Etnomadaniyat



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə139/144
tarix17.12.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#150111
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144
Etnomadaniyat-fayllar.org

FONOXUJJATLAR. Fonoxujjatlar deganda biz grammafon plastinkalari hamda magnit tasmalarga yozib olingan nutqlar, suxbatlar, adabiyot va san`at asarlarini tushunamiz. O`zbekiston Markaziy kinofotofonoxujjatlar Davlat arxivida qator shunday xujjatlar saqlanmoqda. SSSR va O`zbekiston SSR davlat va jamoat arboblari, fan adabiyot va san`at namoyondalari, ishlab chiqarish ijodkorlarining nutq va interv'yulari, eski bol'sheviklar, grajdanlar urushi va ikkinchi jahon urushi faxriylarining esdaliklari alohida o`rin tutadi. Lekin bu xujjatlarning ko`pchiligi o`sha davrda hukmron bo`lgan komunistik mafkura ruxi bilan yo`g’irilganligini ta`kidlab o`tish zarur. Arxivda shoir va yozuvchilarning o`z asarlaridan o`qigan parchalari matni, san`at ustalarining kontsertlari ham yozib olingan. Fonoxujjatlar xam tarixning jonli manzaralarini yaratishga, adabiyot va san`at tarixini teran o`rganishda muhim o`rin tutadi.


YOZMA MANBALAR. Yozma manbalar tarixiy manbalarning muhim va asosiy qismi hisoblanadi. O`rta Osiyoda miloddan avvalgi 1 mingyillikda dastlab oromiy yozuvlari, so`ngra asoslangan so`g’d, xorazm va baqtriya yozuvlari tarq’aldi. Keyinchalik bu mintaqada yunon, kushon, turk va arab yozuvlari yoyildi. Qadimgi Fors, So`g’d, Xorazm, Qadimgi turk, fors-tojik, eski o`zbek, rus va boshqa tillarda bitilgan yozma manbalar ko`p asrlik tariximizni o`rganishda ulkan rol' o`ynaydi. Yozma manbalar q’oyalarga, taxta va matolarga, pergament qog’ozlarga yozilgan bitiklardan iborat. Yozma manbalar davrlar bo`yicha nixoyatda notekis bo`lingandir. Eng qadimgi davrlar bo`yicha yozma manbalar nixoyatda oz bo`lib, keyingi asrlarga oid manbalar esa tobora ko`payib boradi. Yozma manbalarning katta qismi son-sanoq’siz jangu jadallar va tabiiy ofatlar natijasida nobud bo`ldi.


Milliy ong – millatning mavjudligi uning tarixiy taraqqiyoti va istiqboli bilan bog’liq omil.U millatning shakllanishi, taraqqiy etishi va abadiyligini ta’minlaydi. Milliy ong millatning o’zi bilan birga shakllanib boradi. Uning boshqalardan farq qiluvchi, faqat o’ziga taalluqli bo’lgan manfaatlari va maqsadlari shakllanishi milliy ongni vujudga keltiradi.


Milliy g’urur – 1) shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o’z-o’zini anglash asosida shakllanadigan ajdodlari qoldirgan moddiy, ma’naviy merosdan, o’z xalqining jahon tsivilizatsiyasiga qo’shgan hissasi, o’zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro’-e’tiboridan faxrlanish hissini ifodalovchi tushuncha. “An’ana” – tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib o’tadigan, kishilar madaniy hayotiga ta’sir o’tkazadigan madaniy xodisadir. An’ana o’ziga xos ijtimoiy qoida tarzida kishilar onggiga singan (umum yoki ma’lum guruh tomonidan), qabul qilingan tartib va qoidalar majmuasi hisoblanadi.



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə