Mundarija kirish I bob. Sifat so’z turkumining grammatik va leksik xususiyatlari



Yüklə 60,09 Kb.
səhifə5/12
tarix29.11.2023
ölçüsü60,09 Kb.
#139117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 SIFAT TURKUMIDAN MODAL SO\'ZGA SILJIGAN SO\'ZLAR

1.3. Sifatning ma’no turlari.
Sifatlar semantik ma’nosi jihatidan asosan 9 turga ajraladi:

  1. Xarakter-xususiyat, xossa va qimmat bildiruvchi si­fatlar, ayniqsa, inson xarakter-xususiyatini ifodalashda ko’p qo’llanadi. Mas., yoqimtoy, badjahl, muloyim, ziyrak, mahmadona, dilkash, yaxshi, yomon.

Bulardan bir turkumi inson, predmet va hayvonlar- ning xarakter-xususiyatini ifodalashda umumiy qo’llanadi, bir turkumi esa faqatgina predmet xususiyatini ifodalashda xoslashib holgan. Mas., saxiy, rostgo’y, oq ko’ngil odam kabi. -
Xarakter-xususiyat ijobiy ham, salbiy ham bo’lishi mumkin. SHunga ko’ra, xarakter-xususiyat ifodalab keluvchi sifatlar ijobiy va salbiy mazmunga ega. Bundan tashqari, loqayd ma’noli (ya’ni, ijobiy ham, salbiy ham bo’lmagan) sifatlar mavjud.
Insonning xarakter-xususiyatiga xos: a) ijobiy sifatlar, mae., muloyim, odobli, chaщon, abjir, ziyrak, mo’min, sodiq, yuvosh, kamtar, quvnoq, ozoda, sof, yaxshi, mehribon va boshq. Bizning qayiqda m o h i r eshkakchi bo’lmagai odam, ortiqcha yuk (Abdulla Q a h h o r). Uning tarbiyasidagi bolalar o’ziday q u v n o q, hamma narsaga qiziquvchan («Saodat»). Nadya pishiq va t u y g’ u n qizcha edi (Oy bek). Bu asl ayol haqida bironta kitob yozilmay turiboq, uning a j o y i b hayoti dostonga aylanib ketganini ko’rdim (Said A h m a d). U k a m t a r i n yigit edi (O y b ye k);
b) kishiga xos salbiy xarakter-xususiyatlar. Salbiy xususiyat bildiruvchi sifatlar ko’pincha ijobiy xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlarning antonimlari sifatida mavjud, ya’ni bu gruppaga oid sifatlar kishi xarakter- xususiyatidagi yaramas, yoqimsiz tomonlarini ifoda etadi: toshbag’ir, shafqatsiz, uquvsiz, g’ayir, tannoz, takabbur, qo’rs, mug’ombir, injiq, ikkiyuzlamachi. Bundaylarni xalq x u d b i n va manman kishilar deb to’g’ri aytadi («Saodat»), Quv Eshonxon boyning muddaosini darrov fahmladi (Oy bek). Bu mug’ombir yigit ko’zlarida jilvalangan mazaxlovchi kulgi bilan do’sti Arabboyga qarab qo’ydi (P a r d a T u r s u n).
Kishiga xos turli xususiyatlar, uning biror a’zosini, gap-so’zini, o’y-niyatini, his-tuyg’usini va shu kabilarni sifatlash orqali ham beriladi. Bunda sifatlash ob’ekta kishiga bog’langan holda berilishi yoki alohida o’zi sifat- lanishi mumkin. Qo’li ochiq odam, ochiq ko’ngil kishi, tili shirin ayol, ko’ngli to’g’ri odam, qo’li egri, tili achchiq, nafsi buzuq. .. . ularning pok, no z i k h i s l a r i n i oyok osti qilgansiz (A. M u x t o r). Uning so’zlari bolalarcha sodda, s a m i m. i y, lekin aniq va ravishn edi (O y b ye k).
Kishi xarakter-xususiyatini berishda yuqorida zikr etilgan sifatlardan tashkari boshqa turkumdagi (mas., holat, shakl, maza-ta’m, rang-tus bildiruvchi) sifatlardan ham foydalaniladi. Bunday sifatlovchilar kishilarga xos turli xarakter-xususiyatlarni ochishga xizmat qiladi: Bir qaradi, k o’ z i yo moi o’ t kar e k a n, jonim chiqib ketayozdi («O’zbek xalq dostonlari»). U sarbast, ziyrak, harakatlari dadil, so’zlari o’ t k i r, o’rtoqlari orasida onaboshi qiz (O y b ye k);
v) kishi xarakter-xususiyatiga oid yana shunday sifat­lar borki, ularning ma’nosidan ijobiylik yoki salbiylik yaqqol bo’rtib turmaydi. Ular nutq momentiga qarab har ikkala ma’no chegarasiga o’tib olishi mumkin. Mae., loqayd, dovdir, sho’x, shaddod, o’jar, mahmadona, sinchkov, mag’rur, indamas kabi.
g) Predmet (narsa, hayvoi, jonivor), holat, hodisa va shu kabilarning xarakter-xususiyatini ifodalash uchun qo’llanuvchi sifatlar: xonaki, dolzarb, dabdabali, sun’iy, tabiiy, tekin, qimmat, arzon. Oldinda juda jiddiy, murakkab hayot borligini qayoqdan bila- man (Said Ahmad). Bug’doy dengizida suzib boraman; men mingan yo’rg’a ot go’yoki qayiq (H. Po’lat). Maqolaga juda dabdabali sarlavha qo’yilgan edi (SH ar o f R a sh i d o v).
d) Kishi va predmet xususiyatlari uchun birdek qo’llanaveradigan sifatlar: ajoyib, yaxshi, yomon, zo’r, chidamli va b.
Ba’zi sifatlar esa yo kishi, yoki predmet belgisi uchun ko’chgan ma’noda qo’llanishi mumkin: Mas., yengil, og’ir dag’al, dardisar, bachkana, qaysar, xira, uchar kabilar.

  1. Holat bildiruvchi sifatlar. Predmet, hodisa, inson va hayvonga xos holat yoki vaziyat turli sifatlar orqali ifodalanadi:

  1. tabiiy holat belgilari, a) ijobiy ma’noda: go’zal, qo’hlik, chiroyli, suluv, latif, qomatdor. G o’ z al bir yigit eshikni qoqdi (Abdulla Qahhor). O’zi ham Ismoiljon suqsurdek ko’xlik yigit edi (Said Ahmad);

  2. nuqsoniy belgilar: cho’loq, mayib, bukir, cho’tir, soqov, xunuk, kar, qiyshiq. Taqsir, bugun sahar Qo’qondan keldik,javob berdi kattagina, novchadan kelgan, cho’tir kishi (Oy bek). Dadasi bo’lsa o q s o q, institutda to’garak mashg’ulotlari o’tkazardi (A s q a d M u x t o r).

  3. Pedmetpiig ho’l-quruqlik holatini ifodalovchi sifatlar: ho’l, nam, namxo’sh, namtob, quruq, qoq va hok. O’rtadagi o’choqda ho’l to’nka biqsimoqda (Parda T u r s u i).

  4. Tinch va notinch holatlarni ifodalovchi sifatlar: tnnch, jim, jimjit, sokin, osudi,, osoyishta, notinch, betinch va h. k., ...hovlining bir yoqasidan o’tgan anhor bo’yiquyuq tolzor, serso ya, jimjit bir go’sha (O y bek). Bizga t i n ch-o s o y i sh t a pana joy kerak (SH a r o f R a sh i d o v).

Bulardan tashqari g’adir-budur, g’ijim, teshik, zich, kalin, yupqa, omonat, puxta, g’uj, shovul, tanho, gavjum, ochiq, berk kabi bir qancha sifatlar borki, bular ham turli holatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan holat bildiruvchi sifatlarning deyarli hammasi darajalanadi, forma o’zgartuvchi affikslarni (modal forma yasovchilarni) qabul qiladi va ko’pchiligi ko’chgan ma’nolarda qo’llanadi.
Rang-tus bildiruvchi sifatlar. Predmetning belgi alomatlaridan biri rang-tusdir. Bir turkum sifatlar predmetning ana shu belgisini ifodalash uchun qo’llana­di. Mas., Bu yerda zangor ko’l sohillari-yu, kul rang toshlar, serchechak so’qmog’-u, yashil xiyobonlar, kushlar na’shasi, barglarning sirli shivirlashlari yo’k, (A s q a d M u x t o r).
SHakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar. Bunday si­fatlar predmetning turli ko’rinishlarini, shakl va for­ma belgilarini ifodalash uchun qo’llanadi: dumaloq, uzun, uzunchoq, yapaloq kabilar.
SHakl-ko’rinish bildiruvchi sifatlar bilan holat bil­diruvchi sifatlar ba’zan mos kelishi mumkin: semiz, pachoq, ozg’in; CHolning qarshisida o’tirgan sherigiy i r i k gavdali, peshanasi do’ng muloyim yigit (Oy bek) Unda uch yoshlardagi jingalak soch, burni ya l p o q r o q bola o’yinchoq ot minib turardi (Said Ahmad). Se m i z xamshira qo’pol etiklarini do’qillatib ildam ketdi (O i b ye k).

Yüklə 60,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə