F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


-jadval 0 ‘zbekiston faunasiga qiyosiy tavsif



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

5-jadval
0 ‘zbekiston faunasiga qiyosiy tavsif
Hayvon guruhlari
Turlar soni
Bir hujayrali hayvonlar
870
Yassi chuvalchanglar
300
To‘garak chuvalchanglar
930
Mollyuskalar
140
Bo‘g‘imoyoqlilar
11300
Baliqlar
84
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar
3
Sudralib yuruvchilar
60
Qushlar
462
Sutemizuvchilar
105
0 ‘zbekiston Respublikasining 2009-yilda chop etilgan Qizil kito- 
biga umurtqasiz hayvonlaming 77 turi, umurtqali hayvonlarlaming 
107 turi kiritilgan. Umurtqasizlaming 3 turi, umurtqalilaming 48 turi 
Tabiat va tabiiy resurslami muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI) 
ning Yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi turlar Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.
M a’lumki, bioxilma-xillik obyektlari inson hayotida qanday aha 
miyatga ega ekanligidan qat’i nazar, tabiiy jamoalar muvozanatini va 
tabiiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o ‘rin tutadi. Hozirgi vaqtda 
0
‘zbekistonda bioxilma-xillikni saqlashga qaratilgan keng qamrovli 
ishlar amalga oshirilmoqda.
145


О ‘simlik va hayvonot dunyosi hamda ular yashaydigan tabiiy 
muhitlami saqlab qolishda xalqaro hujjat sanalgan 1992-yilda Rio- 
de-Janeyroda qabul qilingan “Biologik xilma-xillik to ‘g ‘risida”gi 
Xalqaro Konvensiya alohida o‘rin tutadi. 0 ‘zbekiston o ‘zining barqa 
ror rivojlanishi uchun biologik xilma-xillikni muhofaza qilishning 
muhimligini e’tirof etgan holda, 1995-yilda “Biologik xilma-xillik 
to‘g ‘risida”gi Xalqaro Konvensiyaga qo‘shildi. “Biologik xilma- 
xillik to ‘g ‘risida”gi Konvensiyada uchta asosiy maqsad qayd etiladi: 
biologik xilma-xillikni saqlab qolish, uning komponentlariga ziyon 
yetkazmasdan foydalanish, olingan foydani odilona va teng huquqli 
lik asosida taqsimlash. “0 ‘zbekiston Respublikasida biologik xilma- 
xillikni saqlab qolish bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi 
to‘g ‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1998-yil 1 apreldagi №139 sonli Qarorida ham ushbu maqsadga 
hamohang ravishda respublikamizda biologik xilma-xillikni saqlab 
qolishda amalga oshirilishi lozim b o ig an quyidagi ustuvor vazifalar- 
ni bajarish belgilab berilgan: muhofaza qilinadigan hududlar tizimini 
yangidan tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish; bioxilma-xillik- 
ni muhofaza qilish va unga ziyon yetkazmasdan foydalanish ishida 
keng jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash va bu sohada targibot 
va tashviqot ishlarini olib borish; biologik resurslarga ziyon yetkaz­
masdan foydalanish mexanizmlarini rivojlantirish.
Mazkur Milliy strategiyaning yana bir muhim jihati muhofaza etila- 
digan tabiiy hududlarga alohida e’tibor qaratilganligi va bu sohadagi 
faoliyatni yanada jonlantirish, uning samaradorligini oshirishga qara 
tilgan qator vazifalar va uzoq yillar davomida shakllangan muammo- 
lami hal etishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilganligidir. 
Shunday vazifalar sirasiga muhofaza qilinadigan hududlami tashkil 
etish, qayta tashkil etish va bunday hududlarda faoliyat yuritishning 
iqtisodiy mexanizmlarini xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda 
olib borish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu o ‘rinda ta’kidlash lozimki, biologik xilma-xillikni saqlab qo­
lish va uni kelgusi avlodlarga bus-butunligicha yetkazishda xalqaro
146


amaliyotda keng joriy etilgan, maqsadi va maqomi bo‘yicha o ‘zaro 
farq qiluvchi muhofaza qilinadigan hududlar alohida ahamiyatga ega. 
Rasmiy maTumotlarga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda 1995-yilgacha muho­
faza qilinadigan hududlaming umumiy maydoni respublika umumiy 
maydonining 2%ini tashkil etgan. Yuqorida qayd etilgan Milliy strate- 
giya va Harakatlar rejasida ushbu maydonni yana kamida 5 barobarga 
ko‘paytirish, ya’ni 10% ga yetkazish asosiy vazifalardan biri sifatida 
belgilab berilgan edi. Ushbu yo‘nalishda olib borilgan chora-tadbirlar 
natijasida muhofaza qilinadigan maydonlar ko‘lami ayni paytda 5,2% 
ga o ‘sdi.
Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekistonda 8 ta davlat qo‘riqxonalari (Chotqol, 
Zomin, Nurota, Hisor, Kitob, Surxon, Zarafshon, Qizilqum), 2 ta mil­
liy tabiat bog‘lari (Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i, Zomin milliy 
tabiat bog‘i), 1 ta davlat biosfera rezervati (Quyi Amudaryo davlat 
biosfera rezervati), 12 ta buyurtmaxona, 7 ta davlat tabiat yodgor- 
liklari mavjud.
M a’lumki, 0 ‘zbekiston hududining asosiy qismini tekisliklar- 
cho‘llar egallaydi. Cho‘llarda shakllangan ekologik sharoit tirik or- 
ganizmlaming yashashi uchun bir qator noqulayliklarga ega. Shun 
day bo‘lishiga qaramasdan, tekisliklardagi tabiiy va sun’iy yo‘llar 
bilan shakllangan suv havzalari va ulaming atrofidagi ekologik muhit 
qator turlaming yashashi uchun qulayliklarga ega. Ekotizimlarining 
barqarorligi juda zaif bo‘lgan cho‘l mintaqasida amalga oshiriladi- 
gan har qanday bunyodkorlik faoliyati fauna tarkibida turlar sonining 
va zichligining kamayishiga, tur areallarining o‘zgarishiga va ba’zi 
antropogen ta’sirlarga chidamsiz turlaming bu yerlami tark etishiga 
olib keladi.
XX asming ikkinchi yarmidan boshlab, respublikamizda yangi ir- 
rigatsiya tizimlarining joriy etilishi, rentabelsiz sanaluvchi ekstensiv 
dehqonchilik va sanoatning rivojlanishi, neft, gaz va boshqa tabiiy 
resurslami qazib olishning bir necha barobar ortishi, aholi sonining 
oshishi, shaharsozlik ishlarining jadallashuvi va shu kabi boshqa qa­
tor o‘zgarishlar, tabiiyki, tirik organizmlarga o ‘z ta’sirini o‘tkaza bosh-
147


ladi. Bunday holat nafaqat quruqlik, balki suv havzalari ekotizimlari- 
da ham yaqqol namoyon bo‘la boshladi.
Endilikda bioxilma-xillikni saqlab qolishda, jumladan, hayvonot 
dunyosini muhofaza qilishda, sohada yig‘ilib borayotgan muammo- 
larni hal etishda faqat an’anaviy usullardan foydalanish, ya’ni turlami 
Qizil kitoblarga kiritish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydo 
nini kengaytirish bilan bir qatorda, quyidagi masalalarga ham alohida 
e’tibor qaratish lozim.
Ayniqsa, noyob va yo‘qolib ketish arafasida turgan hamda turli 
maqsadlarda foydalanish uchun ehtiyoj oshib borayotgan turlami 
maxsus pitomniklarda ko‘paytirish va tabiatga tarqatish dolzarb 
masalalardan biridir. Hayvonlami pitomniklarda ko‘paytirish orqali 
nafaqat ulaming tabiatdagi sonini saqlab qolish, balki hozirgi vaqt 
da keng ommalashib borayotgan hayvon ishqibozlarining talabini 
qondirish va shu orqali hayvonlami ovlash darajasini m aiu m dara 
jada kamaytirishga erishish mumkin.
2012
-yil 1 yanvar holatida, 0 ‘zbekistonda yovvoyi va dekorativ 
hayvonlami ko‘paytirish bo‘yicha rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan 30 ta 
pitomnik faoliyat yuritgan. Jumladan, “Zookompleks” mas’uliyati 
cheklangan jamiyat (MChJ) tutqunlikda toshbaqa va boshqa ayrim 
reptiliya turlarini ko‘paytirish va tayyorlash bilan shug‘ullansa, Bir- 
lashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda Buxoro va Navoiy vilo- 
yatlarida tashkil etilgan 2 ta MChJ yo‘rg‘a tuvaloqni ko‘paytirishga 
ixtisoslashgan. Xuddi shunday, Buxoro viloyatida faoliyat yuritayot- 
gan “Jayron” ekomarkazi ham turli noyob hayvonlami muhofaza qi­
lish va ko‘paytirish bilan shug‘ullanadi.
Har qanday tabiat obyektini muhofaza qilishda avvalambor uning 
biologik va ekologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish va shu asosda 
amaliy tadbirlami bajarish samarali natija beradi. Ayni paytda tabiat- 
ni muhofaza qilish sohasida faoliyat yurituvchi xodimlaming tizimli 
ravishda malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash masalasi dol 
zarbligicha qolmoqda. Ushbu sohada o‘simlik va hayvon turlarini an 
iqlash, ularga tegishli m a’lumotlami yig‘ish hamda umumlashtirish
148


bo‘yicha malakali sistematiklar, kadastr va monitoring ishlarini olib 
boruvchi yetuk mutaxassislar yetishmaydi va ularga ehtiyoj yuqori. 
Xuddi shunday, oliy ta’lim muassasalarida soha mutaxassislarini tay- 
yorlovchi yo‘nalishlami joriy etish ham muhim masalalardan biridir.
Mahalliy fauna tarkibiga bu hudud uchun yot bo‘lgan yangi turlar- 
ni iqlimlashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratish zarur. Biror 
bir hududga yangi hayvon turini iqlimlashtirishdan oldin uning ma 
halliy turlar bilan bo‘lishi mumkin bo‘lgan munosabatlarini oldindan 
aniqlash, ya’ni matematik modellashtirish va ekologik prognozlash 
metodlaridan keng foydalanish masalalari ayni paytga qadar to ‘g ‘ri 
yo‘lga qo‘yilmagan. Mahalliy turlar uzoq evolutsiya natijasida ma 
halliy sharoitga moslashgan bo‘lib, ular o‘zlari yashaydigan biotse 
nozdagi boshqa turlar bilan turli-tuman munosabatda bo‘ladi. Ular 
yashaydigan muhitga boshqa turlami iqlimlashtirish, ushbu uzoq 
yillar davomida shakllangan munosabatning buzilishiga va natijada 
“raqobat” tipidagi munosabatlar kuchayishiga sabab bo‘lishi mum­
kin. Buning oqibatida nisbatan “kuchsiz” turlar bundan ziyon chekadi.
Ilmiy asoslangan ma’lumotlar yetarli darajada bo‘lsagina, biologik 
xilma-xillik obyektlarini saqlab qolish mumkin. Bunday m a’lumotlar 
to‘g ‘ri tashkil etilgan kadastr va monitoring natijalari orqali olinadi. 
Tabiiy obyektlar kadastri va monitoringini yangi bosqichga ko‘tarish 
o‘ta dolzarb vazifalardan sanaladi. Ayni paytda ushbu masalada o ‘z 
yechimini kutayotgan bir qator muammolar mavjud. Davlat kadas 
trini yuritishni to‘g ‘ri tashkil etishda 0 ‘zbekiston Respublikasining 
“Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g ‘risida”gi Qonunining
14-moddasida hamda “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonunning
3-moddasida belgilab berilgan obyektning geografik joylashuvi, 
huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yan- 
gilanib turiladigan ma’lumotlar va hujjatlarga e’tibor qaratish zarur. 
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) davlat kadastri - ular- 
ning rejimini ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar o ‘tkazish, ishlab chiqarish 
kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirayotganda maz 
kur hududlami hisobga olish maqsadida yuritilishi lozim.
149


To‘g‘ri tashkil etilmagan kadastr natijalari qaysi turlar muho 
fazaga muhtojligi, qaysi turlami Qizil kitoblarga kiritish zamrligi 
yoki muayyan tumi ovlash uchun qancha miqdorda kvotalar be- 
rish kerakligi to‘g‘risida m aium ot bermaydi. Xuddi shunday sifat 
siz o ‘tkazilgan kadastr faoliyati hayvon turlarining tarqalish areali, 
m aiu m hududdagi hayvonlaming tur tarkibi, may don birligidagi 
soni, hayvonlar uchun oziqa boiadigan biomassaning miqdori va shu 
kabi boshqa dolzarb masalalami hal etishda qiyinchilik tug‘diradi.
Tabiat obyektlarini, shu jumladan, hayvonot dunyosini muhofaza 
qilish maqsadida tashkil etilgan METH ni to ia inventarizatsiya qi­
lish, ulami tashkil etishdan ko‘zda tutilgan maqsad va rejalashtiril- 
gan vazifalami qay darajada bajarayotganligini aniqlash, METHning 
faoliyatini baholash orqali ulaming reytingini belgilash hamda uni te 
gishli tartibda rag‘batlantirish kabi masalalami qonun hujjatlari asosi- 
da tartibga solish zarur. Bu esa, o‘z navbatida, 0 ‘zbekiston tabiatining 
bus-butunligini va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Sharqiy Osiyo yoki Himolay-Xitoy hududi. Mazkur zoogeografik 
region Osiyo materigining tropik bo im agan janubi-sharqiy qismini, 
ya’ni Primorye, Shimoliy va 0 ‘rta Xitoy, Koreya, Yaponiya (Xok- 
kaydo oroli bundan mustasno), Sharqiy Tibet va Himolayning janubi- 
sharqiy yonbag‘rini o ‘z ichiga oladi. Uning chegaralari hamma joyda 
ham, ayniqsa, shimol va janubi-sharqda aniq emas, g‘arbda esa aynan 
Katta Xingan tizmasi bo‘ylab o ‘tadi.
Iqlimi iliq, yog‘in miqdori yuqori va ayniqsa, yoz oylarida, okean 
ning yumshoq va nam ta’siri hamma joyda sezilib turadi. 0 ‘simlik 
qoplamining asosini bargli o‘rmonlar, janubda esa doimiy yashil 
o ‘rmonlar tashkil etadi. Hududning katta qismini to g ia r egallagan 
b o iib , iqlim va o ‘simliklaming taqsimlanishi vertikal zonallilik- 
ka bo‘ysunadi. Faunasi juda xilma-xil va bu holat uning geografik 
joylashuvi, y a’ni Janubi-sharqiy Osiyo tropiklari bilan chegara 
doshligi bilan belgilanadi. Ayrim joylarda Indo-Malay formalari bi 
lan aralashuv sezilarli darajada namoyon boiadi. Bu yerda Amerika 
gumhlarini ham uchratish mumkin. Martishkasimon maymunlar-
150


ning (ayiqsimon makak, yapon makaki) mavjudligi faunaga muayyan 
ekzotiklik baxsh etadi.
Ushbu hudud bug‘ulaming kelib chiqish markazi bo‘lganligi 
to‘g‘risida ko‘p qarashlar bor. Haqiqatda, bu yerda bug‘ulaming har 
xil guruhlari, ya’ni mayda bug‘ulardan tortib, suv bug‘ulari va yirik 
xoldor hamda oq tumshuqli bug‘ulargacha uchraydi. Uzoq o‘tmishda 
Shimoli-sharqiy Xitoyda juda ko‘p sonda uchrovchi yirik david yoki 
milu bug‘usi (Elaphurus davidianus) ayni vaqtda faqat tutqunlikda 
saqlanib qolgan. G‘arbiy Xitoy tog‘larida tuyoqlilardan asl echkilar 
kenja oilasi yashaydi (goral, serau, takin). Hasharotxo‘rlar orasida 
endemiklari ko‘p. Ularga gimnurlar oilasining turlarini misol qilish 
mumkin (Sichuan tog‘larida yashaydigan Xitoy gimnuri). Bundan 
tashqari, krotsimonlardan mogera avlodi vakillari uchraydi. Kemiruv- 
chilardan bir necha turdagi dumsiz sichqonlar, Janubiy Osiyo endemik 
dala sichqonlari va kalamushsimon olaxurjunlar tarqalgan. Yirtqichlar 
ko‘p va ular orasida keng tarqalgan bo‘ri va tulkilar bilan bir qatorda, 
yenotsimon it, qizil bo‘ri, ayiqlaming bir necha turlari (Himolay ayig‘i 
yoki qora ayiq-Ursus thibetanus) uchraydi. Yenotlarga yaqin bo‘lgan 
Amerikada tarqalgan Sharqiy Osiyo pandalari bu yerdagi o‘ziga xos 
turlardan sanaladi. Kichik pandaning (Ailurus fulgens) areali janubda 
hudud chegarasidan tashqariga chiqadi, ammo uning vatani Janubi- 
g‘arbiy Xitoydir. Panda tunda faol bo‘lib, kunduzlari daraxtlaming 
ustida uxlaydi. U bambukning novdalari, o‘tlar, mevalar, ba’zan qush 
laming tuxumi va jo ‘jalar bilan oziqlanadi. Katta panda (Ailuropoda 
melanoleuca) ayiq bolasiga o‘xshash bo‘lib, qisqa va yo‘g ‘on oyoqli 
og‘ir tanaga ega. Barmoqlari va tovonining ostki qismi bambukning 
silliq poyasini ushlab turishga moslashgan. Pandalar uzun dumining 
mavjudligi bilan ayiqlardan ajralib turadi. Bu yerda yo‘lbars, leopard, 
ilvirs (qor barsi), yirik suvsar va boshqalar uchraydi.
Omitofaunasi tarkibida turlar soni ko‘p bo‘lib, uning tarkibida 
qirg‘ovullaming bir necha avlodlari (tilla rang, olmos, qirol, shox- 
dor va monal qirg‘ovullari) uchraydi. Turli avlod va turlarga man­
sub qirg‘ovullar asosan Xitoyning tog‘ faunasiga tegishli. Tumalar
151


bu yerdagi qator rayonlarda muqaddas qush sanaladi. Yo‘qolib ketish 
arafasidagi turlardan qizil oyoqli ibis (Nipponia nippon), endemik 
laylaklar va chiroyli mandarinkalar uchraydi.
Reptiliyalar orasida Trionyx avlodiga mansub uch timoqli tosh- 
baqalar tarqalgan. Ulardan Xitoy trioniksi iste’mol qilinadi. Ilonlar- 
dan chipor ilonlar (qizil yelkali, yapon, ingichka dumli va amur chi­
por ilonlari) xilma-xil va keng tarqalgan. Qora ilonlaming bir necha 
turlari va sharq qalqontumshuq iloni ham bu hudud uchun xos. Kal 
takesaklardan ajoyib o‘rmon uzundumlilari uchraydi. Ulaming juda 
uzun dumi daraxt shoxlariga ilashishga va shu tarzda butun tunni 
o‘tkazishga xizmat qiladi. Gekkon va ssinklaming ham bir necha tur­
lari uchraydi. Amfibiyalar orasida dumlilar o ‘ziga xos b o iib , Xitoy, 
Koreya, Yaponiya va Primoryeda tarqalgan muguz timoqlarga ega 
timoqli tritonlaming ayrimlarida o‘pka yo‘q va nafas olish teri orqali 
sodir boiadi. Yaponiya va Sharqiy Xitoyning togiaridagi daryolarda 
uchrovchi ispolin salamandrasi (Megalobatrachus japonicus) hozirgi 
amfibiyalaming eng yirigi (160 sm) b o iib , ovqatga ishlatilishi sa­
babli juda kamayib ketgan. Qurbaqa va baqalar orasida endemiklari 
uchraydi. Chuchuk suv baliqlaridan gorchak, kaluga, Xitoy laqqasi, 
kasatkasimon laqqa, kumush rang karas, oq va qora amur, oq va qora 
lesh tarqalgan. Mayda turlarining ayrimlari chiroyli tusga va qiziq 
xatti-harakatga egaligi uchun akvariumlarda saqlanadi.
Bu yerda uchrovchi hasharotlar orasida endemiklar ko‘pchilikni 
tashkil etadi. Xitoy, Yaponiya va Primoryeda uchrovchi hasharotlar 
to iiq o‘rganilmagan boiishiga qaramay, turlaming 50% dan kam 
bo im agan qismini endemiklar tashkil etishi to‘g ‘risida m aium otlar 
bor.

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə