Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

 
 
 
 


29 
2.2. Sodda gapning murakkablashuvi va uning tarkibiy qismlari 
Gap tarkibi undalma, ajratilgan bo„laklar, bo„laklarning uyushishi, kirish va 
kiritma vositalar yordamida murakkablashadi. Undalma, kirish va kiritmalar gap 
bo„laklari bilan mazmunan bog‟langan, lekin grammatik munosabatga kirishmagan 
hodisalar bo„lib, gaplarning umumiy sintaktik qurilishini o„zgartirishga qodir 
emas. Masalan, qaylardasan, sevikli erkam gapidagi undalma (sevikli erkam), 
Shavkat, so„zsiz, va‟dani uddalaydi gapidagi kirish so„z (so„zsiz), Tabibning 
ta‟biricha,bu dardga da‟vo yo„q emish gapidagi kirish birikma (tabibning 
ta‟biricha), Shoir (men uni ilgari ko„rmagan edim) rindona ijodkor sifatida 
taassurot qoldirdi gapidagi kiritma (men uni ilgari ko„rmagan edim) ana Shunday 
nosintaktik hodisadir.
Ajratilgan bo„laklar ajralmish bo„laklarning ma‟nosini muayyanlashtiruvchi 
vosita bo„lganligi bois, u o„ziga tegishli bo„lakni mazmunan to„ldiradi. Shu bilan 
birga, gap strukturasini kengaytiradi. Ajratilgan bo„laklar izohlanayotgan, 
to„ldirilayotgan bo„lak bilan birgalikda hokim uzvga tobelanadi:
1. a) U soyda, qo„sh yong‟oqning tagida, qorga ko„milib uzoq turdi - 
[ega+hol+hol+kesim].
b) U soyda qorga ko„milib uzoq turdi - [ega+hol+hol+kesim].
2. 
a) 
Oshpazning, 
Mamatqulovning, 
qo„li 
shirin 
ekan 

[aniqlovchi+ega+kesim].
b) Oshpazning qo„li shirin ekan -[aniqlovchi+ega+kesim].
Demak, ajratilgan bo„laklar garchi intonatsion alohidalikka, mustakillikka ega 
bo„lsa-da, izohlanmish, to„ldirilmish bilan bir butun holda gap strukturasidan o„rin 
oladi.
Navbatdagi murakkablashtiruvchi vosita uyushiq bo„laklar bo„lib, uyushgan 
barcha so„zlar gap strukturasidan bitta uzv sifatida o„rin oladi. Masalan, 
Serquyosh, hur o„lkam elga baxt-najot (Madhiya) gapidagi uyushgan ikkita 
aniqlovchi (serquyosh, hur) gap strukturasida bir a‟zo sifatida ishtirok etadi.


30 
Uyushgan bo„lak yopiq holatda bo„lsa, murakkablashish yanada kuchayadi. 
Ariq bo„yida loyga belanib o„ynayotgan bolalar, atrofda mudrab yotgan olapar, 
quyosh nurida jimir-jimir qilayotgan suv o„ziga xos sokin uyg‟unlik kasb etgan 
edi. Bu gapdagi bolalar, olapar, suv so„zlari aniqlovchilari bilan birgalikda yoyiq 
uyushiq bo„laklarni hosil qilib, yoyiq uyushgan qismli bir butunlik sifatida 
namoyon bo„lgan.
Gap aytilgan tajallilardan xoli qilinsa, nisbatan umumiy bo„lgan [ega+kesim], 
[ega+to„ldiruvchi+kesim],[ega+to„ldiruvchi+hol+kesim], [aniqlovchi+to„ldiruvchi 
+hol+kesim] kabi qoliplar qoladi. Lekin bu beshta gap bo„lagining, shuningdek, bu 
gap bo„lagining bittasi, goh ikkitasi yoki uchtasining va h. tushirilgan holdagi 
ko„rinishlari kombinatsiyasidan yuzdan ortiq qoliplar tuzish mumkin bo„ladi. 
Bizning oldimizda esa gapning nisbatan eng yuqori va umumiy qolipini tiklash 
vazifasi turibdi. Demak, keltirilgan gap qoliplaridagi farqlardan voz kechib, 
umumiyliklarni saqlash asosida qolipni tiklashning ikkinchi bosqichini amalga 
oshirishimiz lozim.
Qolipni tiklashning ikkinchi bosqichida yuqorida nosintaktik - gapning lisoniy 
qurilishiga ta‟sir etmaydigan tajallilardan xoli qilingan [ega + kesim], [ega + 
to„ldiruvchi + kesim], [ega + to„ldiruvchi + hol + kesim], [aniqlovchi + 
to„ldiruvchi + hol+ kesim] qoliplaridagi farqlar nazardan soqit qilinadi. Natijada 
yagona umumiylik sifatida kesim unsuri ajralib chiqadi. Kesim esa har doim 
mustaqil so„z va kesimlik shakllaridan iborat bo„lganligi bois uni shartli ravishda 
«atov birligi+kesimlik qo„shimchasi» yoki shartli belgisi bilan belgilaymiz. Sodda 
gaplarning eng umumiy belgisi bo„lib, u barcha sodda gaplarda voqelanadi. 
Boshqa gap bo„laklarining birortasi gapda bo„lmasligi mumkin, lekin kesimning 
bo„lmasligi mumkin emas. Lisoniy sathda bir necha oraliq ko„rinishlarga ham ega 
bo„ladi. 
Gap kesimini shakllantiruvchi vosita kesimlik kategoriyasi bo„lganligi sababli 
o„zbek nutqidagi gaplarning tarkibiy qismlarini Shu gap tarkibiga kiruvchi 


31 
so„zlarning va kesimlik kategoriyasi shakllarining valentligi belgilaydi. Demak, 
nutqiy gaplardagi ikki hodisani farqlash lozim:

gap markazini tashkil etuvchi so„zdagi kesimlik kategoriyasi shakllariga 
bog‟lanuvchi so„zlarni;

gapda ishtirok etayotgan ma‟lum bir so„zning ma‟noviy valentligini 
to„ldirayotgan so„zlarni.
Bulardan birinchisi 
gap kengaytiruvchisi bo„lsa, ikkinchisi so„z 
kengaytiruvchilaridir.

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə