Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə14/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

Nazorat uchun savollar

1. O‘zbekiston hududida ilk o’rta asr davlatlari tashkil topishining tarixiy shart-sharoitlari.


2. Eftaliylar davri yer egaligi munosabatlarining ilk o’rta asr yer munosabatlariga ko’rsatgan ta’siri.
3. Eftaliylar davri davlat boshqaruvining o’ziga xos tomonlari haqida so’z yuriting.
4. G’arbiy turk hoqonligi boshqaruv tiziming davlatchilik xususiyatlari?
5. Ilk o’rta asr mahalliy davlat birlashmalarining davlatchilik tarixida tutgan o’rni?


5. MAVZU: IX-XIII ASR BOSHLARIDA O‘ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI
Reja:
1. Tohiriylar davlati va uning o‘zbek davlatchiligi tarixidagi o‘rni
2. Somoniylar davlati – o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida yangi bosqich
3. Qoraxoniylar davlati davlatchiligi tarixi
4. Xorazmshohlar davlatchiligi tarixi
Tayanch so‘z va iboralar. Somoniylar, Somonxudot, mahalliy zodagonlar, turk g‘ulomlari, Karmatlar harakati, dargoh, devonlar, harbiy -ma’muriy amaldorlar, hanifiylik, diniy me’morchilik, Qoraxoniylar, chig‘illar, yag‘molar, ug‘o‘zlar, Hasaniylar sulolasi, Tamg‘achxon, Qoraxitoylar, elekxonlar Xorazmshoh-anushteginiylar, Otsiz, Sulton Sanjar, Gurganj, Amiri-oxur (miroxo‘r), Amiri-shikor, Tashtdor.
1. IX asr boshlaridagi va siyosiy jarayonlar Tohiriylar davlatining
tashkil topishi
IX-XIII asrlarda O‘zbekiston xududida turli boshqaruv usullari va ma’muriy tizimiga ega bo‘lgan turli sulolalar boshqargan bir qancha davlatlar xukm surdi. Xalifalikka karshi kuchayib borayotgan qo‘zg‘olonlar xalifalarning mahalliy zodagonlarga bog‘likligini kuchaytirib yubordi va viloyatlarni boshqarishda mahalliy zodagonlarning roli ortdi. Shu jarayonda Xurosonda Toxiriylar xonadoni hukmron mavqeni egallay boshladi. Siyiston (Seiston) xokimi Abdulmuxammad Talxa ibn Abdulloh qo‘lida xizmat xonadon boshlig‘i Roziqning Mus’ab, Xusayn va Toxir ismli o‘g‘illari bo‘lib, ular birgalikda Xirot viloyatidagi Bushanj shaxrini boshqarganlar.
Xorun ar Rashid (786-809) vafotidan so‘ng uning o‘g‘li Amin xalifa bo‘ldi. Bu vaqtda Xursonda noiblik qilayotgan Abdulloh (keyinchalik Ma’mun laqabi bilan mashhur bo‘lgan) 806 yildan boshlab o‘tgan vaqt mobaynida Xuroson va Movarounnahrning noibi sifatida bu yerda hukmronlikni to‘laliligicha o‘z qo‘liga olgandan so‘ng boshqaruvda katta o‘ringa ega bo‘lgan mahalliy zodagonlarning ayrimlarini o‘z atrofiga yig‘ib, ular bilan juda yaqinlashib ketgan edi. Garchi uni maxalliy zodagonlar qo‘llab-quvvatlasada, ammo xalifalikning markaziy qismidagi arablar Aminni xalifalik taxtiga ko‘taradilar. Bundan norozi bo‘lgan Ma’mun ukasi Aminga qarshi kurashish va o‘zining qonuniy hokimiyatini o‘rnatish uchun besh yil tayyorgarlik ko‘radi. Albatta bu ishlarni Ma’mun yakka o‘zi amalga oshira olmas va mahalliy zodagonlarning ko‘magiga muhtoj edi. Ma’munning siyosiy va harbiy jihatdan bunday murakkab vaziyatga tushib qolishi mahalliy zodagonlarning hokimiyatdagi mavqeini oshib borishi uchun zamin yaratdi. Ma’mun o‘z siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun Xurosondan Tohir ibn Xusayn va Movarounnahrdan e’tiborli va mavqei yuqori bo‘lgan Somonxudot xonadoni vakillari bilan ittifoq tuzadi va ularning bevosita qo‘llab-quvvatlashlari va harbiy yordamlari bilan taxtni ukasidan tortib oladi. Ma’mun xalifalik taxtini egallab, Bag‘dodni qo‘lga kiritgach, 813 yilda Toxirni al-Jazirada noib, Bag‘dodda xalifalik qo‘shinlari sipohsalori, Iroqda esa soliq majburiyatlarni yig‘ish boshqaruvchisi, 821 yil esa Xuroson noibi etib tayinladi. Ayni vaqtda Ma’mun o‘ziga taxtni egallashda yordam bergan Movarounnahr zodagonlaridan Somonxudotning nabiralari – Asad ibn Samonxudotning farzandlarini bir qator viloyatlarga noib etib tayinlaydi. Jumladan, Nux ibn Asadni Samarqand, Axmad ibn Asadni Farg‘ona, Yaxyo ibn Asadni Shosh va Ustrushonaga, Ilyos ibn Asadni esa Xirotga hokim etib tayinlaydi. Somoniylar xonadoni vakillari bevosita Tohiriylarga bo‘ysungan holda Movarounnahr viloyatlarining yillik daromadidan ma’lum miqdordagi mablag‘ni hiroj sifatida xalifalik xazinasiga yuborish majburiyatini olganlar. IX asr arab geografi Xo‘rdodbex ma’lumotlariga qaraganda, har yili xalifa xazinasiga Shoshdan 607 ming kumush dirxam, So‘g‘ddan 326 ming kumush dirxam, Farg‘onadan 280 ming kumush dirxam, Ustrushonadan esa 50 ming kumush dirxam yuborilgan.
Toxir ibn Husayn vafotidan so‘ng Xurosonni Talxa (822-828 yy) va Abdullohlar (828-844) boshqardilar. Mustaqillikka intilgan Toxiriylar vakili Abdulloh 833 yilda Ma’mun vafotidan so‘ng o‘zini xalifalikdan mustaqil deb e’lon qildi va Marv (keyinchalik Nishopur) davlat poytaxti bo‘ldi. Bu vaqtda Toxiriylar davlati tarkibiga Tabariston, Jurjon, Ray, Kirmon, Xuroson, Seyiston, Movarounnahrning janubiy hududlari kirgan. Muhammad ibn Toxir (862-873 yy) hukmronligi davrida mamlakat hududlariga hujum qilgan o‘g‘uz qabilalaridan mudofaa maqsadida Farova (Qizilarvat yaqinida) va Dehiston (Mashhad) qal’a-qo‘rg‘onlari qurilib, davlat hududlarining xavfsizligi birmuncha kuchaytirildi. Ayni vaqtda Tohiriylar xalifalikning qo‘llab-quvvatlashi ostida Movarounnahr viloyatlari ustidan ham hokimlikni to‘laligicha o‘z qo‘llariga olgan edilar.
Mamlakat garchi xalifalikdan mustaqil siyosat yuritib, o‘z ichki muammolarini o‘zi bevosita hal etish imkoniga ega bo‘lsada, mamlakatdagi oddiy soliq to‘lovchi xalqning ahvoli soliqlarning ko‘pligi va bir tomondan ko‘chmanchi turkiy qabilalarning hujumlari ta’sirida birmuncha og‘irlashgan edi. Shu boisdan mamlakatda xalq qo‘zg‘olonlari tez-tez ko‘tarilib turardi. Ularda ayniqsa «g‘oziylar» faollik ko‘rsatardilar. G‘oziylar ko‘chmanchilar hujumini daf etib turish maqsadida ko‘ngillilardan IX asrning 60-yillarida tashkil etilgan bo‘lib, ular mamlakat siyosiy hayotidadagi faolliklarini ham oshirib borar edilar. Tohiriylar o‘z hokimiyatlarini mustahkamlash uchun qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikka e’tiborni kuchaytirdilar. Biroq, bu davrda aholidan olinadigan soliqlar ham ko‘paytirildi.
IX asr o‘rtalariga kelib mamlakat ichida yuzaga kelgan siyosiy keskinliklar va xalq qo‘zg‘olonlari natijasida aholining quyi tabaqasidan bo‘lgan Safforiylarning mavqei kuchayib boradi. Mazkur xonadon vakillarining yetakchisi Ya’qub ibn Lays o‘zining Amr, Toxir, Ali ismli ukalari bilan birgalikda 861 yilda Sijistonni, 867 yil Xirot va Bushanjni, 869 yil Kirmon va Forsni qo‘lga kiritdilar.
Tohiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir (862-873 yy) Yoqub ibn Lays bilan bo‘lgan jangda mag‘lub bo‘lgach, safforiylar Nishopurni egalladilar. 879 yilda Yoqub vafot etgach, hokimiyatni uning ukasi Amir ibn Lays egalladi (879-900 yy) va xalifaga o‘zining vassalligini ma’lum qildi. Safforiylar hukmronligi davrida ham halq ommasining ahvoli yaxshilanmadi. Tuzilgan katta qo‘shinni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlash uchun soliqlar ko‘paytirildi.
Xurosonda eng yuqori mavqega erishgan safforiylarga xalifa Mo‘tamid (870- 892 yy) tomonidan Xuroson viloyatining hokimligi topshiriladi, ya’ni Ya’qub ibn Laysni Balx va Toxariston xokimi etib tayinlash to‘g‘risida yorliq jo‘natdi. 873 yil Ya’qub Toxiriylar hukmdori Muhammad ibn Toxir qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratib, toxiriylar davlatiga barxam berdi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə