Mundarija kirish I bob. Sifat so’z turkumining grammatik va leksik xususiyatlari


Predmetning eskilik, yangilik holatlarini ifoda­lovchi sifatlar



Yüklə 60,09 Kb.
səhifə7/12
tarix29.11.2023
ölçüsü60,09 Kb.
#139117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 SIFAT TURKUMIDAN MODAL SO\'ZGA SILJIGAN SO\'ZLAR

Predmetning eskilik, yangilik holatlarini ifoda­lovchi sifatlar: yangi, eski, uvada, juldur va sh. k. Hozir nima ko’p, eski matoga xaridor ko’p (Said A hm a d).
Predmetning pishgan va xomlik holatlarini ifodalaydigan sifatlar predmetning hajmi, o’lchovi, miqdori kabi konkret va abstrakt belgilarini ifoda etadi. Hajm bildi­ruvchi sifatlar ham ko’p jihatdan holat va shakl bildi­ruvchi sifatlarga o’xshashdir. Mas., keng, tor, uzun, chuqur, chog’, yirik, kalta. Katakday kichik, yer bag’irlagan qing’ir-qiyshiq xarob uylarda rus ishchilari yashaydi (O y b e k). Keng dala, ...hamma yoq lolalardan libos kiygan (SHarof Rashidov). Ummatali yukni orqalab, katta kucha tomonga yurdi (SH u h r a t).
Tor, chuqur, mayda, yaqin, chog’, yirik, uzoq so’zlari ham shular jumlasidandir.
Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar. Bu tur sifatlar predmetga xos xususiyatlardan biri bo’lgan maza-ta’mni ifodalashga xizmat etadi: SHirin, totli, mazali, achchiq, bemaza, nordon. Maza-ta’m ifodalovchi sifatlar boshqa tur sifatlar­ga nisbatan kam oonmn tashkil etadi: U, xuddi nordon olma yegandek yuzlarini burishtirdi (SH a r o f Rashidov). SHur ko’lmak ichaverib Tursunboy choy ta’mini unutayozgan edi (Said Ahm ad).
Maza-ta’m ifodalovchi sifatlar tilda kam bo’lgani tufayli ot turkumidagi so’zlardan ham bunday sifatlar o’rnida foydalaniladi. Mas., shakar, novvot, zahar, suv, nomakob kabi. Bunday, sifat o’rnida ot turkumidagi so’zlardan foydalanish ko’proq ekspressiv- emotsionallik munosabatlari bilan bog’liq.
Hid bildiruvchi sifatlar predmetning hidini ifodalash uchun xizmat etadi: xushbo’y, qo’lansa, ifor, muattar kabilar.
Hid bildiruvchi sifatlar tilning lug’at boyligida juda kam sonni tashkil etadi. SHuning uchun ham bunday belgilarni ifodalashda ko’proq predmet nomlaridan foy­dalaniladi. Ya’ni biror hid tarqatuvchi predmet nomiga «hidli» so’zini qo’shish orqali qo’shma sifatlar hosil qi­linadi. Mas., atir hidli, rayhon hidli, behi hidli, toshko’mir hidli. Uyg’ongan yel jizg’i na k, qo’lansa h i d n i dimoqqa zo’rlab uradi (SH u h r a t).
Vazn-og’irlik bildiruvchi sifatlar. Bunday si­fatlar og’ir yoki yengillik belgisini ifodalaydi: vazmin, yengil, og’ir kabi. Predmetning bunday belgilari uchun ham otlardan yoki qiyos ma’nosini anglatuvchi sifatlar- dan foydalaniladi: zil, zilday, qush, qushdek, pardek, zambildek, zil-zambildek kabilar.— O'ylashib ko’ramiz, uka,— dedi oyoqlariga zil day og’ir choriqlarni kiyib (O y bek).
O’rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar. Bir qator sifatlar o’rin va paytga munosabat bildirib ke­ladi. Mas., tonggi, kuzgi, kechki, keyingi, avvalgi, qishki, yozgi, ertangi, ilk, uydagi, yerdagi kabilar. Sovuq namgarchilik... kuzgi gullarning rangini o’chirib ketdi (A s q a d M u x tor). To’lanboy ikkala otini jilovidan ushlab tolning narigi yog’iga olib o’tib ketdi (Said Ahmad).
Bu turkumga taalluqli sifatlar ko’pincha ot turkumidagi so’zlardan –gi, -ki,-dagi yasovchilari vositasida hosil qilinadi.



Yüklə 60,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə