Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

Ishning maqsadi va vazifalari. 
Kurs ishining maqsadi, avvalo, O„zbek 
tilshunoisligida sodda gaplar, uning turlari bilan tanishish, tarkibiy qismlarini tahlil 
qilishda samarali metod, usul va texnologiyalarni qo„llashdan iboratdir. Kurs 
ishining vazifalari quyidagilar: 
- O„zbek tilshunosligida soda gaplarni o„rganish yuzasidan tahlil usullarida 
foydalanish;
- Sodda gaplarning turlari bilan o„quvchilarni tanishtirish; 
- Sodda gapning tarkibiy qismlarini aniqlash va tahlil qilish; 
Kurs ishining tarkibiy qismi.
Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 
ro„yxatidan tashkil topgan. Kurs ishining umumiy hajmi 31 sahifani tashkil etadi. 



I bob. Gap sintaksisi 
1.1. Gap – kommunikativ birlik sifatida 
Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iboratdir. Bu esa 
gap orqali amalga oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon 
bo„ladi. Gap - kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan 
asosiy birlik bo„lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko„rinishidir. Gap 
so„zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tenglovchi uchun axborot qabul 
qilish vositasi sanaladi.
Kishi ongida fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Bu fikr nutqda gap sifatida 
yuzaga chiqadi. Fikr tushunchalardan tashkil topganligi kabi gap ham 
tushunchalarning formasi sanalgan so„z va so„z birikmalardan tuziladi. Gapning 
tashkil etuvchilari so„z birikmalaridir.
Tilning asosiy vazifasi odamlarning bir-birlarini tushunishlari va 
gaplashishlarida vosita bo„lib xizmat qilishdir. Axborot uzatish va qabul qilish 
vositasi bo„lish - tilning kammunikativ mohiyatidir.
Kommunikatsiya jarayoni jamoani taqozo qiladi. Aniqrog‟i, muayyan tilda 
axborot uzatish va qabul qilish Shu tilda so„zlashish malakasiga ega kishilarni 
taqozo qiladi. Bu esa kommunikatsiya jarayonining ijtimoiy tabiatliligidan dalolat 
beradi. Gap sintaktik yaxlitlik bo„lib, bu uning grammatik shakllanganligi tarkibiy 
uzvlari bir butinlik holiga kelganligi bilan izohlanadi.
Demak, gapda bir necha jihat birlashgan bo„ladi. Birinchi jihat gapning moddiy 
qobig‟i bo„lib, bu uni tashkil etuvchi so„z va grammatik shakllardir. Masalan, har 
qanday gapda kesimlik ko„rsatgichlari bilan shakllangan atov birligi (kesim) ning 
bo„lishi shart. Ikkinchi jihat ana Shu moddiy qobiqqa singdirilgan aqliy mahsul - 
fikr - axborotdir. Uchinchi jihat esa so„zlovchining voqelikka munosabati - hissiy 
holatidir. Bu uch jihat tildagi triada (uchlik)ni - sintaktika, semantika va 
pragmatika birligini tashkil etadi.
Ma‟lum bo„ladiki, gap kommunikativ birlik sifatida o„zida fikriy (semantik) va 
hissiy (pragmatik) kommunikatsiyani tashiydi. Bu barcha gaplar mutlaq ham 



fikriy, ham hissiy kommunikatsiyaning birligidan iboratdir degan xulosaga olib 
kelmasligi lozim. Chunki ayrim gaplarda hissiy munosabat sezilarsiz bo„lsa, 
ayrimlarida sof hissiy kommunikatsiyagina mavjud bo„ladi (Oh! Voy!). His-
tuyg‟ularni ifodalashda tildan boshqa vositalar (musiqa, raqs, imo-ishora) 
mavjudligi ham hissiy kommunitsiyaning nisbiy mustaqilligini ko„rsatadi.
Gap, avvalo, sintaktik tugallangan qurilma ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu u 
orqali ifodalanayotgan fikrning nisbatan tugallanganligi bilan belgilanadi. Sintaktik 
tugallanganlik gapning kesimlik ko„rsatgichlari bilan shakllanganligi va tugal 
ohangga egaligidir. Gap kesimga ega bo„lmasdan tugal fikr ifoda eta olmaydi. 
Masalan, Chiroyli kitob birikuvida so„zlovchi nazarda tutgan axborot yuzaga 
chiqmagan, Chunki uning kitob haqida nima demoqchiligi ham aytilmagan. Shu 
bois mazkur qurilma fikrni ifodalaydigan qurilmaning asosiy shakli - kesimlikdan 
holi.
To„g‟ri, Chiroyli kitob birikmasida kitobning xususiyati haqida axborot bordek 
tuyuladi. Ammo u so„zlovchining asosiy maqsadi bo„lgan axborot emas. U 
ikkinchi darajali axborot bo„lib, asosiy planda gapning yakunidan anglashiladigan 
kitobning, deylik, borligi, sotilganligi yoxud yo„qolganligi haqidagi axborot yotadi. 
Demak, gapdan anglashilgan fikr deyilganda, undagi asosiy axborot tushuniladi. 
Boshqa yordamchi, asosiy bo„lmagan axborotlar uning yuzaga chiqishida vosita 
bo„lib xizmat qiladi. (To„liqsiz gaplarda sintaktik tugallik bo„lmasa, ham, fikr 
anglashaveradi. Ulardagi sintaktik tugallik kontekstdan yoki nutq vaziyatidan 
ma‟lum bo„lib turadi).
Sintaktik tugallik sintaktik o„rin bilan ajralmas holdadir, Ya‟ni lug‟aviy birlik 
kesimlik shaklida bo„lishining o„zi uni gap sifatida qarashga asos bo„la olmaydi. 
Masalan, Aytdim deganing nimasi? gapidagi aytdim so„z shakli kesimlik 
ko„rsatgichlari bilan shakllangan atov birligidir. Lekin u kesimlik o„rni bilan 
ta‟mnlanmaganligi bois ushbu qurshovda gap maqomiga ega emas. Kesimlik 
shaklidagi so„z gap bo„lishi uchun kesimlik maqomiga ega bo„lishi kerak.



Sintaktik tugallanganlik kesimlik shakli va o„rni bilan belgilanar ekan, bunda 
tilning yaxlit vujudligi yana bir karra yaqqol namoyon bo„ladi. Til sathlardan 
iborat. Til yahlit vujud ekan, bu sathlar gapning asosiy vazifasi bo„lgan axborot 
uzatish va qabul qilish jarayonida butunlik sifatida ishtirk etish lozim. Buni biz 
gapda ko„ramiz. Gapning sintaktik tugalligi uchun, dastavval, ma‟lum bir mustaqil 
so„z va kesimlik shakli talab etiladi. O„qidim birligi o„qi leksemasi va -dim 
kesimlik shakli birikuvidan iborat. Demak, bunda tilning tarkibiy uzvlari - leksik 
va morfologik sathlarining birlikdagi harakati ko„zga tashlanadi.
Gap, avvalo, leksik va morfologik sathlar birligidir. Aytilganidek, gap uchun 
bu ikki (lug‟aviy va morfologik) omil hamkorligi yetarli emas. Uning uchun 
sintaksisning xos omili - sintaktik o„rin zarur bo„ladi. Sintaktik o„rin esa 
qurilmaning o„ziga xos tugal ohang bilan namoyon bo„lishini taqozo qiladi. 
Bundan ko„rinadiki, fonetik omil sintaktik tugallikka yakun yasaydi. Demak, 
gapda tilning barcha sathlari - leksik, morfologik, sintaktik va fonetik sathlar yaxlit 
vujud sifatida namoyon bo„ladi, voqelanadi. 
Gapning eng muhim belgisi uning grammatik-intonatsion va fikriy jihatdan bir 
butunlikka, tugallikka ega boʻlishidir. Fikriy tugallik (nisbiy) gapning mundarija 
tomonidir. Bu tugallik tilda turli vositalar bilan ifodalanadi. Gapning grammatik-
intonatsion xususiyati uning struktura va intonatsiya jihatidan shakllangan boʻlishi 
– undagi boʻlaklarning, ularning grammatik bogʻlanishining, tartib va 
intonatsiyaning birligidan, bir butunlik, yaxlitlik hosil qilishidan iboratdir. 
Grammatik kategoriya boʻlgan gapning xarakterli belgilari 

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə