Mundarija kirish I bob. Sifat so’z turkumining grammatik va leksik xususiyatlari


II BOB. SIFATLARNING MA’NO TARAQQIYOTI



Yüklə 60,09 Kb.
səhifə8/12
tarix29.11.2023
ölçüsü60,09 Kb.
#139117
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 SIFAT TURKUMIDAN MODAL SO\'ZGA SILJIGAN SO\'ZLAR

II BOB. SIFATLARNING MA’NO TARAQQIYOTI.

    1. Sifat turkumidan modal so’zga siljigan so’zlar.

Sifatlardagi modal ma’nolarni ifoda etishda, a) ayrim affikslar; b) ko’makchi so’zlar qo’llanadi.
Modal ma’no beruvchi affikslar. Bunday affikslar o’zinipg ba’zi bir xususiyati bilan sifat yasovchilardan birmuncha farqlanadi. Modal forma yasovchi affikslar so’z ma’nosini tubdan o’zgartirmaydi, balki unga qo’shimcha ma’no ottenkasini beradi. Bunday affikslarning ma’nolari sub’ektning modal munosabatiga qarab turlicha o’zgarishi mumkin.
Modal ma’nolarni ifoda etishda daraja formalari kichraytish-erkalash ma’nosini beruvchi -g i n a, -k i n a, -kina affikslari qo’llanadi. Bu affiks turli so’z turkumlariga, jumladan sifatga ham qo’shiladi. U so’z ma’­nosini. tubdan o’zgartirmaydi, faqat turlicha ma’no ottenkalari yaratishi mumkin. Mas., Teshaboy ota belbog’iga kistirgan kattagina dastro’molini olib, terlagan yuz- bo’yinlarini artdi (SH u h r a t). Havo anchagina salqin (G’. G’ulom). Ota-onasi faqirgina odamlar... (O y b ye k). Usta qarigina, burni cho’tirroq, ammo juda so’zamol, mahmadona kishi (O y b e k).
Misollardan ko’rinadiki, sifat kategoriyasidagi so’zlarda -gina affiksini qo’llash ko’pincha sub’ektning shaxsiy modal munosabati bilan bog’liq. Ya’ni -gina affiksi sifatlarga qo’shib aytilganda, predmet belgisini bir oz pasaytirish, yumshatish, erkalash, yoqtirganlik kabi sub’­ektiv baho ifodalarini yoki umuman predmetga, shaxsga bo’lgan ijobiy munosabat ma’nolarini anglatadi. -gina affiksi ot va boshqa turli so’z turkumlariga qo’shilib, xoslik, chegaralash, kuchaytirish, erkalash kabi ma’nolarni hosil qiladi.
SHaxsniig sub’ektiv yoki modal munosabati tufayli ba’zi sifatlarga qo’shimcha ravishda -cha affiksi qo’shib aytilib so’z variantlari hosil qilinadi. Mas., yetim— yetimcha, yashirin yashirincha, oshiqoshiqcha kabi. U husniga o r t i q ch a bino qo’yganidanmi, har qalay zvenoda erkaroq edi (S a i d A h m a d). U, bu oddiy ishchi kiyimidagi ochiq ko’ngil, aqlli, q o r a ch a qizda yurtning iliqligini, husnini tuyardi (O y b e k).
Umuman, -cha affiksli so’zlarning tub va yasama shakllari orasida katta tafovut yo’q, faqat yuqorida aytilganidek shaxsniig ob’ektga bo’lgan sub’ektiv munosabatini turli stilistik talablar tufayli ikki xil qo’llanadi.
-kon. Sub’ektning shaxsiy munosabatiga ko’ra, ba’zan katta so’ziga -kon affiksi qo’shib ishlatiladi. Mas., Madaminxo’janing xirmoni dala etagidagi kattakon tol tagida edi (M. Ismoiliy). Misolda qo’llangan katta­kon so’zidan -kon affiksi tushirib qoldirilsa ham ma’­noga halal yetmaydi. Kattakon so’zi jonli tilda ot vazifasida «mansabdor» ma’nosida ishlatiladi: Katta­konlar maslahat qilishayotgan emish (M. Ismo­iliy).
-k a m (-a + kam, -da+kam). Bu affiks bir necha so’zlargagina qo’shilib keladi. U ko’proq jonli tilga xos bo’lib, yuklamalar singari so’zlarda qo’shimcha ma’no ottenkalari hosil qiladi, qisman ekspressivlik, modallik ma’nola­rini berishda qo’llanadi. Mas., SHunday qilsang chinakam odamlik qilgan bo’lasan (Said Ahmad). Bu hazilakam gap emas. Rostakam hujum boshlandi. Yolg’ondakam ko’z yoshingni qo’y.
Qo’makchi so’zlar. Sub’ektning ob’ektga bo’lgan shaxsiy, modal munosabatlarining ifodalanishida bir, biram, juda, ajoyib, g’oyat, nixoyatda, bag’oyat, benixoya, haddan tashqari, ta’rifdan tashqari kabi so’zlardan ham keng foydalaniladi.
Bir, biram so’zlari kuchaytirish ma’nosini berish bi­lan birga sifatlar oldidan yoki ketidan qo’llanib modal munosabat ma’nolarini ifodalaydi: Toshkentlik bir indamas mardikor so’zga aralashdi (O y b ye k), B i r jodugar ayyor menga yopishdi («Murodxon»).
Bir so’zi belgi ifodalovchi so’zning (sifatning) ketidan qo’llanilishi mumkin: Go’zal bir yigit eshikni qoqdi (Abdulla Q a h h o r). Bu misoldagi bir so’zi son vazifasida emas, balki modallik, ekspressivlik ma’nosini o’tamoqda.
Biram so’zi (bir + ham) son + yuklamadan tashkil topgan bo’lishiga qaramay, bir ham formasi na yozuvda va na jonli tilda ishlatilmaydi, biram shakli qat’iylashib qolgan: Uning ko’zlari biram muloyim, b i r a m yoqimli (S a i d A h m a d).
Ajoyib so’zi abstrakt ma’noga ega bo’lib, emotsionallik, modallik ma’nolarini beruvchi sifat vazifasida qo’llanadi. Mas., Ajoyib qasrlar, saroylar, Madrasalar, irrigatsiya, qurilish inshootlari yaratdi (O y b e k).
Juda, bir, ajoyib so’zlari shunday tizma ravishda qator kelishi ham mumkin. Bunday qo’llanishda tartib va son muntazam bo’lmaydi. Sub’ektning qo’llashiga ko’ra tartib o’zgarishi mumkin. Lekin, juda so’zi so’nggi o’rinda kela olmaydi, Mae., A j o y i b b i r mashshoq bor, «Tanovar»ni undan zo’r chaladigani yo’q (Said A h m a d). ...katta va juda ajoyib bir kitob bo’lsa-yu, ...kampirga o’qitib bersak («Mushtum»), Ertalab juda bir ajoyib manzarani namoyish qildi (Parda Tursun). Juda, bir, biram so’zlari qatoriga yana modal ma’no beruvchi quyidagi kuchaytiruv so’zlarini kiritish mumkin: nihoyat, nihoyatda, g’oyat, g’oyatda, benihoya va boshq. Mas., Bu chigal, g’ o yat d a chigal voqeani jur’at qilolmadim sizsiz yechmoqqa (T urob To’la). Bir necha musiqiy asboblari g’oyat ibtidoiy (O y b e k). Qiz nihoyatda chiroyli edi (SH u h rat).




    1. Yüklə 60,09 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə