F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


Palearktika zoogeografik oblasti faunasini boshqa oblastlar



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

12. Palearktika zoogeografik oblasti faunasini boshqa oblastlar
faunasi bilan solishtiring va tahlil qiling.
5.4. Nearktika zoogeografik oblasti
Geografik o‘mi va tabiiy sharoiti. Nearktika oblastiga Shimoliy 
Amerikaning tropik shimolida joylashgan qismi, Tinch okeanidagi 
Aleut va Vankuver orollari, Atlantika okeanidagi Nyufaundlend, 
Grenlandiya hamda Bermud orollari kiradi. Oblastning janubiy 
chegarasi Neotropik oblastining shimoliy chegarasiga mos keladi 
(15-rasm).
153


15-rasm. 
Nearktika zoogeografik oblasti (Darlington, 1966).
Shimoliy Amerika relyefining shakllanishida Alyaskadan tortib 
to Panama bo‘ynigacha cho'ziluvchi Kordiler meridional tizmasi 
muhim o‘rin tutadi. Materikning shimoldan janubga tomon juda 
cho‘zilganligi sababli, Shimoliy Amerikada tropik iqlimdan tashqari 
iqlimning barcha tiplari kuzatiladi. Tinch okeani qirg‘oqlaridagi iqlim 
Atlantika qirg‘oqlariga qaraganda ancha yumshoq.
0
‘simliklar qoplamining turli darajada rivojlanganligiga ko‘ra, 
tundra, tayga, keng bargli o'rmonlar va preriyalar farq qilinadi. Sub 
tropik nina-keng bargli o‘rmonlar Tinch okeani qirg‘oqlari bo‘ylab 
cho‘zilgan. Subtropik cho‘llar Meksika tog‘lari va uning shimolida 
joylashgan rayonlami egallaydi. Bu hudud kaktuslar makoni hisobla 
nadi. 0 ‘simliklar qoplami inson faoliyati tufayli kuchli o‘zgargan. Ay 
niqsa, sharqda keng bargli o‘rmonlar va preriyalar kuchli o ‘zgarishga
154


uchragan. Inson ta’siridan xoli bo‘lgan tabiat komplekslari ko‘pincha 
AQSH va Kanadaning milliy bog‘larida saqlanib qolgan.
Faunasiga umumiy tavsif. Nearktika oblastining yashash uchun 
eng qulay bo‘lgan janubiy rayonlarida fauna va ayniqsa, umurtqalilar 
nisbatan xilma-xil. Shimoliy yo‘nalishda faunadagi turlar soni asta- 
sekin kamayib boradi (16-rasm).
Shimoliy Amerikada sutemizuvchilarning uchta endemik oilasi 
uchraydi. Xaltalilardan Amerika opossumi, o‘ziga xos hasharotxo‘rlar 
hamda kemiruvchilar turkumidan aplodontlar oilasiga mansub yago 
na tur tarqalgan.
Goferolar kemiruvchilarga oid endemik oila bo‘lib, subendemik 
turlardan tashkil topadi. Ulaming 40 ga yaqin turi bo‘lib, shundan bir 
tur Neotropik oblastiga kirib boradi. Burama shoxlilar oilasidan bir tur 
(Antilocapra) tarqalgan bo‘lib, u Shimoliy Amerikaning g‘arbidagi 
preriyalar uchun endemik sanaladi. Uning shoxi qovushshoxlilaming 
(jayron) shoxiga o ‘xshab suyak asosining ustida kiygizib qo‘yilgan 
g ‘ilofga o ‘xshaydi, ammo qovushshoxlilardan farq qilib, har yili ur- 
chishdan keyin shoxining g ‘ilofi tushib ketadi va qaytadan yangisi 
о ‘sib chiqadi.
Oblastda avlod darajasidagi endemiklar ancha ko‘p. Olma- 
xonlar endemik hisoblangan o‘tloq itlari, antilopasimon yumron 
qoziq va burunduksimon olmaxonlar kabi avlodlardan iborat. Yirt- 
qichlardan malla bo‘ri, kul rang tulki, Amerika bo‘rsig‘i va skunslar 
(badbo‘ylar) ham endemik sanaladi. Neotropik oblastdan Nearktika 
oblastiga xaltalilardan Amerika opossumi, qo‘lqanotlilardan bargsi 
mon burunlilar va vampirlar, Amerika jayralari, yenotlar va pekarlar 
o‘tib turadi.
Nearktika va Palearktika uchun umumiy hisoblangan hayvonlarga 
quyidagilar kiradi: krotlar, kojanlar (qo‘lqanotlilar), dumsiz sichqon- 
lar, tovushqonsimonlar, olmaxonlar, olaxurjinlar, dala sichqonlar oi- 
lalari, qunduz, bo‘ri, oq ayiq, qo‘ng‘ir ayiq, los, gornostay, asl bug‘u 
va boshqalar. Nearktikada tipratikanlar, kalamushlar va asl sichqonlar 
uchramaydi.
155


16-rasm. 

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə