F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


o ‘zining yashashi uchun qulay bo‘lgan arealning muayyan qismlari-



Yüklə 5,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/92
tarix19.12.2023
ölçüsü5,13 Mb.
#153334
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

o ‘zining yashashi uchun qulay bo‘lgan arealning muayyan qismlari-
nigina egallaydi. Masalan, kichik yumronqoziq Dneprdan boshlab
Oltoy tog‘oldigacha tarqalgan bo‘lib, bu chegara uning tarqalish
areali hisoblanadi. Ammo kichik yumronqoziq o ‘z areali doirasida
joylashgan aholi punktlari hamda o ‘rmonlarda uchramaydi va u faqat
o ‘zining yashashini ta’minlay oladigan qulayliklarga ega bo‘lgan joy
lardagina uchraydi. Arealning bunday qismlari yashash joylari deb
yuritiladi.
Odatda, tur areali ushbu turning kenja turlari areallari y ig ‘ indisidan,
avlod areali ushbu avlodga mansub turlaming, oila areali esa ushbu
oilaga mansub avlodlaming areallari y ig ‘indisidan tashkil topadi.
Xuddi shunday turkum, sinf va tip areallari ham o ‘zlarining tarkibiga
kimvchi sistematik guruhlaming areallari yig‘indisidan tashkil topadi.
0
‘troq yashovchi turlaming areallarini aniqlash qiyinchilik
tug‘dirmaydi. 
0
‘zlarining yashash joyini yil fasllariga qarab
o ‘zgartirib turadigan turlaming areallarini aniqlashning o ‘ziga xos
qiyinchiliklari mavjud. Bunday migratsiya qiluvchi yoki ко‘chib
yuruvchi turlaming areallarini aniqlash bo‘yicha ikki xil qarashlar
bor. Ulaming birinchisiga ko‘ra, turning yashash joyi va “kezib” yu-
radigan joyini farqlay olish lozim. Uzoq muddat davomida turning
ko‘payishi kuzatiladigan va populatsiyasining zichligini saqlab ke
layotgan joyi uning yashash hududi, ya’ni areali hisoblanadi. Tur
o ‘zining “kezib” yuradigan joyida ma’lum muddatda uchrab turadi,
ammo ko‘payishda ishtirok etmaydi. Masalan, qushlaming qishlash,
qo‘lqanotlilaming oziqlanish joylarini o ‘zgartirib turishi va boshqa
lar bunga misol bo‘la oladi. Areallami aniqlashga nisbatan ikkinchi

Yüklə 5,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə