Etnomadaniyat



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə137/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

Axborot manbalari:
  1. www. tdpu. uz


  2. www. Ziyonet. uz


  3. www. edu. uz


  4. www. ma’naviyat. uz


  5. www.bilim.uz.


  6. www. tdpu. uz




«Etnomadaniyat» fanidan tarqatma materiallar:
«Etnologiya» atamasi, yuqorida qayd qilinganidek, qadimgi yunoncha «etnos» (xalq, elat) va «logos» (so’z, ma'no) so’zlaridan tashkil topgan. Uning asl ma'nosi «xalqshunoslik» deb tarjima qili-nadi. Qadimgi davrlarda greklar «etnos» so’zini boshqa g’ayri xalq (elatlar)ga nisbatan ishlatganlar. Ayrim mamlakatlarda hozirgacha etnologiya atamasi bilan birga etnografiya, madaniy yoki sotsial antropologiya, xalqshunoslik nomlari ishlatiladi.


Etnomadaniyat atamasi ikki iboradan tashkil bo’lib: etno va madaniyat so’zlari qo’shilmasidir. Etno -yunon so’zi-elat, xalq demakdir va shu bilan birga, ma’lum bir elat yoki xalqqa bo’lgan ishora, ko’rsatuv. Bu ibora biror xalqning kelib chiqishi (etnogenez)ni ifodalaydi. Bunday tarzda biz o’zbek xalqining kelib chiqishi, uning etnogenezi (urug’chilik, nasl) ni tushunishimiz kerak.


Etnonimka iborasi ham ishlatilib leksikologiyaning xalq, qabila hamda urug’chilik nomlarini o’rganishga qaratilgan bo’limiga aytiladi.


Etnograf iborasini ham biz kundalik o’quv jarayonida qo’llaymiz va bu iborada biz etnografiya fani bo’yicha faoliyat ko’rsatadigan mutaxassisni tushunamiz.


ASHYOVIY MANBALAR. Ashyoviy manbalarga qadimgi odamlarning manzilgohlari, binolar, turli inshoatlar, mehnat qurollari va turli buyumlar kiradi. Ashyoviy manbalarni qidirib topish va o`rganish bilan asosan arxeologiya fani shug’ullanadi.


ETNOGRAFIK MANBALAR. Xalqlarning kelib chiqishi, turmush tarzi, ma`naviy xayotini, sodir bo`lgan va bo`layotgan etnik jarayonlarni o`zida aks ettirgan materiallar etnografik manbalar guruhiga kiradi. Bu manbalarni ko`makchi tarix fanlari - etnologiya fani o`rganadi. Etnografik manbalar ayrim xollarda uzoq o`tmishini qayta tiklashda g’oyat muhim rol' o`ynaydi. Masalan, XIX asrda amerikalik etnograf olim L. Morgan SHimoliy Amerikada yashagan xindularning irokezlar qaiblasi xayotini o`rganib, o`zining "Qadimgi jamiyat" nomli asarini yozdi. Uning bu asarini insoniyat tarixining ilk davri - ibtidoiy jamiyat tarixini tadqiq etishda yaqindan yordam berdi. Xozirgi kunda turli o`zbek urug’lariga mansub bo`lgan axoli guruhlarining jamlovi. Ularning etnik xususiyatlarini o`rganish tariximizning etnik saxifalarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə