Evolutsiyaning boshlang'ich materiali evolyutsiya dalillari genetika va evalutsion talimot



Yüklə 31,99 Kb.
səhifə8/11
tarix21.06.2023
ölçüsü31,99 Kb.
#118336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
GENETIKA VA EVALUTSION TALIMOT

Gomologik organlar.
Bajaradigan funksiyasidan qat'iy nazar, tuzilishi va kelib chiqishi jihatidan bir-biriga o'xshash organlar gomologik organlar deb ata-ladi.
Masalan, umurtqali hayvonlarning quruqlikda, havoda, suvda tarqalgan vakillarida oldingi oyoq yurish, yer qazish. uchish, suzish vazifasini bajaradi. Lekin ularning ham-masi yelka, bilak, tirsak. kaftust, kaft va barmoq suyaklaridan iborat. Gomologik organlar o'simliklarda ham uchraydi. Chunonchi, no'xatning gajaklari, zirk va kaktus-ning tikanlari shakli o'zgargan bargdir (34-rasm).
Anologik organlar deyilganda, bajaradigan funksiyasi jihatidan o'xshash, ammo kelib chiqishi jihatdan liar xil organlar tushuniladi.
Kaktusning tikanlari barg, do'lananing tikanlari poya, atirgul va malinaning tikan-lari esa epidermis o'simtalarining o'zgarishidan hosil bo'lgan. Xuddi shuningdek boshoyoqii mollyuskalarning ko'zi bilan umurtqali hayvonlarning ko'zi ham analogik organlarga misoldir. (35-rasm). Chunki, boshoyoqii moilyuskalarda ko'z ektoderma qavatining cho'zilishidan, umurtqalilarda bosh miya yon o'simtasidan rivojlanadi.
Ayrim hollarda turli sistematik guruhlarga mansub organizmlarning ming yillar mobaynida bir xil sharoitga moslanishi tufayli ham evo-lutsion jarayon yuz beradi. Bu jarayon konvergensiya belgilarining o'xshashligi deb nomlanadi.
Konvergensiyaga misol tariqasida baliqlardan — akula, suv muhitida mezazoy erasida yashab so'ng qirilib bitgan sudralib yuruvchilardan — ixtiozavr, sutemizuvchi-lardan delfinning tashqi tuzilishi, harakatlanish organlari o'xshashligini olish mumkin. Sutemizuvchilar sinfiga kiruvchi xaltalilar va yo'ldoshlilar kenja sinf vakillari bo'lmish xaltali krot, oddiy krotning tashqi qiyofasi o'zaro o'xshashligi ham konvergensiya nati-jasidir (36-rasm).


Rudiment organlar va atavizm hodisasi.
Evolutsion jarayonda o'z ahamiyatini yo'qotgan va yo'q bo'lib ketish bosqichida turgan organlar rudiment organlar deb ataladi. Rudiment organlar qadimgi ajdodlarda normal rivojlangan va funksiya bajargan.
Keyingi evolutsion jarayonlarda ular o'zining biologik ahamiyatini yo'qotib, qoldiq shaklida saqlanib qolgan. Rudiment organlar o'simliklarda ham, hayvonlarda ham uchraydi. Masalan, marvaridgul, bug'doyiq, paporotnik va xona o'simliklaridan aspidistra ildiz poyasidagi qobiqlar rudiment holdagi barg hisoblanadi. Otning ikkinchi va to'r-tinchi barmoqlari. kitning dumg'aza suyaklari va oyoq suyaklari, pashshalarda bir juft kichik qanotchalari ham rudiment organlaridir. Organik olamning tarixiy rivojlanishini ata­vizm hodisasi ham tasdiqlaydi.
Atavizm deyilganda ayrim individlar ontogenezida ajdod belgilarining takrorlanish hodisasi tushuniladi.
Ahyon-ahyonda toychalarning zebrasi-mon bo'lib tug'ilishi, to'riq otning orqasida xira yo'l chiziqlari paydo bo'lish hollari bunga misoldir. Bular xonaki otning uzoq o'tmishdagi yowoyi ajdodlari zebrasimon yo'1-yo'l terili individlar bo'lganligidan dalolat beradi. Ba'zan sigirlarning yelinida uch-inchi juft emchaklari paydo bo'lishi mumkin. Bu hodisa sigirlar tarixiy jarayonda to'rt juft emchakli yovvoyi ajdoddan kelib chiqqanligini ko'rsatadi.



Yüklə 31,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə