Mundarija kirish I bob. Sifat so’z turkumining grammatik va leksik xususiyatlari



Yüklə 60,09 Kb.
səhifə2/12
tarix29.11.2023
ölçüsü60,09 Kb.
#139117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 SIFAT TURKUMIDAN MODAL SO\'ZGA SILJIGAN SO\'ZLAR

Mavzuning dolzarbligi. Tilshunoslikning eng so’nggi yutuqlaridan biri tilga bir butun tizim sifatida qarash hamda uni nutqqa zidlab o’rganish til birliklarining nutq faoliyatda kontekst va vaziyat bilan bog’liq tarzda yuzaga chiquvchi pragmatik vazifalariga aniqlik kiritdi. Til birliklarini pragmatik yo’nalishda tadqiq etish esa asar yoki matn mohiyatida o’quvchiga bevosita ko’zga tashlanmaydigan, faqat nutqda yuzaga chiquvchi ichki imkoniyatlarini aniqlashga yo’l ochdi. Natijada til birliklarining nutqiy vaziyat bilan bog’liq holda reallashuvchi pragmatik vazifalarini aniqlash muammosi yuzaga keldi. Mazkur kurs ishi mana shu yo’nalishdagi tadqiqot ishi bo’lib, unda o’zbek tilidagi sifatlarning grammatik-leksik xususiyatlari, ma’no siljish hodisasi, pragmatik, ya’ni matndagi xususiyatlariga yanada aniqlik kiritilganligi bilan ahamiyatli sanaladi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. O’zbek tilshunosligida til birliklarini pragmatik yo’nalishda tadqiq etish muammosiga ilk bor o’tgan asrning 80-yillarida e’tibor qaratildi va bu sohada ayrim fikr-mulohazalar bildirildi.1 Keyingi yillarda o’zbek va umumiy tilshunoslik doirasida pragmalingvistikaning nazariy masalalari, o’rganish ob’ekti va predmeti masalasiga munosabat bildirildi2, o’zbek tilidagi ayrim til birliklarining pragmatik xususiyatlarini o’rganishga oid tadqiqot ishlari yuzaga keldi.3 Ammo shu kunga qadar mustaqil so’z turkumlarining, shu jumladan, sifatlarning pragmatik xususiyatlari maxsus o’rganilmadi. Buning natijasida gapning semantik qurilishida qo’llanishi zaruriy va zaruriy bo’lmagan xususiyatiga ega bo’lgan sifatlarning pragmatik vazifalariga munosabat bildirilmadi. Bu esa gap qurilishida alohida mavqega ega bo’lgan sifatlarning pragmatik vazifalarini o’rganish ehtiyojini tug’dirdi. Hozirgi kunda o’zbek tilshunosligida sifatlarning morfologik xususiyatlari, semantikasi, sintaktik imkoniyatlari, sinonimiyasi kabi masalalar maxsus o’rganilgan.4 Ammo sifatlarning gapda pragmatik vazifa bajarishi, jumladan, presuppozitsiyaga ishora qilishi va gapni semantik jihatdan murakkablashtirishi masalasi alohida tadqiqot obyekti bo’lgan emas. Bu holat o’zbek tilshunosligida sifatlarning pragmatik vazifasini aniqlash muammosini o’rtaga qo’yadi.

Yüklə 60,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə