Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


II bob. O‘zbek tilida sodda gaplarning substansial talqini



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

II bob. O‘zbek tilida sodda gaplarning substansial talqini 
2.1. Sodda gapning eng kichik qurilish qolipi sifatida 
Oʻzbek tilshunosligida sintaktik qurilishning sistem xususiyatlari boshqa sath 
hodisalariga nisbatan birmuncha keyinroq tadqiq etila boshlagan boʻlsa-da, bu 
borada sintaksisning asosiy birliklari boʻlgan soʻz birikmasi va gap qurilishiga doir 
jiddiy ishlar amalga oshirildi. Oʻzbek tili sintaktik qurilishining sistem tadqiqi va 
uning natijalarini tavsiflashdan avval fanimizda gap qurilishining formal talqini 
hamda uning oʻrni haqida fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
Oʻtgan asrning 20-yillarida oʻzbek tili grammatikasiga ilmiy tamal toshlari 
qoʻyila boshladi.Gap haqida Abdurauf Fitratning “Sintaksis”(“Nahv”) kitobida 
(1924-yilda chop etilgan) bir qancha ma‟lumotlar berildi va bu darslik 1925-1930-
yillarda uch marta nashr etildi. Bu kitobda gapga quyidagicha ta‟rif berilgan: ”Bir 
fikr, bir oʻy anglatuvchi soʻz qoʻshumi gapdir”. Shu davr talablariga mos ravishda 
vujudga kelgan Fitratning “Sintaksis” asari bilan bir qatorda N.Said, 
A.Yoʻldoshevlarning ”Grammatika”, H.Gʻoziyevning ”Oʻzbek tili grammatikasi” 
kitoblarini tilga olish oʻrinlidir. Ushbu darsliklarda sodda gap va qoʻshma gaplarni 
farqlashda koʻproq egaga tayanilgan.
Oʻz navbatida, bu ega va kesimni subekt va predikat bilan qorishtirib, tahlil 
qilishga olib keldi. Ahamiyatli tomoni shundaki, oʻsha davr sintaksisi uchun 
muhim boʻlgan gap, sodda gap, gap boʻlaklari, ega, kesim, ikkinchi darajali 
boʻlaklar kabi tushunchalar Yevropa tilshunosligidan kirib keldi. 1940-yilda esa 
A.Gʻulomovning ”Ўзбек тили грамматикаси” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu 
kitob pedagogika bilim yurti oʻquvchilari uchun sintaksisdan darslik boʻlib, unda 
sodda gap boshqa darsliklardagiga qaraganda kengroq yoritilgan edi. Darslikning 
ahamiyatli tomoni– unda sintaksisning nazariy tahlil usullari mukammal 
shakllanganligidadir. Quyidagi dalillar mazkur tahlil usullari haqida tasavvurni 
aniqlashtiradi:
1. Sodda gap ikki bosh boʻlakdan –ega va kesimning birikishidan iborat.


21 
2. Kesim ega haqidagi biror xabarni tasdiq yoki inkor formada ifodalashga 
xizmat qiladi. Bosh boʻlaklar ichida egaga mavqe beriladi. Kesim ega bilan shaxs-
sonda moslashadi.
3. Sodda va qoʻshma gaplarni aniqlashda egaga tayaniladi.
Tilshunos olima R.Sayfullayeva ta‟kidlaganidek, “Bosh boʻlaklarga bunday 
yondashish mantiqiy subekt va predikat munosabatini grammatik ega va kesim 
munosabati bilan qorishtirib yuborishga olib keladi”. Bu esa oʻzbek tilshunosligida 
gap qurilishi Yevropa tilshunosligida gap qurilishi haqidagi ilmiy qarashlar ta‟siri 
ostida shakllanganligidan va oʻzbek tili darsliklari ham rus tili darsliklari asosida 
tuzilganligidan darak beradi.
Rus tili darsliklari namunasi asosida tuzilgan qoʻllanmalar XX asrning 90-
yillarigacha amalda boʻldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan Yevropa 
tilshunosligi me‟yorlarida oʻzbek tilini oʻrganish ehtiyoji tilshunoslarimiz oldiga 
ona tili me‟yorlarini belgilash va ommalashtirish, “Ona tili ta‟lim mazmunini 
yangilash, oʻzbek tili grammatik qurilishini rus tili grammatik me‟yorlari chizmasi 
asosida baholash asoratidan qutqarish” kabi maqsadlarni qoʻydi. Oʻzbek 
tilshunosligining Hind-Yevropa tillari va tilshunosligi ta‟sirida rivojlanganligi 
oʻzbek tilininig sintaktik talqinida ham bir talay muammolarni keltirib chiqardi.
Tilshunos olima M.Abuzalova qayd etganidek, an‟anaviy oʻzbek tilshunosligi 
Moskva formal tilshunosligi tamoyillariga tayangan holda oʻzbek tili gap qurilishi 
talqinida rus tili ichki qurilishiga xos qonuniyatlarga ustuvorlik berib, tobelikning 
turkiy tillarga xos “Oʻngdan chapga” koʻrinishini e‟tibordan chetda qoldirdi. 
Oqibatda, boshqa gap boʻlaklari (“chapdan oʻngga”) kesimga va faqat kesim egaga 
(“oʻngdan chapga”) tobelanishi haqidagi mantiqiy-grammatik qonuniyat 
“hukmronligi” vujudga keldi. Bu esa gapni baholash markazida ega turishi 
haqidagi nazariyaga tayanishlarida koʻzga tashlanadi. Ushbu holat kesimning, 
xususan, gapning lisoniy mohiyati nazardan chetda qolishiga sabab boʻldi. 
Natijada, gapga lisoniy birlik sifatida qarash, unga mufassal ta‟rif berish, 
shuningdek, gapning ontologik tavsifini berish ham muammo boʻlib qoldi. Bu 


22 
masalalar bilan XX asrning 90-yillariga kelib, oʻzbek substansial tilshunosligi 
shugʻullandi.
Oʻzbek substansial tilshunosligining vakillari boʻlgan H.Ne‟matov, 
N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, M.Qurbonova, 
M.Abuzalova, S.Nazarovalar oʻz tadqiqotlarida oʻzbek tili sintaktik hodisalarida 
ham substansial va aksidensial jihatlarni farqladilar, gap va soʻz birikmalarining 
lison-nutq farqlanishi nuqtayi nazaridan izchil tavsifini berdilar hamda oʻz 
tadqiqotlarida soʻz birikmasi, sodda gap, qoʻshma gap, soʻz-gaplarning substansial 
mohiyati, lisoniy-sintaktik qoliplarini ishlab chiqishdi. Nomlari sanab oʻtilgan 
tilshunoslar gapning eng kichik qurilish qolipini lisoniy birlik sifatida qabul 
qilishdi.
Oʻzbek tilining sintaktik qurilishi oʻrganila boshlangandan soʻng tilshunoslar 
gapning faqat tashqi tomoniga emas, balki ichki tomoniga ham e‟tibor qarata 
boshladilar. Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan, ogʻzaki hamda yozma 
shakllarda voqelangan hodisalarni oʻrganishga diqqatini qaratdi va uning tahlil 
asosini aynan bevosita kuzatishda berilgan nutqiy sintaktik hodisalar tashkil etdi. 
Formal tilshunoslikda lison va nutq hodisalarini farqlamaslik, imkoniyat va 
voqelik, umumiylik va xususiylik kabi tushunchalarni chalkashtirish sintaktik 
hodisalarning substansial mohiyatini ochishga toʻsqinlik qildi. Shu asosda 
“An‟anaviy sintaksisda gapning bir va ikki tarkibliligi, asosan, sodda gap materiali 
asosida oʻrganiladi” hamda sodda gaplar yigʻiq va yoyiq turlarga boʻlinadi.
Oʻzbek tilshunosligi rus tilshunosligi zamirida rivojlanganligi, shuningdek, 
logik oqimning ta‟siri tufayli sodda gaplar qolipida tasvirlandi va talqin etildi. Gap 
haqida zamonaviy ta‟limot yaratgan zabardast olim A.Gʻulomov va uning 
izdoshlari oʻzbek tilida gap qurilishiga rus tilining grammatik qurilishiga xos 
me‟yor va qoidalar asosida yondashdilar. Buni olimning “Sintaksis asosida gap 
haqidagi ta‟limot yotadi” degan qarashi ham yaqqol tasdiqlaydi.
A.Gʻulomovning mazkur qarashi oʻzbek tilining substansial tabiatiga mos 
kelmas edi. Chunki “Gapning asosi va yadrosi ega va kesim” degan fikrlariga zid 


23 
oʻlaroq, “Gap tushunchasi kesim bilan zich bogʻlangandir” degan qarash ham 
mavjud. Jahon tilshunosligidagi sistemaviy oqim zaminida oʻzbek tilshunosligi 
ham shakllandi va taraqqiy etdi. Oʻzbek tilshunosligida tilga sistema sifatida 
yondashilib, lison va nutq hodisalari farqlandi hamda gapning til sathidagi eng 
kichik qolipi ishlab chiqildi.
Tilshunos M.Qurbonova yozganidek, “Nutqimizda berilgan va an‟anaviy 
sintaksisimizda atroflicha tahlil etilgan gap uning shakl va vazifa turlari til sathida 
ongimizda mavjud boʻlgan umumiylikning, gap eng kichik qolipining turli 
lugʻaviy qurshov va nutq sharoitlarida minglab muayyan shakllarda yuzaga 
chiqishida namoyon boʻlishi aniqlandi” .
Tilga sistemaviy yondashuvning negizi lison-nutq hodisalarini farqlash 
boʻlganligi sababli tadqiqotchilarning bir guruhi sistem sintaksis tahlilini izchil 
ravishda gapning til sathidagi eng kichik (minimal) qurilish qolipini ishlab 
chiqishdan boshladi. Negaki, yaxlit sintaktik talqinni ishlab chiqish uchun gap 
qolipi bosh mezon vazifasini oʻtaydi. Gapni oʻrganish uchun uning “joni”ni – “til 
sathidagi eng kichik qolip”ni belgilash zarur edi. 
Tilshunoslar sodda gapning til sathidagi mohiyatini belgilashda gap haqidagi 
sintaktik nazariyaning quyidagi talqiniga asoslanishdi:
1. Gapning eng kichik qurilish qolipi lisoniy birlik sifatida ongimizda mavjud 
umumiy birlik boʻlib, u nutqimizda fikrni lisoniy qonunlarga muvofiq tarzda 
shakllantiruvchi va voqelantiruvchi imkoniyatdir.
2. Gapning eng kichik qurilish qolipini belgilashda uning tashqi qurilishi, ichki 
qurilishi va mohiyati ajratildi.
3. Gapning eng kichik qurilish qolipidan oʻrin oladigan tarkibiy qismlarning 
mohiyatini belgilashda birikuvchanlik (valentlik), yaʻni lugʻaviy birliklarga xos 
ma‟noviy (semantik) va sintaktik, shuningdek, kesimlik shakllariga xos 
morfologik birikuvchanliklarga asoslanildi.
4. Oʻzbek tilida gapning eng kichik qurilish qolipini belgilashda Hind-Yevropa 
tillari bilan turkiy tillar orasida gap qurilishidagi asosiy tafovut diqqat markazida 


24 
turdi. Bu farq esa quyidagicha: Hind-Yevropa tillariga bir tarkibli gaplar umuman 
xos emas va gap qech qachon egasiz boʻla olmaydi. Turkiy tillar, xususan, oʻzbek 
tilida “Men xatni yozaman, sen xatni olib kelasan”gapi bilan “Xatni yozaman, olib 
kelasan” gapi orasida keskin farq yoʻq, ya‟ni oʻzbek tilida kesim shaxs-son 
jihatdan mukammal shakllangandir.
Yuqorida keltirilgan toʻrt asos inobatga olinib, sodda gapning eng kichik 
qurilish qolipi sifatida belgilangan. Gapning lisoniy-sintaktik mohiyatini 
umumlashtiruvchi til sathidagi eng kichik qurilish qolipi tilshunos M.Abuzalova 
tomonidan aniqlangan. Sodda gapning til sathidagi eng kichik qurilish qolipi 
M.Abuzalovaning “Oʻzbek tilida sodda gapning eng kichik qurilish qolipi va uning 
nutqda voqelanishi” mavzuyidagi ilmiy ishida maxsus tadqiqot manbayi boʻldi.
Bunda kesimning, gap kesimining atash, lugʻaviy ma‟no bildirishga xizmat 
qiladigan qismi boʻlib, mustaqil soʻz turkumiga oid boʻlgan, yaʻni kesim vazifasida 
kela oladigan soʻzga, soʻz birikmasiga, kengaytirilgan birikmalar (sifatdosh, 
ravishdosh, harakat nomlari oborotlari)ga teng kelishi mumkin. Boshqacha qilib 
aytganda, lisoniy qolipdagi imkoniyat boʻlib, nutqda atov birligi vazifasini oʻtay 
oladigan va shu nutqning istagan bir birligi (soʻz, soʻz birikmasi va hatto gap) 
shaklida voqelanishi mumkin. Atov birligini gap qolipi shakliga keltiruvchi 
vositalar majmuasining ramzi boʻlib, u nutqda kesimlik kategoriyasi 
koʻrsatgichlari shaklida reallashadi.
Demak, M.Abuzalova ta‟kidlaganidek, “til bosqichida gap atov birliklarining 
kesimlik kategoriyasi koʻrsatgichlari bilan shakllangan koʻrinishidir. Bu esa 
tengdir”. Gapni bunday ta‟riflash Yevropa tilshunosligi va unga hamohang 
ravishda A.Gʻulomov tomonidan oʻzbek tilshunosligida ishlab chiqilgan gapning 
mohiyati “ega+kesim” munosabatidagi butunlikdadir, degan ta‟limotini turkiy 
tillarning ichki xususiyati – kesimning hamisha toʻliq shakllanganligi sabali gap 
egasining shaxsi va soni aniqligi asosida toʻldiradi.
Ega gapning eng kichik qurilish qolipi tarkibiga kirmaydi va gap qurilishida 
alohida mavqega molikdir. Hind-Yevropa tillaridan farqli oʻlaroq, turkiy, xususan, 


25 
oʻzbek tilida kesim grammatik eganing shaxs va sonini doimo aniq koʻrsatib 
keladi.
Koʻrinib turibdiki, oʻzbek tilida kesim oʻz shakli bilan harakat(belgi)ning qaysi 
shaxs ba songa mansubligini ifodalab turibdi. Bu esa oʻz navbatida ega 
mavqeyining gap tarkibida pasayishiga, koʻp hollarda yoʻqolishiga olib keladi. 
Negaki, kesimning morfologik tarkibi ega haqida toʻliq ma‟lumot beradi. Shuning 
uchun gapning lisoniy bosqich, ya‟ni zaruriyat, majburiyat, imkoniyat va 
umumiylik bosqichidagi qolipi tarkibida ega oʻrin ololmaydi. Buni tilshunos olima 
M.Abuzalova quyidagicha izohlaydi: “Ega gap tarkibida moddiy shaklda 
ifodalanishi ham mumkin, ifodalanmagan boʻlib, kesim tarkibidan anglashilib 
turishi ham, shuningdek, gap tarkibida boʻlmasligi va boʻlolmasligi ham mumkin. 
Ammo eganing gapdagi mavqeyini aniqlovchi, toʻldiruvchi, hol bilan tenglashtirib 
boʻlmaydi.
Kesim markaziy boʻlak boʻlsa, ega birinchi darajali boʻlakdir”. Zero, qolipining 
qismida tasdiq-inkor, mayl, zamon va shular bilan birga, shaxs-son ma‟nosi borki, 
gapning egasi keyingi grammatik ma‟noni aniqlab, ochib keladi.Aynan shu 
ma‟nosi asosida gaplarda ega tiklanishi yoxud tiklanmasligi mumkin. 
Gaplarda ega tiklanishi yoxud tiklanmasligining sababi toʻgʻrisida koʻplab 
tilshunoslar umumiy qarash ostida birlashadilar: oʻzbek tilshunosligida boshqa 
turkiy tillarda boʻlgani kabi shaxs-son kategoriyasi mustahkam oʻringa ega boʻlib, 
u bilan shakllangan kesim, harakat(holat, belgi)ning qaysi shaxs-songa oidligiga 
ishora qilib turadi, bu esa gap tarkibida ega mavqeyining pasayishiga, koʻp 
hollarda uning tushib ketishiga olib keladi. Demak, oʻzbek tilida zarurat boʻlmasa, 
ega tushurib qoldiriladi va kesimning oʻzi gapni tashkil etadi. Qiyoslang:

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə