Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning asosiy kategoriyalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi



Yüklə 75,56 Kb.
səhifə25/26
tarix17.05.2023
ölçüsü75,56 Kb.
#110815
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
7-Mavzu. Estetika. (1)

Tayanch tushunchalar
Badiiy ijod - adabiyot va san’at fenomeni, ilhom bilan bog‘liq ma’naviy hodisalardan biri, estetik ijod shakli.
Garmoniya (yun. Harmonia - aloqa, uyg‘unlik) - ma’lum tizim elementlari, tarkibiy qismlari rivojlanishining muayyan davrida o‘zaro muvofiq, mutanosib, uzviy bog‘liqlik va aloqadorlik holatini anglatuvchi tushuncha.
San’at - ijtimoiy ong va inson faoliyatining o‘ziga xos shakli. San’at inson mehnati,aql idroki, shuuri bilan yaratilgan ijod mahsulotidir.
Ulug‘vorlik - tabiat, jamiyat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan man’naviy axloqiy tushuncha. Ulug‘vorlik belgisiga ega bo‘lgan barcha narsa va hodisalarga xos umumiylik me’yoriy barkamollikdir.
Fojialilik - voqelikning eng muhim, chuqur ziddiyat va to‘vnashuvlari hayot va o‘lim,ozodlik va mutelik, aql va tuyg‘u, qonun va burch shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda ifoda etuvchi falsafiy tushuncha.
Kulgililik haqidagi mavjud barcha nazariyalar kulgililikning predmetini obyektiv xususiyat sifatida yoki shaxsning subyektiv imkoniyatlari natijasi yohud subyekt va obyekt o‘zaro aloqadorligining natijasi sifatida ko‘rib chiqishadi.
Estetika - (yun.aistethikos - hissiy idrok, sezgi) 1) voqelikni hissiy ta’sirchan,emotsional o‘zlashtirish; 2) estetik faoliyat qonuniyatlari to‘hriidagi fan, nafosatlik.
Estetik did - voqea hodisalarning estetik sifatlarini idrok etish va baholash jarayonida olinadigan qoniqiy yoki qoniqmaslik tuyg‘usi, estetik mezon.
Estetik munosabat - subyekt bilan obyekt o‘rtasidagi o‘zaro harakat va o‘zaro ta’sirning maxsus turini anglatuvchi falsafiy tushuncha.
Estetik ong - olamni estetik anglash, dunyoga inson munosabatining subyektiv tomoni. U ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida axloqiy ong, siyosiy ong, huquqiy ong, diniy ong, falsafiy ong kabi ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda turadi. Estetik ong ma’naviy ruhiy voqea hodisalar bilan bir qatorda turadi.

Yüklə 75,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə