Mundarija kirish I bob. Sifat so’z turkumining grammatik va leksik xususiyatlari


Sifatlarning otlashuvi — substantivatsiya



Yüklə 60,09 Kb.
səhifə9/12
tarix29.11.2023
ölçüsü60,09 Kb.
#139117
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 SIFAT TURKUMIDAN MODAL SO\'ZGA SILJIGAN SO\'ZLAR

Sifatlarning otlashuvi — substantivatsiya.

Sifat turkumidagi so’zlar o’rni bilap (ko’pincha kontskstda) ot turkumnga o’tib, otlbk funktsiyasini bajarnb kelishi mumkin. Ya’ni bunda sifat belgilikni emas, predmetlikpn ifodalaydi. Bunday hodisa otning ma’no doirasini kengaytirishga va boyitishga katta hissa qo’sha- di, lekin sifat butunlay ot turkumiga o’tib ketmaydi.
Sifat quyidagi hollarda otga ko’chadi: sifat aniqlab kelgan predmet — aniqlanmish (sifatlanmish) tushib kolganda, ya’ni sifatlanmishning tushib qolishi sifatlovchini otga (predmet ma’nosini anglatuvchi so’zga) ko’chiradi. Sifatlovchi gapda sifatlanmishning funktsiyasini, ma’nosini va grammatik formalarini o’ziga oladi. Bunday holda aniqlanmishni aytishga ehtiyoj bo’lmaydi, natijada otlashish hodisasi yuz beradi5.
Bir so’z turkumining kontekstda boshka so’z turkumi vazifasida kelishi, sintaktik yo’l bilan boshqa turkumning funktsiyasini bajarishi mumkin. Lekin bu hodisa bir so’zining bir turkumdan ikkinchi turkumga tamoman ko’chib ketishi sanalmaydi, balki biror so’z boshka turkumdagi so’zning vazifasini bajarib kelganda, keyingi so’zning semantik na grammatik xususiyatlariga ega bo’ladi.6
Substantivatsiya hodisasi ko’pincha: a) maqol va matallarda uchraydi, mas., Ko’r tutganini qo’ymas, k a r eshitganini. Mol o l a s i tashida, odam o l a s i ichida;
b) kishi yoki hayvonlarning tabiiy (yoki sotsial) holatlarini (nuqeon, kamchiliklarinn) bildiruvchi sifat­lar aniqlanmishsiz, ot tarzida qo’llanadi. Mas., cho’loq, maymoq, sariq, pakana, malla, ko’r. Bu so’zlar ba’zan ki­shi nomlariga ham qo’shib aytiladi: Bektemir bu guruh ichida elatlaridan S af a r cho’ t i r bilan Ali tajangni ko’rdi (Oy bek). Boy qursin uyat-andishani bilmaydimi? Qarib miyasi aynigandir (Oy bek). Qizimni musofirga bermayman deb qo’yarmikin, bilmadim (Abdulla Qodiriy).
v) kishi ismlari otlashgan sifatlardan bo’lishi mum­kin, mas., Go’zal, Dono, Botir, Baxtier, Nozik, Qora, Mal­la, Turg’un, Qo’rqmas. Bunday ismlar -xon, -jon, -voy (boy), -oy, -nisa kabi affiks yoki affiksoid olgan holda ham qo’llanadi: Mallavoy, Donoxon, Turg’unoy, Dorajon va sh. k. Bechora Oqila, o’zi juda halol, mehnatkash qisqasibahosi yo’q xotin-u, orqada qolib ketdi! (Abdul­la Q a hh o r);
g) rang-tus bildiruvchi sifatlar ot kategoriyasi formantlarini (egalik, kelishik, ko’plik qo’shimchalarini) qabul qilgan holda hamda fe’llar bilan birikib kelganda otlashadi. Mas., Qanaqasidan bo’lsin, oqidanmi, ki­zilidan m i?— Oq, qizilingiz nimasi, bizga redaktor kerak edi («Mushtum»), Muhammad so’nggi she’rini bir oz tuzatib, oqqa ko’chirish uchun uyiga bormog’i kerakligini aytdi (O y bek).
d) Hayvon (ko’pincha ot) tusini ifodalovchi sifatlar otlashib qo’llanadi. Mas., Umrzoq ota samanni tolga bog’lamoqchi edi, Sergey yuganinn uning qo’lidan oldi (H amid G’ulom).
SHuni ham aytish kerakki, otlashish, otning grammatik formantlarini olish, ma’noning siljishi xususiyatlari asosan tub sifatlar chegarasida bo’ladi. Rang bildiruvchi sifatlar otlashib quyidagi ma’nolarni anglatishi mum­kin: Mas., oq so’zi ba’zi bir shevalarda sut, qatiq, ayron ma’nolarini beradi. Oq ichdim — «ayron ichdim» (Xorazm shev.)
Oq so’zi umuman «begunoh» degan ma’noni beradi: Oq bo’lsa nimaga guvoh ko’rsatmaydi (M i r z a k a l o n I s m o i l i y).
Qora so’zi otlashganda «qorachig’», «sharpa», «odam» ba’zan «mo’ljal», «orientirovka» ma’nolarida ham qo’llanadi: Ko’z qorasiday asramoqko’z qorachig’iday asramoq. Bu nima gap qiz im? Aqlli-hushli kap-katta yigit birdan qorasini ko’rsatmay ketsin («Mushtum»), Otamning qorasi yo’qoldi deguncha Fuod afandi kirib keldi (M i r z a k a l o n I s m o i l i y). ...Ilon izi bo’lib ketgan oqish yo’lning ufqida... bir nechta kora ko’rindi (Abdulla Qahhor). Birinchi otgan yoy qoradan bir quloch yuqori ketdi (Afandi latifalari). Turdiev tankka tomon yugurib kelayotgan fashistlarni qoraga olib, pulemyotning tepkisini bosdi (Abdulla Qahhor). «Qorong’i» so’zi o’rnida qo’llanishi mumkin. Ilk sahardan to qora kechgacha odamlar tinim bilmagan (M i r z a k a l o n I s m o i l i y).
«Qora» so’zi diniy tushunchalarda—«ins-jins», «dev», «iblis» ma’nolarini anglatadi, ya’ni bular evfimistik nuqtai iazardai qora deb yuritiladi. Mas., Nimalar bo’lganidan xabarim yo’q, bir vaqt qora bosganday bo’lib uyg’ondim (S a d r i d d i n A y n i y).
«Motam libosi» ma’nosini beradi: O’zbek oyim qora kiyib ta’ziya ochdi (Abdulla Qodiriy).
«Aybdor», «gunohkor» ma’nolarini beradi: Qarasam butun zveno qora bo’ladigan, men bo’ynimga ola qoldim (Abdulla Qahhor).
«Sariq» so’zi otlashib qo’llanganda kasallik nomini anglatadi: U sariq bo’lib qolibdi. «Jeltok» (tuxum ichidagi modda) ma’nosini beradi: Tuxum, sarig’i va hok.

Yüklə 60,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə