Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

predikativlik va 
intonatsiyadir.
Bu belgilar gap tushunchasining asoslaridan boʻlib, gapni 
shakllantirishning vositalaridir. Gap bu vositalarsiz boʻlmaydi: u grammatik va 
intonatsion shakllangan boʻlishi shart.
Gap fikrni ifodalaydi, ma‟lum maqsadni bayon qiladi. Bu hodisa shu gapdagi 
fikrning voqelikka, real holatga munosabati, soʻzlovchining shu jihatdan subyektiv 
munosabati – modallik (reallik, gumon, taxmin, istak kabilar) bilan, zamon va 
shaxs bilan bogʻlanadi. Misol uchun, Biz planni bajardik gapini olaylik. Bu misol 


10 
shu gapdan anglashilgan fikrning voqelikka mos kelishini ifodalaydi. – soʻzlovchi 
bu faktni real deb biladi (modallik), bu natrsa zamon (yuqoridagi misolda: oʻtgan 
zamon) va shaxs (birinchi shaxs) kategoriyalarini ham oʻz ichiga olgan. Ertaga, 
balki, yomgʻir yogʻar misolida hodisa taxmin tusida bayon qilingan, bundagi 
zamon va shaxs ham avvalgidan boshqacha. Demak, predikativlik modallik, zamon 
va shaxs-son kategoriyalari bilan bogʻliq, shularni oʻz ichiga oladi.
Gapni so„z, so„z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik 
ko„rsatgich - kesimlik qo„shimchalari bilan shakllanganligidir. Zero, eng «kichik» 
gap morfologik shakllangan atov birligidir. Misollar: O„qituvchiman. Ishladim. Bu 
«kichik» gaplar atov birligi (o„qituvchi, ishla) dan mahrum etilsa, bu o„z holicha 
hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl - (-dim) qoladi. So„z 
birikmasida Shu hol yuz beradi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan 
ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklaridan farqlanmay qoladi.
Demak, kesimlik shakli bamisoli qaratqich va tushum kelishiklari ravishdagi 
qo„shimchalari kabi gapda asosiy sintaktik vazifa - kesimni shakllantirishga 
ixtisoslashgan shakldir. Vositasiz to„ldiruvchi vazifasidagina kelish tushum 
kelishigi shakli uchun qanchalik qat‟iy va xususiy bo„lsa, «kelay», 
«oʻqituvchiman» kabi nutqiy birliklaridagi morfologik shakllar uchun kesimni 
shakllantirish Shunchalik qat‟iy va xususiydir.
Kesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi uning bir necha ichki 
kategoriyalarning qorishishidan hosil bo„ladigan murakkab tabiatga egaligidir. 
Aniqrog‟i, kesimlik kategoriyasi kesim vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi - 
shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iboratdir. O„qidim 
gapida kesimlik shakli maxsus ko„rsatgichlarga ega bo„lsa, Bu yer shahar gapida u 
nol shakllidir. Zero, bu gapda ham III shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli 
ma‟nolari anglashilib turibdi.
Morfologik shakllardan faqat aloqa-munosabat (sintaktik) shakllargina gap 
qurilishiga daxldor bo„lib, ulardan faqat kesimlik kategoriyasi gap mohiyatiga 
tegishlidir. Chunki, kesimlik kategoriyasiz gap shakllanishi mumkin emas. Gap 


11 
mohiyati «atov birligi kesimlik qo„shimchalari» tarzidadir. Aloqa-munosabatning 
boshqa shakllari (kelishik, egalik) esa gap tarkibidagi so„zlarni bog‟lash uchungina 
xizmat qilib, SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi.
Nutqiy gapning muhim belgilaridan biri uning tugallangan ohangga ega 
bo„lishidir. Gapning fikriy va sintaktik tugalligi ohang jihatidan ham tugallik va 
yaxlitlikni taqozo qiladi: tugallangan ohang fikrning va sintaktik qurilishning 
tugalligini bildirib turadi. Zero, gap va gap bo„lmagan nutqiy hodisa (so„z, SB) 
larning muhim farqlaridan biri ham tugal bo„lmagan ohangga ega bo„lishidir. 
Masalan:
1. Kelgan o„quvchi.
2. Kelgan-o„quvchi. Bu nutqiy hodisalarning birinchisida ohang ko„tariluvchi, 
ikkinchisida esa tuShuvchidir.
Ko„rinadiki, birinchi hosila aniqlovchi-aniqlanmish tipidagi birikma bo„lib, u 
fikr anglatmaydi va bu uning tugal bo„lmagan ohang bilan aytilishini talab qiladi. 
Ikkinchi hosila (kelgan bola) ham tarkibi jihatdan oldingi hosilaga o„xshaydi, lekin 
tarkibida kesimlik shakli va ma‟nosi borligi uchun tugal ohang bilan aytiladi. Shu 
boisdan birinchi qurilma ochiq, yakunlanmagan, ikkinchisi yopiq va 
tugallangandir. Bir so„zning o„zi ham goh tugal, goh tugallanmagan ohang bilan 
aytilishi mumkin. qiyoslang: 1.qish. 2.qish ...
Demak, so„z yoki birikma fikriy, sintaktik va ohang jihatidan tugallikka ega 
bo„lib, gap tusiga kiradi. Ohang nafaqat gapning tugallanganligini, balki gapning 
turli tiplarini belgilashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Misol sifatida bir so„zni 
olaylik. qiyoslang: 
A‟lochi. A‟lochi! A‟lochi? A‟lochi?! A‟lochi. !?
Gaplar mundarijasi, shakli va vazifasi jihatidan farqlanadi: Men shaharga 
boraman. Men shaharga boramanmi? Men shaharga boray. Bu gaplarda 
so„zlovchining maqsadi turlicha bo„lganligi bois, ular turlicha shakllangan va 
gapning darak, so„roq va buyruq-istak turlari vujudga kelgan. Bu esa gapning 
turlicha ohanggiga ega bo„lishini taqozo etadi. Gaplarning grammatik shakllari bir 


12 
xil bo„lganda ham ularni ohang farqlab turadi. Demak, gapning grammatik shakli 
turlicha bo„lsa-da, so„zlovchining maqsadi va ohanggi har doim muvofiq bo„ladi.
Yuqoridagi misolda aytilganidek, bir gapda turli xil maqsad ifodalangan 
bo„lishi mumkin. Masalan, Shaharga boraman! Gapida darak bilan so„zlovchining 
shodlanishi ham ifodalangan va ular ohang orqali «tasdiqlangan». Ohang qo„shma 
gap tarkibiy qismlarini bog‟lashda ham namoyon bo„ladi. Ko„pincha u grammatik 
vositalar o„rnini bosish darajasiga ko„tariladi: Biz ishonamiz - ko„nglimiz to„q. 
Bunda ohang (pauza) ergashtiruvchi bog‟lovchi vazifasida qo„llangan. 
Gap bo„laklari turli mustaqil so„z turkumlari bilan ifodalanaveradi. Biroq har 
bir gap bo„lagi uchun ma‟lum bir so„z turkumi ko„proq xoslangan bo„ladi - 
semantik va grammatik xossalari bilan ma‟lum bir gap bo„lagi vazifasiga mos 
so„zlar bor. Masalan, «Kesim vazifasida kelish uchun ko„proq fe‟l xoslangan». 
Ega, to„ldiruvchi vazifasiga, asosan, ot va ot vazifasidagi so„zlar keladi. Bu so„z 
turkumlarining umumiy ma‟noviy tabiati va grammatik xususiyatlari bilan 
belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko„proq tobe bo„lak (ega, to„ldiruvchi, 
aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelvchi vosita bo„lgan kelishik 
qo„shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko„proq fe‟l kelganligi bois kesimlik 
shakllari faqat unga xosdek tasavvur uyg‟otadi. Bu turkumlarning qaysidir 
vazifaga ko„proq xoslanganligi bilan belgilanadigan «aldamchi» tasavvurlardir.
Aytilganlar asosida Shunday pirovard xulosaga kelish mumkin: har bir so„z 
turkumi muayyan gap bo„lagi vazifasiga ko„proq hoslangan bo„lsa-da, bu vazifada 
boshqa turkum so„zlari ham kelaverganligi kabi, ma‟lum vazifaga xoslanganlik uni 
nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. Shu boisdan so„zning qaysi 
turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bulagi vazifasida kelishi nisbiy, 
barqaror bo„lmagan asos vazifasini o„taydi.
Ma‟lum bo„ladiki, bu so„zning atov birligimi yoki gap, gap bo„lsa, qanday 
tabiatga ega ekanligini nutqda faqat ohang ko„rsatmoqda. So„z yoki SB atov birligi 
sifatida nutqda gapdan ohang bilan ham farqlanganligi kabi, gapning tiplarini 
farqlashda ham boshqa omillar bilan birgalikda ohangga tayaniladi. Masalan, 


13 
Jonim! gapida uning his-hayajon gap ekanligini faqat ohang ko„rsatmoqda. Voy, 
jonim! gapida esa leksik (voy) va fonetik (ohang) omil hamkorlik qilmoqda. 
Gapning ifoda maqsadiga ko„ra tiplari (darak, so„roq, buyruq), his-hayajon 
ifodalanishiga ko„ra turlarini belgilashda, leksik, morfologik omillar ishtirok etishi 
ham, ishtirok etmasligi ham mumkin, lekin fonetik omilning bo„lishi shart.
Gap bo„laklari orasidagi munosabatni ko„rsatishda ham ohang muhim rol 
o„ynaydi. Men - men, Sen - sen gaplarida gap bo„lak (ega-kesim) larini farqlashda 
va ular orasidagi munasabatni ko„rsatishda ham ohang hal qiluvchi rol o„ynaydi. 
Yoki: Salim, ukam o„qishga kirdi va Salim ukam o„qishga kirdi gaplarida Salim 
so„zining (1-gapda) undalma yoki (2-gapda) aniqlovchi ekanligi og‟zaki nutqda 
ohang orqali bilinib turadi.
Gapning sintagmalarga bo„linishi va aktual bo„linish hodisalarda ham 
ohangning roli katta. Ohangning sintaksisdagi ahamiyatini bundan-da kengroq 
bayon qilish mumkin. Tilshunoslikdagi bu muammo bilan nutqiy sintaksisning bir 
yo„nalishi bo„lgan sintaktik fonetika shug‟ullanadi. Aytilganlar asosida nutqiy 
gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko„rsatish mumkin:
1. Gap nisbiy tugal fikr anglatadi.
2. Gap grammatik shakllangan bo„ladi.
3. Tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo„ladi.
4. Axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi. 

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə