Mundarija kirish I bob. Sifat so’z turkumining grammatik va leksik xususiyatlari



Yüklə 60,09 Kb.
səhifə3/12
tarix29.11.2023
ölçüsü60,09 Kb.
#139117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1 SIFAT TURKUMIDAN MODAL SO\'ZGA SILJIGAN SO\'ZLAR

Tadqiqot maqsadi. O’zbek tilida pragmatik vazifaga ega bo’lgan sifatlarni aniqlash va ular ishtirokida tuzilgan gaplarning semantik murakkablashuvi qonuniyatlarini ochib berish ishimizning bosh maqsadi qilib belgilandi. Shu maqsadda tadqiqotda o’zbek tilining sintaktik qurilishida sifat ishtirok etgan gaplarni tahlil etish lozim topildi.
Tadqiqot vazifalari. Ishda quyidagi vazifalar amalga oshirildi:
– o’zbek tilida pragmatik vazifa bajara oluvchi sifatlarni aniqlash, bunday sifatlarning gapda pragmatik vazifa bajarishi sabablarini o’rganish;
– o’zbek tilida sifatlarning presuppozitsiyaga ishora qilishi masalasiga oydinlik kiritish, bu turdagi sifatlarning presuppozitsiyaga ishora qilishi qonuniyatlarini belgilash;
– o’zbek tilida sifatlarning presuppozitsiyaga ishorasi asosida gapning semantik murakkablashuvi sabablariga aniqlik kiritish;
–o’zbek tilida sifatlarning baho munosabatini ifodalash xususiyatini aniqlash, shunga ko’ra mazkur til birliklarining nutqda faol va unumli qo’llanishini belgilash.
Ishning tadqiq obyekti va materiallari. O’zbek tilida pragmatik vazifa bajara olishga xoslangan sifatlar tadqiqot obyekti sifatida tanlandi. O’zbek adiblarining yaratgan nazmiy va nasriy asarlari hamda so’zlashuv nutqidan olingan misollar tadqiqot uchun tahlil materiali bo’lib xizmat qiladi.
Tadqiqot metodologiyasi va bajarilish usullari. Tilning system yo’nalishdagi tadqiq usuli, dialektikaning falsafiy kategoriyalari tadqiqot uchun metodologik asos bo’lib xizmat qildi. Mazkur kurs ishida o’zbek tilidagi sifatlarning Grammatik, semantik, uslubiy, pragmatik xususiyatlarini tadqiq etishda tilshunoslikning tavsiflash, qiyoslash, zidlash usullari keng qo’llanildi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Mazkur kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 33 bet.

I BOB. SIFAT SO’Z TURKUMINING GRAMMATIK VA LEKSIK XUSUSIYATLARI.

    1. Sifat so’z turkumining grammatik xususiyatlari.

1. Morfologik belgisi: Sifat qanday?, qanaqa?, qaysi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi.


Sifat ifodalaydigan belgi tushunchasi keng bo`lib, ma’nosiga ko`ra bir necha guruhga ajratiladi:
a) rang-tus ma’nosini bildiradigan sifatlar: oq, qizil, sariq, havo rang, kul rang, yashil;
b) hajmi ma’nosini bildiradi: keng, tor, baland, past, uzun, chuqur, yirik, mayda;
d) shakl va ko`rinish ma’nosini bildiradi: dumaloq, yassi, egri, qiyshiq, do`ng;
e) maza-ta’m ma’nosini bildiradi: shirin, achchiq, nordon, sho`r, taxir, chuchmal,
f) xarakter-xususiyat ma’nosini bildiradi: muloyim, odobli, shirinso`z, chaqqon, sho`x, yalqov, dangasa, chechan, qo`rs, qaysar. Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar ijobiy yoki salbiy xususiyatlarni ifodalaydi;
j) hid ma’nosini bildiradi: sassiq, qo`lansa, badbo`y, xushbo`y, muattar;
h) holat ma’nosini bildiradi. Holat bildiruvchi sifatlar ikki xil bo`ladi:
1) psixik holatni ifodalaydi: xursand, xafa, shod, kasal, injiq;
2) tabiiy holatni ifodalaydi: yosh, qari, keksa.
Sifat belgini bevosita yoki bavosita ifodalaydi. Predmetning doimiy belgisini bildiradigan belgini bevosita ifodalaydigan sifatlar asliy sifat deyiladi. Asliy sifatlar belgini darajalab ko`rsata oladi: katta, kattaroq, eng katta kabi.
Juft sifatlar asosan asliy sifatlardan tarkib topadi: yosh-qari, yaxshi-yomon kabi.
Belgini bavosita, ya’ni biror narsa va hodisaga nisbat berish, o`xshatish orqali
ifodalaydigan sifatlar nisbiy sifat deyiladi.
Nisbiy sifatlar boshqa so`z turkumlaridan yasaladi va xoslik, o`xshashlik, o`rin yoki
paytga munosabat, mo`ljal ma’nolarini bildiradi:
a) xoslik ma’nosini ifodalaydigan sifat ot turkumidagi so`zga –iy, -viy qo`shimchasini qo`shish bilan yasaladi: zamonaviy, oilaviy, ma’naviy, siyosiy;
b) o`xshashlik ma’nosini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi so`zga –simon, -sifat
birliklarini qo`shish bilan yasaladi: odamsimon, hayvonsifat, devsifat;
v) o`rin va payt ma’nolarini ifodalaydigan sifatlar ot turkumidagi so`zlarga –gi, -qi, -ki, -dagi affikslarini qo`shish bilan yasaladi: qishki, yozgi, bahorgi, bulturgi, tushki, kechki;
g) mo`ljallanganlik, xoslik, o`lchov ma’nolarini ifodalovchi sifatlar ot turkumidagi
so`zlarga –lik affiksini qo`shish bilan yasaladi: ko`rpalik, ko`rpachalik, toshkentlik, ko`ylaklik.
Sifat ba’zan ravish o`rnida qo`llanib, harakatning belgisini bildirishi mumkin: ma’noli gapirmoq, chiroyli yozmoq, yaxshi o`qimoq kabi.
2. Sifatning morfologik belgilari. Sifatlardagi daraja kategoriyasi.
Sifatning belgisini darajalab ko`rsatishi (qizil, qizilroq, eng qizil, qip-qizil), yasalish
sistemasiga egaligi otlashishi uning morfologik belgilaridan hisoblanadi.
Predmetlardagi bir xil belgini miqdorga ko`ra nisbatlab farqlash hodisasi sifatdarajasi deyiladi. Sifatlarda uch xil daraja bor:
1. Oddiy daraja. Predmetning belgisi boshqa predmetdagi xudi shunday belgiga qiyos qilinmasa, oddiy darajadagi sifat deyiladi. Oddiy darajadagi sifat belgining me’yorida ekanini ko`rsatadi va u maxsus ko`rsatkichga ega bo`lmaydi: go`zal tabiat, shirin qovun, keng hovli.
2. Qiyosiy daraja. Predmet belgisining boshqa predmetdagi xudi shunday belgidan ortiq yoki kam ekanligining ifodalaydigan sifatlar qiyosiy darajadagi sifat deyiladi. Qiyosiy daraja quyidagi usullar bilan hosil qilinadi:
1) morfologik usul. Oddiy darajadagi sifatga –roq affiksini qo`shish yordamida yasaladi.
Bunda gap mazmunidan chog`ishtirish, qiyoslash ma’nosi anglashilib turadi. Misol: Shu lahzada unga Farhod har vaqtdagidan donoroq va hatto savlatliroq ko`rinib ketdi. Donoroq, savlatliroq sifatlaridan oldin kelgan chiqish kelishigidagi so`z (har vaqtdagidan) qiyoslash mazmun munosabatini ifodalayapti. O`shandan buyon halol dehqonchilik qiladi; o`rtadan ko`ra pastroq... xo`jaligi bor. (A.Qahhor). Bu misolda pastroq so‘zi belgining kamligi bildiryapti, qiyoslash ma’nosini o`rtadan ko`ra so`zlari ifodalayapti.
2) leksik usul. Qiyosiy darajadagi sifat oldidan sal, picha, och, bir oz, xiyol, aytarli
so`zlarini keltirish bilan hosil qilinadi: sal baland, bir oz baland,
3) leksik-morfologik usul: picha kattaroq, xiyol achchiqroq.
4) fonetik usul. Unlilar cho`zib, undoshlar esa ikkilantirilib aytiladi: balaand, chuquur, tekkis kabi.
3. Orttirma daraja. Predmetdagi belgining boshqa predmetdagi shunday belgiga
nisbatan eng ko`p, oliy darajada ekanligini ifodalash orttirma daraja deyiladi. Sifatning orttirma daraja shakli quyidagi usullar bilan ifoda qilinadi:
1) leksik usul. Oddiy darajadagi sifat oldidan eng, juda, nihoyatda, behad, g`oyat,
g`oyatda, hammadan kabi so`zlarni keltirish bilan: juda chiroyli, nihoyatda shirin, g`oyatda mehribon kabi.
Leksik usulda ba’zan belgi bildiruvchi sifatlar o`rnida boshqa so`zlar ishlatilishi mumkin: zahar (garmdori), olov (sho`x).
Sifat tovush o`zgarishlarisiz takrorlash orqali ham orttirma daraja hosil qilinadi: katta-katta, shirin-shirin.
- sifat oldidan to`q, jiqqa, tim, g`irt kabi so`zlarni keltirish bilan: jiqqa ho`l, tim qora.
- sifat oldidan so`z birikmalari va iboralarni qo`llash orqali: haddan ziyod (chiroyli),
quling o`rgilsin (jonon).
2) fonetik usul. Bunda sifatni tovush o`zgarishlari orqali takrorlash yo`li bilan.
- sifatning birinchi bo`g`ini ikkinchi bo`g`inidagi undosh bilan takrorlanadi: dum-
dumaloq, pak-pakana, but-butun kabi.
- sifatni birinchi bo`g`inidagi p undoshi qo`shib takrorlanadi: sap-sariq, qip-qizil.
- sifatning oldingi ikki tovushi ajratilib, unga p,m tovushlaridan biri qo`shiladi va undan keyin so`zning o`zi takrorlanadi: yap-yangi, ko`m-ko`k.
- sifatning birinchi bo`g`inidan keyin –ppa shakli qo`shiladi: soppa-sog`, to`ppa-to`g`ri.
3 Sifatning sintaktik xususiyatlari.
Sifatning sintaktik belgisi. Sifat gapda otga, ba’zan fe’lga bitishuv usuli orqali bog`lanadi va o`zi bog`lanib kelayotgan so`zga tobelanadi.
Sifat otga bog`lanib kelganda, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Misol: Biz
do`stlarning eng yaxshi do`sti, dushmanlarning eng kuchli dushmani ekanligimizni ham oqil odamlar tushunsin. (Y.Shukurov).
Sifat fe’lga bog`lanib kelganda vaziyat holi vazifasini bajaradi. Misol: Yulduzlar
odatdagidan ko`ra toza, kattaroq, yorqinroq ko`rinardi. (P.Qodirov)


    1. Yüklə 60,09 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə