Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

 
 
 
 
 


14 
1.2. O‘zbek tilida sodda gap va uning turlari 
O„tgan asrning 20-yillarida o„zbek tili grammatikasiga ilmiy asos qo„yila 
boshladi. Grammatika tarkibiga kiruvchi sintaksis bo„limiga ham e‟tibor berila 
boshladi, hamda oliy va o„rta ta‟lim tizimi uchun darsliklar yaratildi. Gap haqida 
Fitratning «Sintaksis» (“Nahv”) kitobida (1924 yilda nashr etilgan) bir qancha fikr 
ma‟lumot berildi va bu darslik 1925-1930 yillarda uch marta nashr etildi. Shu davr 
talabiga mos ravishda Fitratning «Sintaksis»i bilan bir qatorda yangi darsliklar ham 
paydo bo„la boshladi. Bunga misol qilib N.Said, A.Yo„ldoshevlarning 
«Grammatika»sini, H.G‟oziyevning «O„zbek tili grammatikasi» darsliklarini aytish 
mumkin. Bu darsliklarda sodda gap haqida fikrlar bildirilib, sodda-qo„shma 
gaplarni farqlashda ko„proq egaga tayanilgan. Bu holat esa ega va kesim bilan 
subyekt va predikatni qorishtirib tahlil qilishga olib keldi. Ammo bu davr ilmiy 
sintaksisini o„rganishning ham ahamiyatli tomoni mavjud. Chunki o„sha davr 
sintaksisi uchun muhim bo„lgan gap, sodda gap, gap bo„laklari, ega va kesim, 
ikkinchi darajali bo„laklar kabi tushuncha yevropa tilshunosligidan kirib keldi.
1940 yilda esa A.G‟ulomovning «O„zbek tili grammatikasi» nomli kitobi 
nashrdan chiqdi. Uning bu kitobi pedagogika bilim yurti o„quvchilari uchun 
sintaksisdan darslik bo„lib, unda sodda gap boshqa darsliklardagiga qaraganda 
kengroq yoritilgan edi. Bu darslikning ahamiyatli tomoni shunda ediki, unda 
sintaksisning nazariy tahlil usuli mukammal shakllangan. Bunda: 
“1. Sodda gap ikki bosh bo„lakdan – ega va kesimning birikishidan iborat.
2. Kesim ega haqidagi biror xabarni tasdiq yoki inkor formada ifodalashga 
xizmat qiladi. Bosh bo„laklar ichida egaga mavqe beriladi. Kesim ega bilan shaxs-
sonda moslashadi.
3. Sodda va qo„shma gaplarni aniqlashda egaga tayaniladi”.
Tilshunos R.Sayfullayeva ta‟kidlaganidek, “bosh bo„laklarga bunday 
yondashish mantiqiy subyekt-predikat munosabatini grammatik ega-kesim 
munosabati bilan qorishtirib yuborishga olib keladi”.14 Bu esa o„zbek tilshunosligi 
Yevropa tilshunosligining andozasi ekanligidan darak beradi va o„zbek tili 


15 
darsliklari ham rus tili darsliklari asosida tuzilganligi ko„zga tashlanadi.
Rus tili darsliklari namunasi asosida tuzilgan qo„llanmalar XX asrning 90-
yillarigacha amalda bo„ldi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan Yevropa tilshunosligi meyorlarida 
o„zbek tilini o„rganish tilshunoslarimiz oldiga o„zbek tili meyorlarini belgilash va 
ommalashtirish, “ona tili ta‟lim mazmunini yangilash, o„zbek tili grammatik 
qurilishini rus tili grammatik meyorlari chizmasi asosida baholash asoratidan 
qutqarish” kabi maqsadlarni qo„ydi.
O„zbek tilshunosligining Hind-Yevropa tillari va tilshunosligi ta‟sirida 
rivojlanganligi o„zbek tilining sintaktik talqinida ham bir talay muammoni keltirib 
chiqardi. Yevropa tilshunosligi, xususan, Moskva tilshunoslik maktabining 
namoyandalari F.F.Fortunatov, A.M.Peshkovskiy, V.V.Vinogradov nazariyasiga 
tayangan holda o„zbek tilshunosligida A.G‟ulomov gap haqida mufassal va izchil 
ta‟limot yaratdi. A.M.Peshkovskiy, V.V.Vinogradov va ularning izdoshlari o„z 
ta‟limotlarida rus tilining ichki qonuniyati va logik oqimninig tilshunoslikdagi 
qoldiqlarini aks ettirdi, hamda gapga nutqiy hodisa sifatida yondashdi. Ular «gapni 
turkiy tillarning, jumladan, o„zbek tilining o„z tabiatidan, o„z ichki qonuniyatidan 
kelib chiqib» o„rganmadi. Bu esa gapni baholash markazida ega turishi haqidagi 
nazariyaga tayanishidan vujudga keldi. Bu holat kesimning, xususan, gapning 
lisoniy mohiyati nazardan chetda qolishiga sabab bo„ldi.
Natijada gapga lisoniy birlik sifatida qarash, unga mufassal ta‟rif berish, 
shuningdek, boshqa masala kabi yig‟iq gapning ontologik tavsifini berish kabilar 
muammo bo„lib qoldi. Bu masalalar bilan XX asrning 90-yillariga kelib, o„zbek 
sistemaviy tilshunosligi shug‟ullandi.
O„zbek sistemaviy tilshunosligining vakillari bo„lgan H.Ne‟matov, 
R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, S.Nazarova, M.Qurbonova, M.Abuzalovalar o„z 
tadqiqotlarida o„zbek tilshunosligida ham sintaktik hodisada substansial va 
aksidensial jihatni farqladi, gap va so„z birikmasining lison-nutq nuqtai nazaridan 
izchil tavsifini berdi va o„z “tadqiqotlarida so„z birikmasi, sodda gap, qo„shma gap, 


16 
an‟anaviy so„z-gaplarning substansial mohiyati–lisoniy-sintaktik qoliplarini ishlab 
chiqishdi”. Bu tadqiqotchilar gapning eng kichik qurilish qolipini lisoniy birlik 
sifatida olishdi.
Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iboratdir. Bu esa 
gap orqali amalga oshar ekan, demak, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon 
bo„ladi.
O„zbek tilining sintaktik qurilishi o„rganila boshlangandan so„ng, tilshunoslar 
gapning faqat tashqi tomoniga emas, balki ichki tomoniga ham e‟tibor qarata 
boshladi. Formal tilshunoslikda esa til yopiq tizim sifatidagi sathlarga ajratilib, 
«lisoniy birliklarning o„zi ifodalayotgan obyektiv borliq bilan munosabati 
tadqiqotdan chetda qoldi».15 Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan 
og‟zaki, yozma shakllarda voqelangan hodisani o„rganishga e‟tiborni qaratdi va 
uning tahlil asosini bevosita kuzatishda berilgan nutqiy sintaktik hodisa tashkil 
etdi.
Formal tilshunoslikda lison va nutq hodisasini farqlamaslik, imkoniyat va 
voqelik, umumiylik va xususiylik kabi tushunchani chalkashtirish sintaktik 
hodisaning substansial mohiyatini ochishga to„siq bo„ladi. Shu asosda «an‟anaviy 
sintaksisda gapning bir va ikki tarkibliligi, asosan, sodda gap materiali asosida 
o„rganiladi» va sodda gaplar yig‟iq va yoyiq turlarga bo„linadi.
O„zbek tilshunosligi rus tilshunosligi zamirida rivojlanganligi, shuningdek, logik 
oqimning ta‟siri tufayli sodda gap [S-P] qolipida tasvirlandi va talqin etildi.
Gap haqidagi formal ta‟limotning o„zbek tili Grammatik qurilishini talqin 
qilishida ko„proq rus tilining grammatik qurilishiga xos meyor va qoidaga 
tayanilgan. Bu fikr asosini tilshunos A.G‟ulomovning quyidagi qarashida ko„rish 
mumkin: «Sintaksis asosida gap haqida ta‟limot yotadi”. “So„zlarning predikativ 
munosabati (predikat–kesim), odatda, gapni hosil qiladi. Predikativ bog‟lanish - 
ega va kesim munosabati gapning yadrosidir”. “Gapning asosini tobelanish tashkil 
qiladi, busiz gap maydonga kelmaydi. 0 


17 
Gapning asosi bo„lgan ega va kesimning o„zaro aloqasi ham tobelanish yo„li 
bilan bo„ladi”. A.G‟ulomovning bu fikri o„zbek tilining substansial talqinida 
boshqacha ahamiyat kasb etadi. Chunki «gapning asosi va yadrosi ega va kesim» 
degan fikrga zid o„laroq, «gap tushunchasi kesim tushunchasi bilan zich 
bog‟langan». Gap - kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan 
asosiy birlik bo„lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko„rinishidir.

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə