Mundarija kirish I bob. Sifat so’z turkumining grammatik va leksik xususiyatlari



Yüklə 60,09 Kb.
səhifə1/12
tarix29.11.2023
ölçüsü60,09 Kb.
#139117
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 SIFAT TURKUMIDAN MODAL SO\'ZGA SILJIGAN SO\'ZLAR



MUNDARIJA

KIRISH………………………………………………………………………..3-6
I BOB. SIFAT SO’Z TURKUMINING GRAMMATIK VA LEKSIK XUSUSIYATLARI.

    1. Sifat so’z turkumining grammatik xususiyatlari…………………………..7-9

    2. Sifat leksemashakllar tizimi ……………………………………………...9-13

    3. Sifatlarning grammatik xususiyatlari……………………………..….…13-19

II BOB. SIFATLARNING MA’NO TARAQQIYOTI.
2.1. Sifat turkumidan modal so'zga siljigan so'zlar ……………………………20-22
2.2. Sifatlarning otlashuvi — substantivatsiya ………………………………...22-25
2.3. Sifatlarning pragmatik ma’nolari………………………………………….28-32
Xulosa …………………………………………………………………………31-32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………33


KIRISH (kurs ishi annotatsiyasi)
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar tufayli ulkan o’zgarishlar ro’y bermoqda. Odamlarning ongi, dunyoqarashi o’zgardi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellectual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rijojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishida har bir fuqaroning bilim olishida, ijodiy qobiliyatini shakllantirishda, intellectual jihatdan rivojlanishda o’qituvchining muloqat madaniyati va muomilasi muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ta’kidlash joizki, pedagogik kasbga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, o’qituvchilarning jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, miliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish, uni jahon andozalari darajasiga chiqarish, o’quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilish kabi vazifalarga javobgarlik hissi o’qituvchilar zimmasiga yuklatiladi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ― “Bugungi globallashgan dunyoda tillarning bir-biriga o’zaro ta’siri, jumladan, chetdan so’z qabul qilish ko’lami va sur’ati ortib bormoqda. Afsuski, yurtimizda bu jarayon aniq tizim va ilmiy yondoshuvlarsiz yuz berayotganini tan olgan holda, mavjud holatni bartaraf etish uchun ta’sirchan choralar ko’rish lozim.” Tilshunoslik sohasida ham zamon talablariga javob beradigan yetuk tadqiqotlar yaratish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. Zero, “Endilikda ilm-fan yangi yo’llar ochishi, sifat jihatidan yangi texnologiyalarni jadallik bilan yaratishi, jamiyatning yangi holatga o’tishini ta‘minlashi lozim”. Shuningdek, ”...fan ijtimoiy jarayonlarga faol ta‘sir etadigan, bizga, ya‘ni amaliyot xodimlariga ishimiz mazmuni va xarakterini belgilab beradigan, o’zini – o’zi sozlab turadigan va o’zini o’zi boshqaradigan sistemaga aylanishi kerak”. ”Ilmu fan sohasidagi harakatlarimiz ham, ilmiy ishlarimiz va yutuqlarimiz ham dinyodagi eng ilg‘or mezonlar bilan o’lchanishi lozim”. Bu fikrlar o’zbek tilshunosligi faniga ham taalluqlidir. Negaki, XX asr oxiri XXI asr boshlarida o’zbek tilshunosligining to’plangan boy daliliy ashyoni dialektik metodologiya asosida o’rganishga kuchli zamin tayyorlab, o’zi esa turg’unlik holatida edi. O’zbek tilshunosligining fidoiylari H.Nematov, E.Begmatov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva kabi olimlar ushbu dolzarb muammolar bo’yicha respublika matbuotida chiqish qildilar. Ular adabiy til me’yorlarini belgilash, ta’limning turli bosqichi uchun zarur o’quv qo’llanmalari, darsliklar va lug’atlar yaratish va ommalashtirishni muvaffaqiyat bilan bajardi. Mustaqillik yillarida esa o’zbek substansial tilshunosligi shakllandi va qisqa muddatda jiddiy yutuqlarni qo’lga kiritdi. Ular asosida o’rta maktab ona tili darsliklari butunlay yangilandi.

Yüklə 60,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə