Etnomadaniyat



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə138/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

FOL`KLOR MANBALAR. Xalq uzoq asrlar davomida o`zi ortirgan tarixiy bilimlarni og’zaki ijod orqali avloddan-avlodga etkazib keldi. Turli rivoyatlar, asotirlar, xalq dostonlari va maqollarda tarixning u yoki bu tomonlari o`z aksini topdi. Taniqli rus tarixchisi B. D. Grekov yozganidek, rivoyat va asotirlar - "Bu xalqning o`zi so`zlab bergan tarixidir". O`rta Osiyo eng qadimgi xalqlarining ogzaki ijodiyoti namunalari bizgacha "Avesto" kitobi orqali, shuningdek antik tarixchilar xamda Tabariy, Narshaxiy, Beruniy va boshqalar asarlari orqali etib keldi. O`rta Osiyoda istiqomat qilgan qadimgi qabila va elatlarning rivoyatu asotirlarlari ularning turmush tarzi va ma`naviy dunyosi xaqida ma`lumot beradi. Qadimgi ajdodlarimizning ajnabiy bosqinchilarga qarshi olib borgan kurashlari to`grisida hikoya qiladi. Bu rivoyat va ertaklarda malika To`maris, cho`pon SHiroq, baxodirlar Rustam va Siyovushlar obrazini yaratdi. Ularning Vatan ozodligi yo`lidagi fidokorona kurashlarini tarannum etdi. Xalq afsonalari Abulqosim Firdavsiyning mashhur "SHoxnoma" asarining syujetini tashkil etdi.


LINGVISTIK MANBA. O`zbek tili va boshqa tillarning leksik tarkibida mavjud bo`lgan va xozir xam mavjud atamalar va toponimlar (joy nomlari)ni tadqiq etish jarayonida qimmatli tarixiy materiallar qo`lga kiritilishi mumkin. Atamalar va topilmalarning kelib chiqishi va mazmunini aniqash bilan lingvistika (tilshunoslik) fani shug’ullanadi. Bunday ma`lumotlar lingvistik manbalar deb ataladi. Masalan, "Buxoro" toponimi sanskrit tilidagi "vixara" so`zining o`zgargan varianti bo`lib, "ibodatgoh" degan ma`noni bildirilishi aniqlangan. Qadimda Buxoro shahrida buddaviylarning ibodatxonasi mavjud bo`lganligi sababli keyinchalik bu so`z mazkur shaharga nisbatan ishlatila boshlagan. Shunga o`xshab "vag’nze", "dax'yu", "suyurg’ol", "tanxo" singari yuzlab atamalarning kelib chiqishini o`rganish qiziqarli tarixiy ma`lumotlar beradi.


FOTOKINOXUJJATLAR. Fotograf hamda kino san`ati paydo bo`lgandan so`ng tarixiy manbalarning yangi bir guruhi vujudga keldi. Bunday manbalar fotoxujjatlar deb ataladi. Toshkentdagi O`zbekiston Respublikasi Markaziy kinofotofonoxujjatlar Davlat arxivida XIX asrning oxiridan xozirgi kunga qadar bo`lgan muddatda o`lkamizda sodir bo`lgan voqealarni aks ettiruvchi boy fotoxujjatlar kollektsiyasi saqlanadi. Kinoxujjatlar esa asosan Oktyabr' to`ntarishidan keyingi davrni aks ettiradi. Fotokinoxujjatlarning muhim tomoni shundan iboratki, ular tariximizning turli laxzalarini jonli tarzda gavdalantiradi. Xujjatlarning bu guruhini o`rganish va ulardan foydalanish bizning tarixiy tasavvurimizni yana kengaytiradi va chuqurlashtiradi.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə