Erkin umarov mahmud abdullayev



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/99
tarix22.03.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#183642
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
Ma\'naviyat asoslari. Umarov E, Abdullayev M

Abdulla Avloniy 
(1878—1934). Abdulla Avloniy o ‘zbek milliy 
madaniyatining yirik namoyandasi, m a’rifatparvar shoir, dramaturg, 
jum alist, olim, davlat va jam oat arbobi. U Toshkentda tug‘ilgan. 
M aktabda, so'ng madrasada tahsil olgan, arab, fors, rus tillarini 
chuqur egallagan.
Avloniy jadidchilik harakatining faollaridan b o ‘lib, yangi usulda 
m ak tab lar och g an , ularda o ‘zi dars bergan, d arsliklar, o ‘quv 
qo'llanm alari yozgan. U «Taraqqiy», «Shuhrat» (1907), «Osiyo» 
(1908), «Turon» (1917) gazetalarini nashr etgan. Avloniy 1927 yili 
M ehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo'lgan. 1930—34 yillarda 0 ‘rta 
Osiyo davlat universitetida kafedrani boshqargan.
Asarlari: «Birinchi muallim» (1911), «Ikkinchi muallim» (o‘quv 
kitobi), «Turkiy Guliston yoxud axloq» (darslik, 1913), «Maktab 
gulistoni» (1916), «Mardikorlar ashulasi» (1917), «Sabzavor» taz-


kirasi (1914), «Hurriyat marshi» (1919) she’ri, «Afg‘on sayohati», 
«Advokatlik osonmi?» (1914) dramasi, «Pinak» (1915) komediyasi
«Biz va siz», «Ikki sevgi» (fojeiy asar).
1913 yilda Avloniy «Turkiston» teatr truppasini tuzgan, 0 ‘zbeki- 
storida zamonaviy teatr san’ati shakllanishiga katta hissa qo‘shgan.
. * *
*
Avaz 0 ‘tar 
(1884—1919). Avaz 0 ‘tar o ‘g‘li Xiva shahrida tug'il- 
gan. Yosh shoir o'zining ijodiy qobiliyati bilan tezda Xiva xoni Fe- 
ruz nazariga tushgan.
Avaz 0 ‘tar g‘oyat iste’dodli shoir b o ‘lib, adabiyotning deyarli 
barcha janrlarida asarlar yaratgan. Uning she’rlarida m a’rifatparvar- 
lik g‘oyalari o ‘z ifodasini topgan.
Asarlari: 
«Til», «Maktab», «Xalq», «Fidoyi xalqim», «Topar ekan 
qachon», «Hurriyat», «Sipohiylarga», «Ulamolarga» (kelajak haqidagi, 
ozodlik va baxtli hayot haqidagi qarashlari o ‘z ifodasini topgan), 
«Hurriyat» (1917), «Saodat ul-iqbol».
* * *
Fitrat 
(1884—1938). Abdurauf Fitrat Buxoroda tavallud topgan. 
F itrat — Abduraufning taxallusi b o ‘lib, «tug‘m a iste’dod» degan 
m a’noni bildiradi.
U Mirarab madrasasida tahsil olgan, fors va o‘zbek tillarini chuqur 
bilgan, arab tilini mukammal o'rgangan. U Turkiyaning Istambul 
shahrida o ‘z bilimini oshirgan. Yevropa fan-madaniyati yutuqlari bilan 
yaqindan tanishishi uning dunyoqarashiga chuqur ta ’sir etgan. U 
diniy aqidaparastlikka ko‘r-k o ‘rona taqlid qilishni keskin tanqid 
qilgan. Ayni vaqtda, maktab-maorifni va Turkistondagi boshqarish 
usulini isloh etish g'oyalarini ilgari surgan.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə