eta boshlagan. U «Sadoyi Turkiston» 
(1914—15)ni nashr etishda katta tashabbus ko'rsatgan. 1917 yil 
m artida «Najot» gazetasini nashr qilib, ayni vaqtda «Kengash» 
jum aliga muharrirlik qilgan.
M unaw arqori yoshlaming chet elda o'qib kelishini yoqlagan, ja ­
hon madaniyati va m a’rifati boyliklaridan bahramand bo‘lish g'oyasini 
targ'ib qilgan.
* * *

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə