Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 



Kirish. Ishning umumiy tavsifi. 
Mavzuning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati. 
Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan boʻlmish tilshunoslik necha oʻn 
asrlardiki, til deyiladigan tilsimning tabiatini, tub mohiyatini tushunish va 
tushuntirish yoʻlida tinimsiz izlanadi. Ayni izlanishlarning hosilasi oʻlaroq bu 
fanda xilma-xil yoʻnalishlar, ilmiy qarashlar nuqtayi nazarlarning yuzaga 
kelganligidan bugun bexabar boʻlgan tilshunos yoʻq. Shu bois keyingi yillarda 
lisoniy qurilishning umumiy qonuniyatlarini oʻzbek tili materiallari asosida 
yangicha tadqiq etish va tahlil qilishga qaratilgan izlanishlar silsilasi yuzaga keldi. 
Bu izlanishlarning salmogʻi kundan-kunga oshib bormoqda.
Ma‟lumki, oʻzbek tili qurilishiga doir tadqiqot, darslik va oʻquv 
qoʻllanmalarida tilning sistemaviy xarakteri haqida koʻplab fikr-mulohazalar 
bildirilgan, sintaktik sathning asosiy birliklaridan biri sifatida sodda gap turli ilmiy 
qarashlar va yondashuvlar asosida tadqiq etilgan. Fanimizda sodda gaplarning 
tadqiqi bilan bogʻliq ma‟lumotlar gap sintaksisini toʻldiruvchi, biroq sintaktik 
makrotizim tarkibida unga bevosita aloqador mikrotizim hosil qilganligidan dalolat 
beradi. Zero, oʻzbek tilshunosligida sodda gaplarning formal-grammatik talqini 
sodda gap sintaksisi mikrotizimini shakllantirgan tamal toshlariga aylandi.
Oʻzbek tilshunosligida A.Gʻulomov, Gʻ.Abdurahmonov, M.Asqarova, 
F.Abdullayev, 
A.Abdullayev, 
A.Safoyev, 
A.Sulaymonov, 
I.Rasulov, 
B.Egamberdiyev, I.Xayrullayev, B.Oʻrinboyev, F.Hazratqulov kabi tilshunos 
olimlar yaratgan darslik, oʻquv qoʻllanma-yu ilmiy asarlarda sodda gaplarning 
empirik bosqichdagi tahlili natijasida toʻplangan ilk ilmiy dalillar oʻz ifodasini 
topgan.
Jumladan, sodda gap qurilishi va gap boʻlaklarining ifodalanishi (va shu kabi 
boshqa qator xususiyatlar) toʻgʻrisidagi dalillar yigʻilib, mazkur sintaktik hodisani 
bilishning empirik (hissiy, sensual), ya‟ni fahm bosqichida sodda gaplarning 
formal-grammatik asoslari shakllangan sintaktik ta‟limotni vujudga keltirdi. Sodda 
gap boʻlaklarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash, izchillashtirish va tasvirlash hali 



tom ma‟noda ilmiy tahlil emas, lekin ilmiy oʻrganishning zaruriy tarkibiy qismidir. 
Bu bosqishdagi vazifa amalga oshirilgach, mazkur til hodisasining ichki qurilishi 
va boshqa hodisalarga 4 aloqadorligini oʻrganishni, shu munosabatlar asosida har 
bir dalilning mohiyatini aniqlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan ikkinchi 
bosqich kurtaklari shakllandi.
Oʻtgan asrning 70-yillarida yuzaga kelib, XXI asrning dastlabki yillaridayoq 
oʻzbek tilshunosligi kelajagining nazariy poydevoriga aylangan formal-funksional 
(substansial) tahlil yoʻnalishi sodda gaplarning empirik talqini natijalariga 
tayangan holda yangi ilmiy gʻoyalarni ilgari surdi. Bugungi kunda oʻzbek 
substansial tilshunosligi til tizimi va uning birliklarini oʻrganish jarayonida 
bilishning ratsional (idrok) bosqichiga koʻtarilib, bir butun nazariy ta‟limotni 
shakllantirdi. Bu ta‟limot oʻzbek tilida sodda gaplarning formal-funksional tahlili 
natijasi oʻlaroq, sodda gap sintaksisi tom ma‟noda mikrotizm ekanligini, lisoniy-
sintaktik sathning tadqiq manbayi lisoniy-sintaktik qurilish qolipi (LSQ) 
hisoblanishini isbotladi. Binobarin, sodda gap LSQi va uning variantlarini, sodda 
gap LSQining nutqiy voqelanish hamda uslubiy qoʻllanish imkoniyatlarini tadqiq 
etish muammosining nazariy asoslari ishlab chiqilgan.
Oʻzbek formal-funksional sintaksisida sodda gap lisoniy-sintaktik qurilish 
qolipi aniqlanib, uning asosiy koʻrinishlari belgilangan boʻlsa ham, sodda 
gaplarning qurilish qoliplari paradigmalari ajratilmagan. Shu bilan birga, kesimlik 
shakllarining sodda gaplarning lisoniy-sintaktik qurilishiga ta‟siri va sodda gap 
qurilish qoliplarini belgilashi masalasi alohida tadqiq etilmagan. Sodda gap 
sintaksisini formal-funksional nuqtayi nazardan talqin etgan ilmiy, oʻquv-usuliy 
adabiyotlarda sodda gaplarning lisoniy qurilishi, ularning eng kichik qurilish qolipi 
toʻgʻrisida ma‟lumot berilgan boʻlsa ham, sodda gaplarning lisoniy qurilishini 
tizim qonuniyati asosida tadqiq etish zaruratini tugʻdiradi. Bu esa sodda gap 
umumiy lisoniy-sintaktik qurilish qolipi va variantlarini ushbu qolip umumiy va 
xususiy shakllarini belgilashda kesimlik kategoriyasi shakllarining vazifasini, ayni 
choqda, sodda gap lisoniy-sintaktik qurilishiga kesimlik shakllarining ta‟sirini 



tahlil etish orqali oʻrganish imkoniyatini beradi. Shunday ekan, mazkur masalani 
tadqiq etish zarurati va mavjud imkoniyat malakaviy-bitiruv ishining shakllanishi 
uchun yetarlicha asos boʻla oladi. 

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə