Etnomadaniyat


Millatlararo totuvlik g’oyasi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə140/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

Millatlararo totuvlik g’oyasi - umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Millat(lotin. natio — millat) til, ma’naviyat, milliy o’zlikni anglash ruxiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan xududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan, shuningdek, odatda o’z davlatiga ega bo’lgan hamda mustaqil subyekt sifatida o’ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni ifodalovchi kishilarning ijtimoiy barqaror birligi.


Jangob — Toshkent shahridagi hozirgi A. Qodiriy nomli madaniyat va istirohat bog`ining o`rni. To`g`risi, janggoh — «goh» toponim yasovchi affiks bo`lib, asl ma`nosi joy, o`rin, maydon demakdir; poytaxtimizdagi nomozgoh guzari — juma kunlari va hayitlarda jamoat bo`lib namoz o`qiladigan joy bo`lgan. Toshkent dahalari ana shu erda jang qilishgan, degan fikrlar mavjud, ammo bu joy faqat jang emas, xo`roz, qo`chqor urishtirib, hordiq chiqaradigan joy degan ta`riflar ham mavjud.
Darxonariq — Mo`g`ulcha «darhon» so`zidan tarkib topgan bo`lib, ma`nosi «majburiyatlardan to`la ozod qilingan» demakdir. Bunday nomlar ko`p uchraydi. Masalan, Samarqand viloyatining Ishtixon rayonida Boshdarxon, Jo`raboydarxon, Ozoddarxon, Naymandar-xon, Po`latdarxon, Qirqdarxon degan qishloqlar bor. Bu so`z o`zbek tilida «tarxon» shaklida ishlatiladi. Tarxon — xohlagan narsasini qila oladigan; harbiy xizmatdan butunlay ozod kishidir. Tarxonlar har qanday jinoyat qilsalar ham, to`qqiz nafargacha afv etilgan. Tarxonlik XV asrda ayniqsa avj olgan va feodallarga keng imtiyoz berishning bir vositasi hisoblangan. Temuriylar davlatida tarxonlar qo`lida yirik erlar va katta hokimiyat bo`lgan. Tarxonlik O`rta Osiyoda xdm saqlanib qolgan. Ba`zan ayrim kishilargina emas, balki butun bir shaxdr aholisiga tarxonlik huquqi berilgan.


Arpapoya so`zi aslida arpaning poyasi yoki arpa ekiladigan joy bo`lmasa kerak. H. Hasanov ma`lumotiga ko`ra, Aropa deganda o`rda chetidagi xandaq tushunilgan. Aropa asta-sekin Arpapoya bo`lib o`zgarib ketgan bo`lishi mumkin. Aropa (Arofa) «balandlik» ma`nosidagi «arfa» so`zining ko`pligi bo`lishi ham mumkin.


Anhor atamasi arabcha nahr (daryo, kanal) so`zining ko`pligi. Akademik YA. G`. G`ulomovning fikricha, Bo`zsuv kanali shahar ichkarisiga kirgan hozirgi Semashko nomli shifoxona yonida g`arbga — Kaykovus nomi bilan, janubga — Anhor nomi bilan ikkiga bo`linib ketgan. Har ikkala kanal milodning V — VI asrlari mobaynida qazilgan.


Eski jo`va — Toshkentdagi xon arkining chekkasida, eski harbiy aslahdlar saqlanadigan omborxona — jevaxona bo`lgan. Haqiqatan ham jeba (jiba) deganda sovut yoki umuman harbiy qurol-aslaha tushunilgan. Bu o`rinda yana shuni ham aytish kerakki, tarixiy manbalarda, xususan vaqf hujjatlarida jo`ba «bozor» ma`nosida uchraydi. CHunonchi, X asr yodgorligi Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida Buxoro bozorlaridan biri Jubai baqqolon, ya`ni Baqqollar bozori deb atalganligi qayd qilingan.


Chaqar deb shahar devorining tashqarisidagi qal`a istehkomga aytilgan. YAna shuni aytish kerakki, chahar degan Mo`g`ul urug`i bo`lgan, Mo`g`ulistonda chahar degan joy ham bor. Filologyya fanlari doktori S. D. Nominxonov O`zbekistonda CHaqar deb nomlangan qishloqlardan ettitasini sanab o`tadi va bu qishloqlar CHaqar degan urug` nomi bilan atalgan, deydi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə