Evolutsiyaning boshlang'ich materiali evolyutsiya dalillari genetika va evalutsion talimot



Yüklə 31,99 Kb.
səhifə1/11
tarix21.06.2023
ölçüsü31,99 Kb.
#118336
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
GENETIKA VA EVALUTSION TALIMOT


GENETIKA VA EVALUTSION TALIMOT.
REJA:

  1. EVOLUTSIYANING BOSHLANG'ICH MATERIALI

  2. EVOLYUTSIYA DALILLARI

  3. GENETIKA VA EVALUTSION TALIMOT.

XX asrga kelib, irsiyat va o'zgaruvchanlik, bir va har xil turga kiruvchi organizm­lar orasidagi munosabatlar, tur strukturasi kabi masalalar atroflicha o'rganila boshlandi.
Genetika, ekologiya, molekulyar biologiya singari biologiyaning yangi sohaiari shakllandi. Mazkur fanlarning klassik darvinizm bilan qo'shilishi natijasida evolutsiyaning sintetik nazariyasi yaratildi.
Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:
1. Evolutsiyaning boshlang'ich materiali — mutatsion va kombinativ, rekombina-tiv o'zgaruvchanlik.
2. Evolutsiyaning boshlang'ich hodisasi — mutatsion jarayon.
3. Evolutsiyaning boshlang'ich birligi — populyatsiya.
4. Evolutsiyaning boshlang'ich omillari — populyatsiya to'lqini, genetiko-avto-matik jarayonlar, alohidalanish.
5. Har bir tur populyatsiyalardan tashkil topgan.
6. Tur — morfologik, biokimyoviy, ekologik, genetik jihatdan nisbatan farqlanuv-chi jinsiy jihatdan alohidalashgan organizmlardan iborat.
7. Turlar tarkibida kenja turlar, populyatsiyalar uchraydi.
8. Evolutsiya divergent, ya'ni bir ajdod turdan bir nechta yangi turlar kelib chiqishi, ayrim hollarda esa yagona ajdod turdan yagona yangi tur paydo bo'lishi mumkin.
9. Evolutsiya asta-sekin uzoq muddatli jarayon bo'lib, bunda turlarning kelib chi­qishi bir populyatsiyaning boshqa yangi populyatsiya bilan almashinishi bilan tavsiflanadigan evolutsion bosqich sanaladi.
10. Turning asosiy mezoni jinsiy alohidalanish ekanligi e'tiborga olinsa, mazkur mezonni jinsi yaxshi ifodalanmagan organizmlarga nisbatan tatbiq etib bo'lmaydi.
Mikroevolutsiya tur doirasidagi evolutsion jarayondir. Bu haqda so'z yuritilar ekan, awalo evolutsiyaning boshlang'ich birligi bo'lgan populyatsiyani yoritish joizdir.

Yüklə 31,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə