Fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari jadvali



Yüklə 275,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix22.03.2024
ölçüsü275,37 Kb.
#182462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O\'zbek tilshunosligida sodda gap talqini

Gapning tuzilishiga ko‘ra turlari jadvali 
 
T/r
Predikativ 
markazlarning 
miqdoriga 
koʻra
Bosh 
boʻlaklarning 
ishtirokiga 
koʻra
Ikkinchi 
darajali 
boʻlaklarning 
ishtirokiga 
koʻra
Zaruriy 
boʻlaklar 
ishtirok 
etmasligiga 
koʻra
Boʻlaklarga 
boʻlinish-
boʻlinmasli-
giga koʻra
1. 
Sodda gap 
Bir bosh 
boʻlakli gap 
Yigʻiq gap 
Toʻliq gap 
Boʻlaklarga 
boʻlinadigan 
gaplar 
2. 
Qoʻshma gap 
Ikki bosh 
boʻlakli gap 
Yoyiq gap 
Toʻliqsiz 
gap 
Boʻlaklarga 
boʻlinmay-
digan gaplar 
Gapni gap qilib turgan asosiy belgi uning kesimlik (predikativlik) belgisi 
ekanligidan xabaringiz bor. Gapning kesimlik belgisi kesimlik ma‟nolarini [zamon, 
shaxs-son, tasdiq, inkor, modal (mayl)lik] ifodalovchi kesimlik shakllari orqali 
ifodalanadi. Kesimlik ma‟nosini ifoda etgan har qanday sintaktik birlikgap 
sanaladi. Masalan, 
Borma+sa(y)+di+m

Ko‘m-ko‘k dala
. Bu gaplarning 
birinchisida kesimlik ma‟nolari alohida-alohida kesimlik shakllari: tasdiq-inkor 
ma‟nosi 
-ma
shakli orqali, modal (mayl) ma‟no 
-sa(y)
shakli orqali, zamon 
ma‟nosi 
-di
shakli orqali, shaxs ma‟nosi esa 
-m
shakli orqali ifodalanmoqda.
Ikkinchi gapda ham shu kesimlik ma‟nolarining hammasi: tasdiq, aniqlik 
(modal ma‟no), hozirgi zamon, III shaxs ma‟nolari anglashiladi, lekin ular moddiy 
ko„rsatkichlarga ega emas. Nol ko„rsatkich orqali umumiy tarzda ifodalangan. Ana 
shu ma‟nolar mavjudligi uchun ham u sintaktik birlik gap sanaladi. Gap uchun 


18 
muhim belgi sanalgan kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo„shma 
gaplarga bo„lishga asos bo„ladi.
Bitta kesimlik belgisiga ega bo„lgan gap sodda, ikki va undan ortiq kesimlik 
belgisiga ega bo„lgan gap esa qo„shma gap sanaladi. Qo„shma gap ikki va undan 
ortiq sodda gaplarning o„zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil 
topadi. Demak, har qanday gapning tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik 
asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo„laklar: ega va-kesim 
tashkil etadi.
Gap tarkibidagi grammatik asos (ega va kesim) ning ishtirokiga ko„ra gaplar 
tuzilish jihatidan ikki turga bo„linadi: sodda gaplar va qo„shma gaplar. Bitta 
grammatik asosiga ega bo„Iib ma‟lum bir fikr va his-hayajonni ifodalovchi gaplar 
sodda gaplar deyiladi. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan iborat bo„lib. 
nisbatan murakkabroq fikrni ifodalovchi gaplar qo„shma gap deyiladi. Masalan: 
Chor atrofga yog’ganda gilam.
Aslo yo‘qdir bundayin ko‘klam. (H. O.)
Til bilan dil dushman bo‘lmaydi.
O‘ldirmaydi qo‘shiqni qo‘shiq. (R. H.)
Keltirilgan misollarning birinchisi sodda gap bo„Iib. uning grammatik asosi 
bitta: ega va kesimdan 
(yo‘qdir, ko‘klam)
, ikkinchi gap esa qo„shma gap, uning 
grammatik asosi ikkita:
1) dushman bo„lmaydi, 2) o„ldirmaydi qo„shiq.
Sodda gaplar grammatik asosning tarkibliga ko„ra ham ikki xil:
2) ikki tarkibli gaplar, 2) bir tarkibli gaplar.
Grammatik asosi ikki bosh bo„lak (ega va kesim) dan iborat bo„lgan gaplar ikki 
tarkibli gaplar deyiladi. Masalan: 
Solihlar esga olinganda Allohning rahmati nozil 
bo‘ladi 
(Tusiy). Bu gapning grammatik asosi ega (solihlar) va kesimi (hosil 
bo„ladi) dan iborat.
Grammatik asosi bir bo„lakdan iborat bo„lgan gaplar bir tarkibli gap deyiladi. 
Masalan:


19 
Oyni etak bilan yopib bo‘lmas.
Bu gapning grammatik asosi faqat kesim (yopib bo„lmas) dan iborat.
Sodda gaplar, ikkinchi darajali bo„laklarning ishtirokiga ko„ra 

Yüklə 275,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə